O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


Download 1.87 Mb.
bet12/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

o'zgarishi
Suhbatimiz boshida biz, ma'naviyat insonning Haq bilan munosa-bati, dedik. Ko'pchilik beixtiyor: bu dinning o'zi emasmi, deb xayoli-dan o'tkazishi mumkin. Shuning uchun bir yo'la shu mavzuni ham oydinlashtirib olib, keyin boshqa masalalarga to'xtalaylik.
Mustaqillik sharofati bilan 1300 yil mobaynida ota-bobolarimiz e'tiqod qilib kelgan islom diniga munosabat ham tubdan o'zgara boshladi. Sobiq "Ittifoq" davrida butun O'zbekistonda bori-yo'g'i 80 ga yaqin masjid faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, mustaqillikning dastlabki yillaridayoq minglab yangi masjidlar ishga tushdi. Ilgari birgina Buxoroda kichik bir madrasa tor doirada diniy bilim berib kelgan bo'lsa, bugungi kunda deyarli barcha viloyatlarda madrasalar ishlab turibdi. Toshkent oliy ma'hadining mavqeyi ko'tarilib, endi uning diplomi ham bakalavr dara-jasida tan olinishi masalasi ishlab chiqilmoqda. O'nlab o'tmish diniy ulamolarimizning tabarruk nomlari, meroslari tiklanmoqda. Maqbara-lari qadamjoyga, ziyoratgohga aylanmoqda. Jumladan, Imom Buxoriy maqbarasi majmuyining bunyod etilishi, Bahovuddin Naqshband mas-jidi-maqbarasining yangidan ta'mirlanib, obod etilishi, imom Moturi-diy, Burhonuddin Marg'inoniy kabi buyuk siymolarning xoki poklari qo'yilgan Samarqanddagi Chokardiza qabristonini tiklash va o'rganish ishlarining jiddiy yo'lga qo'yilishi — barchasi mustaqil O'zbekiston rah-bariyatining muqaddas dinimizga, ushbu dinni ma'rifat, ma'naviy qadriyat darajasiga ko'tarilib, jahonga tanitgan ulug' ajdodlarimizga bo'lgan yuksak va samimiy ehtiromning yorqin namoyishidir.
"Din odamzodnihech qachon yomon yo'lga boshlamaydi "', dey-di Prezident. Dinni niqob qilib nizolar chiqarishga urinish ostida esa doimo muayyan xudbin niyat, g'arazgo'ylik yoki jaholat yotadi. Shu sababli I. Karimov haqiqiy imon-e'tiqodni siyosiy nayranglardan farq qilish zarurligini ta'kidlash barobarida o'zbekning imoni xususida doimo sobit turadi:
"Men ham shu xalqning bir farzandiman, shu millatning bir o'g'liman. Alhamdulilloh, bir musulmon farzandi sifatida xalqimga xos islomiy tushuncha va tuyg'ular mening ham qalbimda, yuragimda barqaror va men bu dunyo-yu u dunyo o'z e'tiqodimdan qaytmay-man "
"Bu e'tiqod yurtimizdagi millionlab vatandoshlarim qatori mening ham dunyoqarashimga asos bo'lib, butun borlig'im, ma'naviy olamim mazmunini tashkil etadi "2. E'tiqod masalasi, albatta, ma'naviyatga aloqador. Ta'bir joyiz bo'lsa, e'tiqod ma'naviyatning umurtqa pog'onasidir. Demak, imon-e'tiqodsiz ma'naviyat haqida gapirish o'zi ortiqeha. Ma'naviyat har bir insonning Haqqa (Alloh haqiqatiga, Borliq ha-qiqatiga) munosabati ekan, bu aslida foniy insonning Baqoga (abadiy-likka) munosabatidir. Bundan farqli o'laroq insonning insonga muno­sabati faqat shu yorug' dunyo tashvishlariga oid narsa. Harkim o'zining Haq oldidagi mas'uliyatini to'g'ri anglab masalaga yondoshsa, o'zi foyda qiladi, birovning Haq oldidagi mas'uliyati haqida o'zboshim-chalik bilan hukm chiqarish yoki, ayniqsa, o'zgani zo'rlik bilan, zug'um bilan imonli qilishga urinish ma'naviyat nuqtayi nazaridan mutlaqo botil harakatdir. Chunki Insonning imonga kirishi faqat Alloh irodasi-ga bog'liq, bandaning vakolati doirasidan tashqarida. "Islom" so'zining o'zi tinchlik-totuvlikni, hilm (yumshoqlik)ni, o'zgaga yaxshilik tilagini bildiradi. "Assalom-u alaykum" deb muro-jaatni boshlaymiz, demak, qarshimizdagi odamga Allohdan tinchlik va saiomatlik, ezgulik istab muomalaga kirishamiz. Shunday ekan, yurt osoyishtaligi, insonlararo ahillik va murosa, o'zgani tushunishga intilish, Alloh yaratgan barcha mavjudotga samimiy mehr ko'zi bilan yondoshuv — haqiqiy islomiy qadriyatlardandir va bugun biz musta-qillik ma'naviyatini ushbu asos nuqtalarga tayanib shakllantirmoqdamiz. Tan olish kerak, Yurtboshimiz ushbu yo'lda har jihatdan bizga namu-na ko'rsatmoqda, faqat biz ushbu samimiy urinishlarga jiddiy e'tibor qaratsak, ularni ko'ngilda tahlildan o'tkazib, amalda o'zimiz uchun ibrat qilib olsak, bas. "Agar biz adolatli davlat, erkin Jamiyatni qurmoqchi bo 'Isak, bu oliyjanob maqsadni amalga oshirish yo 'llari mingyil-lik diniy aqidalar bilan mushtarak ekanligini yodda tutishimiz lo-zim"', deydi Prezident.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling