O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasl. Diniy aqidaparastlik va ekstremizm - diniy qadriyatlar-ning totalitarizm tafakkuri rubidagi g'arazli talqini sifatida


Download 1.87 Mb.
bet13/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

2-fasl. Diniy aqidaparastlik va ekstremizm - diniy qadriyatlar-ning totalitarizm tafakkuri rubidagi g'arazli talqini sifatida
Bizda davlat dindan ajratilgan. Chunki davlat boshqarish siyosat yo'nalishiga, din, e'tiqod masalasi esa ma'naviyatga oid masaladir. Davlatda qonun bor, zarur o'rinda kuch ishlatiladi, umuman, siyosat insonlararo muomalaga oid bo'lganligi sababli turlicha vaziyat bo'lishi mumkin. Ammo ma'naviyat ko'ngil ishi, insonning o'z shaxsiga mu-nosabati, asl mohiyatiga muvofiq aytilsa, har bir insonning yagona Haq oldidagi mas'uliyati masalasidir. Shu sababli davlat va dinning bir-biridan ajratilganligi mantiqqa muvofiqdir. Jamiyatdagi umumiy ma'naviy saviya qancha past bo'lsa, bu jamiyatda odamlar orasidagi muomalada kuch ishlatish ehtiyoji va ehtimoli shuncha yuqori bo'ladi. Ma'naviy barkamollik esa siyosatni ham mo'tadillashtiradi, kuch ish-latuvchi tuzilmalar xizmati qisqarib, fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi asosidagi jamoat tashkilotlarining mavqeyi oshib boraveradi. Dinni siyosiylashtirishga urinish, nafaqat insonlar jamiyatiga nisba-tan, balki Alloh oldida ham eng og'ir jinoyatdir. Chunki bunda inson­ning Haqqa e'tiqodi bir guruh kimsalarning siyosiy g'arazlari yo'lida vositaga, xavfli qurolga aylantiriladi. Siyosat yuqorida ham ta'kidlab o'tilganidek, insonlararo munosabatlarga, ya'ni faqat shu yorug' dunyo-ga aloqador hodisa, din esa Alloh bilan uning bandasi bo'lmish inson orasidagi munosabatlarga doirdir. Bir insonning Allohga bo'lgan imon-e'tiqodini o'zga birov o'zining boshqalarga qarshi amalga oshirmoq-chi bo'lgan biror-bir g'arazli niyati yo'lida vositaga aylantirishga urin-sa, u ikki karra jinoyatga qo'l urgan bo'ladi. Birinchidan, muayyan inson shaxsiga qarshi jinoyatga yo'l qo'yadi, chunki bir inson ikkinchi insonni o'z g'arazlari yo'lida vositaga aylantirishga haqqi yo'q. Yer yuzidagi barcha mavjudot inson uchun vosita, ammo hech bir .inson o'zga insonlar uchun vosita, qurol deb qaralishi mumkin emas. Ik-kinchidan, o'zga insonning Allohga bo'lgan imonini o'z g'arazi yo'lida vositaga aylantirishga uringan zot Alloh oldida ham og'ir gunohga botadi. Bunday odam, islomiy nuqtayi nazardan, nafaqat mo'minlar safidan chiqadi, balki u oddiy munofiq darajasidan ham tubanlashadi. Chunki oddiy munofiq o'zi sidqidildan mo'min bo'lmagan holda faqat odamlar ko'ziga o'zini dindor qilib ko'rsatishga urinadi, xolos. O'zgalar e'tiqodidan o'z g'arazi yo'lida foydalanmoqchi bo'lib, ular orasiga diniy asosda nizo solishga uringan kimsa esa Alloh oldida munofiqdan ham, mushrikdan ham badtar kufrga yo'l qo'yadi, deyish mumkin. "Taassufki, ba 'zan islom dim va islom fundamentalizmi haqida gapirganda bu ikki tushunchani bir-biriga aralashtirib yuborish hollan uchramoqda", deb yozadi Prezident1. Islom dini — Allohning dini, "islom fundamentalizmi" esa tor bir guruhlar tomonidan musulmon-larning diniy aqidalarini o'zlarining muayyan siyosiy maqsadlariga bo'ysundirib "talqin" etishlari. Bu "talqin"lar asosida siyosiy faoliyat boshlansa, islom ekstremizmi kelib chiqadi. Allohning kitobidagi oyat-larni mufassirlar turlicha tafsir qiladilar, payg'ambarimiz hadislari ham turlicha talqin etilishi mumkin, chunki insonlarning masalalarga yon-doshuvi turlicha. Ammo o'z talqinini eng to'g'ri deb da'vo qilib, fikriga qo'shilmaganlarni islom nomidan qoralash, hatto kofirga chiqarishga urinish, kamida o'zga insonga zulm darajasiga ko'tarilgan takabburlikdir. Dinni ekstremistik talqin etuvchi guruhlar insoniyat tarixida qadim-dan ma'lum, ammo ular doimo ozchilikni tashkil etishgan. Bir ha-qiqatni ochiq tan olish kerak, XX asr diniy ekstremizmi ijtimoiy-siyosiy yo'nalishdagi o'ta ekstremistik harakat bo'lmish marksizmdan, ayniqsa, uning ijtimoiy terror yo'lini dasturulamal qilib olgan lenin-cha-bolshevikcha ko'rinishidan juda ko'p narsani o'zlashtirdi. Bolshe-viklarning awal sobiq Rossiya imperiyasi hududida, keyinroq «sotsia-listik sistema» atalmish kengroq hududda vaqtincha hukmdorlikni qo'lga kiritishi, aytish mumkinki, «inqilobiy yo'l»ning yolg'on «imkoniyat-lari»ga mahliyolikni kuchaytirib yubordi. Buning ustiga g'oyaviy jihat-dan dinga dushmanlik e'lon qilgan kommunist aqidaparastlar muay­yan g'arazlar bilan o'zlari hukmron bo'lmagan o'lkalardagi «inqilobiy islom» tarafdorlarini doimo ham zimdan, ham ochiq siyosatda qo'llab keldilar. Bugun ham bunday kuchlar yo'q emas.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling