O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. «Milliy ma'naviyat asoslari* fanini o'rganish va o'qitish
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
4-fasl. «Milliy ma'naviyat asoslari* fanini o'rganish va o'qitish
uslublari Ma'naviyat ko'ngil ko'zgusidan taralgan nur, u inson qalbida yashiringan. Demak, "Milliy ma'naviyat asoslari" fanining asosiy vazifa-si ham ruh tarbiyasi, ko'ngil ko'zgusiga sayqal berishda har bir shaxs-ga ko'maklashuvdir. "Milliy ma'naviyat asoslari" fani insonning Oliy haqiqatga nisbatini o'rganadi. Buning uchun ma'naviyat muallimi, faylasufdan farqli o'laroq, o'z mulohazalarini sof mantiqiy mulohaza-lar tarzida emas, balki ma'naviy merosga, bu sohada ajdodlarimiz erishgan beqiyos yutuqlarga asoslangan holda olib boradi, ya'ni bu fan, malum ma'noda, tarixiy-nazariy fandir. Uning teranligi va ko'lami ajdodlarimizning ming yillar davomida to'plagan yaxlit tarixiy-ma'naviy tajribasi bilan belgilanadi, shu bilan birga xalq donishmandligining turli suratlarda. zuhur etishi ham undagi nazariy xulosalarning man-bayi bo'lib xizmat qiladi. Milliy ma'naviyat o'tmishnigina emas, ham bugun, ham kelajakni o'zida mujassam etadi. Buning uchun uning manbayi sifatida biz faqat ajdodlarimizning yozma merosiga tayanib qolmay, balki ushbu meros-dan anglaganimizni bir paytning o'zida xalqning tirik xotirasi bilan, uning ma'naviy qadriyatlari bilan qiyoslab, ularning uyg'un jihatlariga e'tibor qaratishimiz lozim bo'ladi. Shu bilan birga tarix tajribasi va sinovlaridan o'tgan qiymatlarni umumbashariy qadriyatlar bilan uygiinlashtirib, hozir va kelajak uchun ahamiyati nuqtayi nazaridan baholash ko'zda tutiladi. Xullas, milliy ma'naviyat nazariyasi voqelik-ni faqat ong bilan, aql bilan tushunib yetish tajribasiga emas, Ha-qiqatni anglab yetishning barcha vositalari, e'tiqod, ibrat, taqvo, ri-yozat, irfon, mehr, did-farosat, amaliy yaratuvchilik faoliyatining barcha turlariga e'tibor qaratib, millatning barcha amaliy va nazariy tajri-basini o'rganishga intiladi, ushbu tajribani ongli o'zlashtirishda har bir insonga ko'makiashadi, maqsad - bitta, ko'ngil ko'zgusiga sayqal berishda har bir shaxsga iloji boricha yordam berish, Inson ruhida tabiatga nisbatan, o'zgalarga nisbatan mehr va adolat tuyg'ulari shakllanishiga uning moddiyligi bilan bevosita bog'liq bo'lgan nafsi ammorasi, ya'ni g'aflat, shahvat va kibr kabi qusurlar doimo xalaqit berib turadi, shuning uchun har bir kishi hayotga, o'z faoliya-tiga sergak boqishi lozim. Ushbu illatlar har bir inson fitrati bilan bog'liq bo'lgani tufayli inson moddiy mavjudot sifatida tirik ekan, ulardan butkul qutulish umidi xom xayol, faqat ularni muvozanat-lovchi kuch kerak. Ayni shu kuch — ma'naviyatdir. 1999-yil 14-aprel kuni ochilgan Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida «0'zbekiston XXI asrga intilmoqda» deb nomlangan ma'ruzasida Prezident I. Karimov mam-lakatimizni yangi asr arafasi va uning dastlabki yillaridagi rivojlanish strategiyasini belgilab berar ekan, «jamiyat ma'naviyatini yanada yuk-saltirish» ni ustuvor yo'nalishlardan ekanligini alohida ta'kidlab, ma'naviyatga mukammal ta'rif berish bilan birga bu sohada bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim masalani ham aniq ko'rsatib o'tdi: "Erkin fuqaro ma'naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o'z haq-huquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadi-gan, atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosa-bat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mam-lakat va xalq manfaatlad bilan uyg'un holda ko'radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak»'. Shu ma'nbda har bir inson ruhida Borliq haqiqati bilan uyg'unlik hosil etishga har taraflama ko'maklashish "Milliy ma'naviyat asoslari" fanining asosiy maqsadi bo'lib qoladi. "Milliy ma'naviyat asoslari" mustaqillikkacha maxsus fan sifatida biror o'quv yurtida o'qitilgan emas va bu sohaga yetarli e'tibor ajratil-gan emas. "Ma'naviyat" tushunchasi faqat ba'zi hollarda "madani-yat" tushunchasining tarkibida "ma'naviy madaniyat"("jiyxoBHaH KyjibTypa") sifatida olib qaralgan. Bugungi kunda bu masalaga yan-gicha qarash shakllanib kelmoqda. Bu qarashga binoan ma'naviyat moddiy ehtiyojlar hosilasi sifatida emas, inson va jamiyat hayotining asosini tashkil etuvchi mustaqil uch yo'nalish (iqtisod, siyosat, ma'naviyat)ning biri sifatida olib qaralmoqda. Shunday yondoshuv-dan kelib chiqqanimizda, aksincha, "madaniyat" inson ma'naviy faoli-yrtining hosilasi, boshqa so'z bilan aytganda, inson ma'naviyatining moddiy voqelikdagi izlari sifatida namoyon bo'ladi. "Milliy ma'naviyat asoslari" fani dasturiy tizimini belgilashda ushbu yangicha yondoshuv-ga tayanildi. Har bir mustaqil millat o'z hayot tarzini, kelajagini ajdodlarning tarixiy tajribasi va jahondagi ilg'or tamoyillar uyg'unligi asosiga qursa, yanglishmaydi. Bunday mustaqil rivojlanish yo'li istiqlolning dastlabki yillaridan e'tiboran O'zbekiston Prezidenti I. Karimov tomonidan ishlab chiqildi va o'tgan yillar mobaynida izchil amalga oshirib kelinmoqda. Ma'naviyat insondagi yaratuvchilik qudratidir, insonda shu qudrat-ni uyg'otish va harakatga keltirishga muvaffaq bo'linsa, barcha ulug'vor rejalarni amalga oshirish uchun voqe imkon vujudga keladi. Masalaga bugungi jahon taraqqiyotining ilg'or tamoyillari darajasida yondoshil-sa, milliy ta'limning eng muhim vazifasi ham ana shu imkonni shakl-lantirish, ya'ni yosh avlod ruhida yaratuvchilik qudratini uyg'otib, uni bashariyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muayyan o'zanlar sari yo'naltira bilish bilan belgilanadi. Ma'naviyat poydevori baquwat boimasa, unday insonning butun g'ayrati, jo'shqin faoliyati, oxir natijada, xalq va vatan uchun, basha-riyat kelajagi uchun, qolaversa, uning o'z shaxsi uchun qanday xulo-saga olib keladi, aytish qiyin. Imom G'azzoliy o'z davrida bekorga aytmaganlar: "Shuni bilsinlarki, odamzodni azbaroyi o'yin uchun yarat-mamishlar, aning amali ulug'dir va uning uchun buyuk xatar bordir". Ajia shu "ulug' amal" va "buyuk xatar" oralig'ida yo'nalishni to'g'ri belgilab olmoq ko'p jihatdan ma'naviy ogohlik va kamolotga bog'liq. "Milliy ma'naviyat asoslari" fanini o'qitish jarayonida asosiy e'tibor ushbu "ma'naviy ogohlik" masalasiga qaratiladi, shu bosh maqsaddan kelib chiqqan holda, imkon darajasida yosh avlodni milliy ma'naviyatimizning asosiy tamoyillari, uning mingyillik ildizlari, ta-komil bosqichlari, bosh qadriyatlari va tayanch nuqtalari, kelib chi-qish manbalaridan ogoh etiladi. "Milliy ma'naviyat asoslari" fanining asosiy obyekti - mustaqil O'zbekiston uchun eng dolzarb muammolardan biri bo'lgan shaxs va miUat ma'naviyatining takomili, asosiy qadriyatlari, shakllanish yo'llari xususidagi milliy ma'naviy merosimiz an'analariga tayanuvchi nazariy xulosalar va qarashlar tizimidan iboratdir. Ma'lumki, jahon madani-yatiga bizning ajdodlarimiz qo'shgan hissa ozmuncha emas. "Milliy ma'naviyat asoslari"ning maxsus fan sifatida o'rganilishi, shu ma'noda, bugungi kunda ham jahon madaniyati rivojiga muayyan ijobiy nati-jalar keltirish ehtimolini nazardan qochirib bo'lmaydi. Demak, milliy ma'naviyat doimo umumbashariy miqyosni nazarda tutgan holda o'rganiladi. Fanning o'qitish uslublari 1) uning maqsad va vazifalaridan 2) ta'lim qaysi tinglovchilar (talabalar, o'quvchilar) uchun mo'ljallanayotgan-ligidan kelib chiqib belgilanadi: ma'ruzalar, suhbatlar, turli xil amaliy mashg'ulotlar tizimi har bir o'quv yurti ixtisos yo'nalishiga muvofiq ravishda ishlab chiqilib, ular nafaqat ushbu o'quv yurti professor-o'qituvchilari, balki mavzu taqozosiga ko'ra, respublikaning muayyan sohadagi yetakchi olimlari va mutaxassislarini taklif qilingan holda tashkil etiladi. Darslar, ayniqsa, suhbatlar faqat dars xonalarida emas, mavzuga muvofiq ravishda turli madaniyat muassasalari, jumladan, muzeylar, teatrlar, ilmiy tadqiqot institutlari va h.k.larda ham tashkil etilishi yaxshi samara beradi. Talaba va o'quvchilarning fan mavzularini o'zlashtirish ustida mustaqil tayyorgarlik olib borishlariga alohida ahamiyat beriladi. Ular hosil qilgan bilim va ko'nikmalarni tekshirish referat-taqriz, erkin in-sho, og'zaki suhbat-seminar, mo'jaz bob, ijodiy ishlar tarzida amalga oshiriladi va mustaqil tayyorgarlikni tekshirishning boshqa turli usullari ham keng istifoda etiladi. Amaliy mashg'ulotlar, asosan, seminar-suhbat, referat-taqrizlar yo-zish, ba'zi mavzularni anglab yetishdagi muammolami hal qilishga qaratilgan savol-javoblar tarzida o'tkaziladi. Bunda chetdan chaqi-rilgan mutaxassislardan ham foydalaniladi. Tasviriy-ko'rgazmali vosi-talarning imkoniyatlaridan keng foydalanish, bir qator mashg'ulotlarni turli ma'naviyat va madaniyatga aloqador muassasalarda o'tkazish maqsadga muvofiqdir. II qism SHAXS VA MILLAT MA'NAVIY KAMOLOTI. MILLIY MA'NAVIYATIMIZNING TAKOMIL BOSQICHLARI Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling