O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. Ilk shahar jamoasi ma'naviyati. lira va iraon nisbati
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
3-fasl. Ilk shahar jamoasi ma'naviyati. lira va iraon nisbati
Tarixan birinchi ziyolilar - payg'ambarlardir. Chunki ular o'z dav-ri ijtimoiy miihiti sharoitida muayyan ustozlar murabbiyligida muay-yan matnlarda bitilgan munazzam bilimlar tizimini o'zlashtirish imko-niga ega bo'lmaganlar. Ularga Oliy haqiqat sirlari bevosita vahiy tar-zida nuzul etgan. Mintaqamiz an'analarida Muhammad (s.a.v.)gacha necha ming nabi va rasullar, yuzlab ilohiy kitob va suhuflar nozil bo'lgani qayd etiladi. "Avesto"da tosh asri ma'naviyati unsurlari aks etganini ko'rdik. Ammo bu kitobda ular asotir ko'rinishida aks etgan o'tmish xotiralari, xolos. "Avcsto" ma'naviyatining asl mohiyati ularda emas. "Avesto" kitobida ajdodlarimizning necha mingyillik madaniy merosi o'z aksini topgan. Ammo uning yaxlit tizimga uyushuvi, bizgacha yetib kelgan asos mohiyati Zardusht nomi bilan bog'liq. Zardusht "goh"lari necha ming yillar davomida uni tabarruk tutgan insonlar tomonidan ilohiy vahiy, deb tan olib kelindi. Bugun bu haqda aniq bir narsa deyish imkondan tashqari. Qur'oni karimda Zardusht payg'ambar sifatida, "Avcsto" yoki uning uzviy bir qismi ilohiy kitob sifatida esga olinma-gan. Ammo shuni ham alohida qayd etish lozimki, ilohiy kitobda Zardusht yolg'on payg'ambarlar sifatida fosh etilgan emas, "Avesto" ha-qida ham maxsus raddiya bildirilmagan. Ushbu sir yolg'iz Allohga ayon. Biz esa aqlimiz yetgan darajada mulohaza yuritamiz. Har qanday bo'lganda ham Zardushtgohlari "Avesto" matnining umumiy ruhidan ma'lum darajada farq qilishi allaqachon ushbu soha biiimdonlarining diqqatini tortgan. "Avesto" matnlarining ko'pchilik qismi, yuqorida aytib o'tganimizdck, insoniyat ongi takomilida asotir tafakkur bosqichini aks ettiradi. Zardusht "goh"lari esa tavhid g'oyalari asosiga qurilgan, ya'ni olam va koinotning yagona Parvardigoridan xabar beradi, uni Oliy va muqaddas (aniqrog'i, mutlaq) bilim egasi — Axura Mazda deb ulug'laydi. Shundan kelib chiqib, ikkinchi bosqich ibtidosida haqiqatda ham ilohiy kalom (ilohiy nur) turgan emasmi-kan, degan tasavvur paydo bo'ladi. Tosh asri, hatto Bronza asri oda-mi ham o'z-o'zidan Koinotni his qilgan, Koinot sirini o'sha davrda anglab yeta olgan deb o'ylashga aql bovar qilmaydi. Zardusht "goh"lari esa koinotdan, cheksiz borliq va uning mohiyatidan so'zlaydi, bir so'z bilan aytganda, "g'ayb siri"dan ogoh etadi. Zardusht ta'limoti qaysi zamonga, qay tarixiy muddatga to'g'ri keladi, degan savolga hanuz bir xil aniq javob yo'q. Yuqoridagi ilovadan ham ma'lum bo'ladiki, Qadim Yunon va Rim madaniyati vakillari Zaratushtrani, hatto Troya urushidan 5—6 ming yil avval o'tgan deb hisoblaganlar. Darhaqiqat, Zardusht "goh lari til jihatidan "Avesto"ning asotir tafakkur aks etgan qismi-dan qadimiyroqdir. Bu Zardushtning tafakkurda o'z zamondoshlari-dan bir necha asr yoki ming yillar ilgarilab ketib qolganini anglatadimi yoki "goh"lar matni vahiy bo'lib, Zardusht payg'ambarlik rut-basiga sazovor etilganmi? Bu savollarga javob topish imkondan tashqari. Ammo bizning mintaqada milodiy eradan 3-4 ming yil ilgari hozirgi Turkmaniston hududida va miloddan awalgi XVIII-XVII asrlar Janubiy O'zbekistonda ilk (ibtidoiy) shahar jamoalari paydo bo'la boshlaganini arxeologlarimiz dalillab berishdi. Turkmaniston janubida Namozgohtepa, Oltintepa, O'zbekistonda Sopol-litepa, Jarqo'ton yodgorliklari bu ilk shahar madaniyatining namu-nalaridir. Metallurgiyaning kashf etilishi, tosh qurollar o'rnini mis va bronza qurollari egallay boshlashi, tarixchilar shahodatiga ko'ra, ilk shahar jamoalari paydo bo'la boshlagan davrga to'g'ri keladi. Bu bosqichda o'troq dehqonchilik asosida vujudga kelgan doimiy man-zilgohlar asta-sekin ilk shaharlar darajasiga qarab yuksalib bordi. Sha-harda hunarmandchilik rivojlanib, turli kasbdagi kishilarning alohida mahallalarga birikuvi yuzaga keldi. Mintaqamiz hududidagi qadimshunoslarning kashfiyotlariga tayan-gan holda islomgacha ajdodlarimiz ma'naviy kamolotining ikkinchi bosqichi bugungi kundan kamida 4—5 ming yil ilgari boshlanib, to Iskandar Maqduniy zamonigacha yoki, aniqrog'i, Eronda Haxoma-nishiylar (ahmoniylar) sulolasi impcriya tuzgan VI asrgacha davom etgani haqida taxmin qilish mumkin. Bu bosqich dunyoni asotir tafakkur doirasida yaxlit tasawur qila boshlash davri bo'ldi. "Avesto" kitobi ushbu tasavvurning mevasi, hosilasidir. Bu davrda qadim Dajla va Furot daryolari oralig'ida (Mesopotamiyada) hamda Nil daryosi quyi oqimida qudratli yozma madaniyat yaratildi, ilk davlat tizimi shakl-landi. Ajdodlarimiz bir payt o'sha yirik davlatlar bilan turli munosa-batlarga kirishganlar. Ular yaratgan "Avesto" madaniyati ma'naviy mazmuniga ko'ra, shumer va akkad tillarida Bobil va Ashshur davlat-lari hududida yaratilgan asotir madaniyati yodgorliklaridan aslo kam emas, balki ortiq bo'lishi mumkin. Ammo, afsuski, Iskandar Maqduniy bosqini tufayli yurtimizning eng qadimgi yozma yodgorliklari shafqatsiz yo'q qilindi, bizgacha mukammal yetib kelmadi. Bizning bu davr haqidagi tasawurlarimiz "Avesto" kitobidan bizgacha yetib kelgan juzvlar (qismlar), o'zga o'lkalar qadim yozma madaniyat yodgorliklari ichidagi ma'lumotlar va arxeologik topilmalarni qiyosiy o'rganish natijasidagina shakllanib bormoqda. Bu davrda ilk shaharlar madaniyati vujudga keldi, turli hunarmand toifalari ajralib chiqa bosh-ladi, yaxlit e'tiqod yuzaga kela boshladi, inson ilk bor Koinot nuridan bevosita bahramand bo'ldi. Asotir tafakkurni, qabilachilik xurofot-larini yengib o'tishga ilk qadam ikkilanish, toyishlar bilan og'ushta birinchi tetapoya qadam qo'yila boshlandi. "Avesto" kitobida aks etgan voqelik yaxlit olganda ko'proq shu davrga mos keladi. Bu davr-ning eng buyuk ma'naviy yutug'i ilk bor, garchi asotir tafakkur bilan qorishiq bir darajada bo'lsa ham bobolarimiz ruhida ilm va imon uyg'unligi shakllana boshlagani, deyish mumkin. Agar "Mazdayas-na", "Axura Mazda" so'zlarida yashiringan ma'nolarni Qur'oni karim «Baqara» surasining 255-oyati («Oyat al-kursi») mazmuni bilan ma'lum darajada muvofiq kelishiga e'tibor qiladigan bo'lsak, o'sha paytda ham insoniy bilimlar manbayi yolg'iz ilohiy boqiy bilim deb tasawur qilinganini sezamiz. Ammo u davrlar odamining aksariyati asotir tafakkur darajasida dunyoni tasawur qilganliklari sababidan, Zardusht "goh"lari (munojotlari)dagi tavhid g'oyalari mushriklik adashuvlari bilan qorishib ketdi. "Mazdayasna" e'tiqodining axloqiy tamal toshi — "ezgu o'y, ezgu so% ezgu amal" birligiqoidasi ham shu davrdan kelayotgan yana bir ulug' ma'naviy qadriyat deyish mumkin. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling