O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. YIII-IX asrlarda islom mintaqa madaniyatining tashkil
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
2-fasl. YIII-IX asrlarda islom mintaqa madaniyatining tashkil
topishi Islom ma'naviyatining eng oliy nuqtalaridan biri qabilachilik xuro-fotlariga uzil-kesil barham berganligi, urug' jamoasi, yagona ajdodga borib taqaluvchi irsiy birodarlik o'rniga tavhid e'tiqodi asosidagi in-soniy birodarlik jamoasi — "umma" tushunchasining kiritilishi boidi. Bu hodisa ahli bashar ma'naviy takomilida eng muhim burilish nuqta-sidir, ammo ushbu g'oya hanuz ham mukammal anglab yetilgan, deb bo'lmaydi. Islom ma'naviyatining mintaqa ma'naviyatiga aylanishi osonlik bilan bo'lgani yo'q, buning uchun ba'zi siyosiy masalalar to'g'ri hal bo'lmog'i zarur edi. Payg'ambarimiz umrining oxirlariga borib arab dunyosida "umma" g'oyasi g'oliblikni qo'lga kiritdi, arablar qabila-chilikdan yagona millat darajasiga ko'tarila boshladi. Bu jarayon ilk xalifalar Abu Bakr va Umar (raziallohu anhuma) davrlarida nihoyasi-ga yetdi. Yagona arab davlati shakllandi. Islom qo'shni mamlakatlarni ham fath eta boshladi. 642-yilda oxirgi Sosoniy Yezdigerd III Na-hovand yaqinidagi jangda yengilib, Xurosonga qochdi. 674-yilda arab qo'shini birinchi marta Amudaryoni kechib o'tib, Buxoroga kirdi. Qutayba ibn Muslim (705-717) davrida Movarounnahr arablar tomo-nidan asosan ishg'ol qilindi. Agar tarixiy voqelikni to'g'ri idrok etadi-gan bo'lsak, bu davrga kelib qadim Turon o'lkasida muayyan siyosiy parokandalik holati hukm surar, turli kichik hukmdorlar bir-biri bilan olishib yotar, Buyuk Turk xoqonligi tanazzulga yuz tutib, turkiy va eroniy qavmlardan biri arablarga keskin qarshilik ko'rsatsa, ikkinchisi murosasozlik yo'lini tutardi. Baribir bosqinchilikka qarshi milliy-ozod-lik kurashi to'xtamadi, islom dini ham dastawal mahalliy xalq ongiga juda qiyinchilik bilan singib bordi. Ammo ilg'or tavhid e'tiqodi eski xurofiy aqidalar ustidan asta-sekin g'olib kelishi tabiiy edi. Bir qator turkiy va eroniy qavmlar arablar bilan yagona e'tiqod asosida ittifoq-lashuv yo'lini tutishga moyil bo'lib borardilar. Faqat ummaviy xali-falardan aksariyati mahalliy ajam xalqlarini arablar bilan teng ko'rmaslik siyosatini tutar va bu bilan xalqlarning ixtiyoriy ravishda imon kelti-rishlariga ma'naviy jihatdan to'sqinlik qilardi. Bu orada Rasululloh-ning qarindosh va avlodlari, birinchi navbatda, kuyovlari hazrati Ali (raziyallohu anhu) va amakilari hazrati Abbos (raziallohu anhu) avlodlari nomidan xalifalik taxtiga da'vogarlik boshlandi. Abbosiylar o'z maqsadlariga erishish uchun Xuroson va Movarounnahrdan yordam istadilar. Asli ajamlik Abu Muslimni imom Ibrohim qullikdan ozod qilib, Xurosonga Abbosiylar foydasiga targ'ibot olib borishga jo'natdi. Abu Muslim juda tez vaqt ichida ajam xalqlaridan katta qo'shin to'plab, Ummaviylarga qarshi kurash boshladi va 750-yilda Ummaviylar sulola-si yo'q qilinib, Abbosiylar xalifalik taxtiga o'tirdilar. Abu Muslim qo'zg'oloni g'alabasi mintaqa tarixida hal qiluvchi o'zgarishlarga olib keldi. Abbosiylar ajam xalqlari bilan hamkorlikda g'alabaga erishdilar. G'olib qo'shin tarkibida arablardan ko'ra ajamliklar, ya'ni fors va turklar ko'proq edi. Xorun ar-Rashid zamonidan xalifaning shaxsiy qo'riqchilari turkiy xalq vakillaridan, saroy kotiblari va vazirlar ko'proq eroniy xalq namoyandalaridan tayinlanadigan bo'ldi. Shunday qilib, VIII asr ikkinchi yarmi - IX asr boshlaridan min-taqaning uch buyuk xalqi - arab, fors va turkiy elatlararo siyosiy qudratda o'ziga xos muvozanat holati vujudga keldi. Islomning asl g'oyasi - musulmon ummatining tengligi amalda joriy bo'lishiga voqe imkon tug'ildi. Shu davrdan boshlab mintaqa xalqlari orasida islom dinining nufuzi tez osha boshladi. Islom mintaqa madaniyatining shakl-lanish jarayonini shu sabablarga ko'ra VIII asr o'rtalari - Abu Muslimning ummaviylar ustidan g'alabasi va abbosiylar xalifaligi o'rnatilishidan boshlash maqbul ko'rinadi. Ushbu mintaqa madaniya-ti XIII asr boshlarigacha shiddat bilan yuksaldi, mo'g'ullar bosqini bir muddat madaniy taraqqiyotga monelik qilgan bo'lsa ham, baribir, XVI asr boshlarigacha mintaqada ma'naviy yuksalish davom etdi. Ammo XVI asr boshlarida yuz bergan katta siyosiy o'zgarishlar natijasida butkul o'zgacha holat vujudga keldi. Kichik Osiyoda usmoniylar, Eron-da safaviylar, Movarounnahr va Xurosonda shayboniylar, Afg'oniston va Shimoliy Hindistonda boburiylar sulolasi bir necha yuz yilga mus-tahkam o'rnashib, yaxlit islom madaniy mintaqasi o'rniga alohida davlatlar hududida milliy-madaniy o'ziga xoslik shakllana boshladi. O'zaro ta'sir ma'lum darajada saqlanib qolgan bo'lsa ham, asta-sekin-lik bilan mintaqaviy umumiylikdan ko'ra milliy o'ziga xosliklar quwa-ti oshib bordi. Biroq bu holat darhol bilingani yo'q, balki bir necha yuz yillarga cho'zilgan jarayon bo'ldi. Aytish mumkinki, XX asr boshlarida ham Shimoliy Afrikadan Sharqiy Turkistongacha, Volga bo'ylaridan Bengaliyagacha yoyilgan islom mintaqa madaniyatining yirik va nufuzli namoyandalari bir-birlarini bilar, o'zaro ijodiy-ma'naviy hamkorlik rishtalarini uzmagan edilar. Buyuk Britaniya va Rossiya imperializmi ham uhdasidan chiqmagan niyatga Sho'ro hukumati erishdi - qadim Turonzamin xalqlarining qo'shni xalqlar bilan necha mingyillik madaniy-ma'naviy aloqalarini butunlay uzib tashladi, nafaqat qo'shnilar bilan, balki o'z o'tmish madaniyati bilan ham bevosita munosabatda boiish imkonini keskin kamaytirib, milliy ma'naviyatimizni g'ariblikka mahkum etdi. Mana endi bugungi mustaqillik sharoitida biz necha yillar ko'zimizdan yashirin bo'lgan ulkan ma'naviy zaxiralarni yangi-dan kashf etmoqdamiz. Islom mintaqa madaniyatining eng yuksak qadriyati tavhid e'tiqodini butun qudrati, mazmuni, amaliy mohiyati va ko'lami bilan anglab yetish mintaqaning ilg'or ziyo egalari uchun necha asrlik yumush bo'ldi. Bu yo'lda mintaqa ma'naviyati kamolot yo'lining bir qator pillapo-yalarini bosib o'tdi. Ulardan dastlabki pog'onasini sunna bosqichi, deb atash mumkin. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling