O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. Shariat va islom axloqi. Mintaqa ma'naviyatida Rasu-
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
4-fasl. Shariat va islom axloqi. Mintaqa ma'naviyatida Rasu-
lulloh ibrati Sunna bosqichining ikkinchi ulug' muvaffaqiyati islom axloqining mintaqada puxta shakllanuvidir. Payg'ambarimiz hadislarining eng muhim va salmoqli qismi kishilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakl-lantirishga qaratilgan. Undagi ota-onaga munosabat, ilmga munosa-bat, sabr-bardosh, shukronalikka da'vat, o'zaro mehr, inoqlik, mehmondo'stlik, yetimparvarlik, vafp va sadoqat, mehnatsevarlik va halol luqmani sharaflash, kamtarlik, kamsuqumlik, samimiyat va rostgo'ylik xislatlarining birinchi o'ringa qo'yilishi insoniyat uchun bebaho ma'naviy qadriyatlar silsilasini tashkil etadi. Qolaversa, islom axloqi ma'naviy qadriyatlarning tasodifiy to'plami emas, balki mu-nazzam va mukammal bir tizim holiga keltirilgani bo'lib, albatta, bunda buyuk muhaddislar, birinchi navbatda, yurtdoshimiz Imom Bu-xoriyning xizmatlari beqiyosdir. Payg'ambarimiz sunnatlarining ibratli o'rinlari nihoyatda ko'p. Misol tariqasida u zotning ahli ayolga muno-sabatiga e'tibor bcraylik. Ibn Lfmar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "Biz, janob Rasu-lulloh hayotlik vaqtlarida, "Tag'in, biror baloga giriftor bo'lib qol-maylik!" deb xavotirlanganimizdan, ayollarimizga biror (qattiq) so'z aytib, bemalolroq muomala qilishdan qo'rqar edik. Janob Rasululloh (s.a.v.) vafot qilganlaridan so'ng, ayollarimizga (qattiq) gapirib, bemalolroq muomala qiladigan bo'ldik"'. Ushbu hadis mazmunidan ko'rinib turibdiki, Payg'ambarimiz ayollariga aslo qo'pol muomala qilmaganlar, natijada boshqa sahobalar ham o'z ahli ayollariga ehti-rom va yumshoqlik bilan muomala qilishni o'rganib borganlar. Darha-qiqat, Muhammad (s.a.v.) biror ayolning ko'ngliga zarra ozor bergan-lari, xafa qilganlari haqida hech bir hadisda biror ishora yo'q, aksin-cha, ayollar payg'ambarimizga nisbatan ba'zan ozor beruvchi xatti-harakatga yo'l qo'ysalar ham u zot nihoyatda halimlik bilan javob qilganlar. Albatta, u kishi har bir inson singari ayollarning ham o'ziga yarasha kamchiligi bor ekanini sezganlar, ammo urish-so'kish, qattiq gapirish, izza qilish orqali bu kamchiliklarni aslo tuzatib bo'lmasligi, faqat sabr, yumshoq muomala va shaxsiy namuna bilan ta'lim berilsa, ta'sirli bo'lishi mumkinligini yaxshi bilgan va bu odobga izchil amal qilganlar. Demak, sunnaga amal qilgan kishi, ko'p xotin olish haqida emas, ahli ayol ko'nglini ranjitmaslik haqida qayg'urishi islom axloqi-ga munosibdir. Jismoniy va ma'naviy poklikka intilish islom axloqi-ning, Rasululloh hadislarining yana bir muhim mavzu yo'nalishidir. Tahorat, g'usl masalalari, misvokdan foydalanish (ya'ni, tishni toza tutish) tashqi ozodalik talablari boisa, haromdah, yolg'on so'z, g'iybat, tuhmat, zinokorlik, o'zga haqiga xiyonat, nohaqlik va zulmga yo'l qo'ymaslik, ulardan qat'iy saqlanish ichki, ma'naviy poklikka oid ta-lablardir. Bular barchasi ham Qur'oni karimda, ham Rasululloh sun-natlarida juda qat'iy qilib qo'yilgan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling