O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasl. Mantiqiy tafakkur ehtiyoji


Download 1.87 Mb.
bet31/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

1-fasl. Mantiqiy tafakkur ehtiyoji
Alloh taolo Qur'oni karim orqah marhamat etgan mukammal Tavhid ta'limotini ahli bashar tomonidan anglab yetishning ilk pog'onasi bo'lmish Sunna bosqichi o'zining inkor etib bo'lmaydigan fazilat va yutuqlariga ega ekanligi oldingi bobda qayd etib o'tildi. Bu bosqichda islom ma'naviyatining poydevori hisoblanuvchi shariat ahkomlari va Lslom axloqi shakllandi. Tavhid ta'limotining ilk talqini bo'lmish ush­bu qadriyatlar tizimi umummintaqa ma'naviyatining takomilida naqa-dar muhim bo'lganligi har qanday shubhadan xolidir. Bu bosqich qadriyatlarini biroz bo'lsa-da inobatga olmaslik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ham tarix tajribasida necha bor sinalgan ha-qiqat. Ammo Tavhid ta'limotini butun borlig'i, mohiyati bilan anglab olish uchun bo'lgan harakat bu bosqichda to'xtab qolgani yo'q. Islom mintaqa ma'naviyatining takomil tarixi yana bir qator bosqichlarni bosib o'tdi. IX asrdan boshlab ushbu ma'noda yangi yo'nalishlar bo'y ko'rsata boshladi va keyingi asrlarda ular yetakchi mavqega ko'tarildi. Masalaning mohiyati shundaki, Sunna, birinchi navbatda, ibrat asosi-ga qurilgan, ya'ni Sunna Alloh hidoyat etgan Haqiqat yo'liga (as-Sirot al-mustaqim ~ to'g'ri yo'l) Rasululloh Muhammad (s.a.v.)ning liayot va tafakkur tarziga taqlid etish, undan ibrat olish orqali eri-shishni nazarda tutadi. Payg'ambarimiz va ul zotning yaqin kishilari (sahobalari) hayoti davomida musulmon jamoasi ("umma")ga birla-shib qanday qadriyatlarga amal qilgan bo'lsalar, ushbu yashash tarzi keyingilarga ham o'rnak va namuna bo'lmog'i Sunna ma'naviyatining o'zak tomiridir. Ammo zamon o'zgaruvchan, inson tabiati'esa be-qusur emas. Payg'ambarimiz vafotidan so'ng uning eng yaqin saho­balari, ul zot ishongan, tayangan, ko'ngil bogiagan insonlar orasida nafaqat ichki raqobat, bahs va kelishmovchiliklar, balki qonli to'qnashuvlar, rosmana janglar sodir bo'ldi. Birgina payg'ambarimiz risolatiga birinchilardan bo'lib imon keltirgan hazrat Ali bilan boshqa bir guruh, ya'ni Talxa, Zubayr kabi sahobalar orasida yuz bergan jiddiy to'qnashuv, unda Talxa va Zubayrning halok bo'lishi bilan aloqador hodisalarni misol keltirsak, shuning o'ziyoq voqelikning naqa-dar murakkab ekanligiga guvohlik beradi. Buning ustiga payg'ambarimiz hayotlik davrlariga nisbatan keyingi asrlarda mintaqa xalqlari ijtimoiy takomilida katta o'zgarishlar yuz berdi, ularni inkor etish, Rasululloh davridagi muslimlar ummasining hayot tarziga to'liq qaytish, ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar taqozosini tan olmaslik keyingi asrlar mintaqa ahli uchun imkondan tashqari edi. Bundan tashqari Sunna bosqichida Rasululloh ibrati ko'pgina savollarga bevosita javob topish imkonini bergan bo'lsa, keyinroq borib, birmuncha murakkabroq, jiddiy fikr yuritishni talab qiladigan muammolar paydo bo'la boshladi. Natijada aql bilan, aniqrog'i mantiqiy tafakkur bilan ish olib borishga ehtiyoj kuchaydi. Masalaning yana boshqa jihati ham borki, Surma bosqichi - ibrat yo'li. Agar ilm bo'lmasa, ibrat taqlidga aylanish xavfi bor. Taqlidchilik esa islomda doim qoralanadi. Shunday ekan, ma'rifatchilik davr taqozosi, hayotiy ehtiyojdir. Asli bu ehtiyoj payg'ambar hadislarini to'plash jarayonidan ularni mavzular bo'yicha tasniflash jarayoniga o'tishdayoq, ya'ni Malik ibn Anas, Imom Muhammad ash-Shaybon, keyincha Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy kabi muhaddis ulamolar faoliyatida ayon bo'la boshlagan edi. Ammo muhaddislar faoliyati baribir ularning tafakkur qudrati natijalarini yordamchi mavqeda ushlab turar, mazmun jihati asosan hadislarning o'zida mujassam edi. Shu bilan birga islomda sof diniy maqsadlarda ham mantiqiy tafakkurga tayanish ehtiyoji awal bosh-danoq mavjud bo'lgan. Buning sabablaridan yana biriga to'xtalib o'tsak. Sodda bir mushrikni tavhid imoniga keltirmoq uchun, agar Alloh taolo uning dil ko'zini berkitmagan, ma'nan quloqlarini kar qilmagan bo'lsa, Qur'on oyatlarining Payg'ambarimiz va sahobalar tafsiri va talqinidagi bayoni, musulmon jamoasi qoiga kiritgan siyosiy va ma'naviy yutuqlar ibrati balki kifoya qilar. Ammo islomdan ilgari shakllangan o'ziga xos mukammal tizirnga ega bo'lgan diniy ta'limotlar, jumladan, Mazdayasna (zardushtiylik), Veda kitoblari asosidagi hin-daviylik, buddaviylik, masihiylik va hokazolar har biri mintaqa xalqla-rining azim bir guruhini o'ziga jalb etgan bo'lib, ushbu eski aqidalar etagini mahkam tutgan shaxslar VIII—IX asrlarda mintaqada ko'pchilikni tashkil etardi. Ularni majburlab, qilich bilan yangi e'tiqodga jalb etish oxir-natijada qoniqarli bo'lmasligi ayon edi. E'tiqod zo'rlik bilan bo'lmaydi. Xullas, Sunna axloqi muslimlar jamoasining ichki muvozanati va intizomi uchun zarur bo'lsa, mintaqa va jahondagi o'zga ta'limotlar, o'zga aqida tizimlarini ma'nan yengib o'tish uchun endi mantiqiy tafakkur qudrati lozim edi. Darhaqiqat, IX asrda Eron-da, qisman, Movarounnahr va Xurosonda, Mazdayasna e'tiqodi hanuz keng urf boiibgina qolmay, hatto bu ta'limot xususida bugungi kun-gacha yetib kelgan muhim asarlar yaratilgani bizga malum. Xuddi shu davrda Sharqiy Turkistonda monaviylik bid'ati va buddaviylik e'tiqodi ruhida turkiy tilda boy adabiyot yaratildi. Kishilar ongiga asrlar mobaynida o'rnashib kelgan bu singari ko'hna aqidalar yangi izchil Tavhid e'tiqodi bilan almashishi uchun Sunna an'anasi kifoya qilmas edi. Bu kurashda xolis ilmiy bahs quroli bo'lmish mantiqiy tafakkur qudrati o'ta zarur edi. Demak, Tavhid ta'limotining taraqqiyotida ma'rifatchilik bosqichi har jihatdan tarixiy zarurat bo'lib, bu yo'nalishdagi harakat Sunna bosqichi hali yetakchi mavqe egallab turgandayoq boshlangani sir emas. Mom ma'rifatchiligi haqida gapirishdan oldin yana bir masalaga oydinlik kiritib olish lozim. Nega islom mintaqa ma'naviyati rivoji-ning birinchi davrini Sunna bosqichi deymiz va uni IX asr bilan yakun-laymiz? Chunki ushbu asrda yashab, faoliyat ko'rsatgan 6 buyuk mu-haddisning bajargan ishlari nihoyasiga yetmay turib, keyingi bosqich-ga o'tib ketish ma'naviy takomil mantiqiga to'g'ri kelmas edi. Qur'oni karimning qonunlashtirilgan matni tayyor bo'lib, undan nusxalar ko'chirilgach, Rasululloh hadislarini to'plash, tartibga keltirib, ular-ning ishonchli to'plamiarini ("Jome' as-sahih") tuzish imkoni paydo bo'ldi va keyingi 2 asr shunga sarf bo'ldi. Shunga qiyosan aytish mum-kinki, 6 buyuk muhaddis imomlarning ishonchli hadis to'plamlari hozirgi mavjud holatida tartib bcrilmay turib, Tavhid ta'limotining aqlga, mantiqiy tafakkurga tayanuvchi talqinlariga urinish nomukammal xu-losalarga olib kelishi mumkin edi. Mu'tazila yo'nalishining yanglishuv-lari bunga misol bo'la oladi. Ammo hayot murakkab, inson izlanish-lari nazariy mukammalliklarni kutib turmaydi. Yangi bosqichdagi yetak­chi yo'nalishlarning deyarli barchasi buyuk muhaddislar faoliyati bi­lan bir zamonda, ya'ni IX asrda paydo bo'la boshladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling