O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasI. Badiiy tafakkur tariqlari — dunyoni idrok etish va uni


Download 1.87 Mb.
bet38/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

3-fasI. Badiiy tafakkur tariqlari — dunyoni idrok etish va uni ijodiy akslantirishning o'ziga xos yoilari sifatida
Bir narsani aftus bilan qayd etish lozimki, sovet davri o'zbek ada-biyotshunosligi, ayniqsa, 30-yillardan boshlab asos e'tibori bilan noto'g'ri tamoyilga yo'naltirildi. Bu tamoyilning mohiyati bir mintaqa adabiy merosini o'fganishda, ko'ra bila turib, butkul begona an'analar asosi-da shakllangan o'zga mintaqa adabiyot nazariyasiga tayanishdir. Ma'lumki, badiiy adabiyot amaliyoti bilan uning nazariyasi orasida uzviy bog'liqlik mavjud bo'ladi. Ammo adabiyot nazariyasi odatda bir millat adabiyoti tajribasiga emas, balki muayyan madaniy min-taqaning yetakchi xalqlari badiiy ijodi tajribalariga suyanadi va shu zaminda yaratiladi. XIX asr o'rtalarigacha ham yaxlit jahon madani-yati emas, balki mintaqa madaniyatlari mavjud bo'lganini nazarda tutsak, Yevropa mintaqasi xalqlari yaratgan buyuk badiiy meros Yev-ropa adabiyotshunosligiga asos bo'lganligini, ammo qadim davrlardan Uzoq Sharq (Xitoy, Yaponiya, Koreya), Hindiston, Yaqin va O'rta Sharq mintaqalarining har birida alohida o'ziga xos mukammal rivoj-langan adabiyot nazariyalari mavjudligi, bu nazariy tizimlar ushbu mintaqalardagi butun madaniy-ma'naviy muhit, jumladan, ushbu min­taqa xalqlari badiiy tafakkuri mevalarining bevosita ta'sirida shakllan­gan va o'z navbatida ushbu mintaqa adabiyoti namoyandalari ijodiga asriar davomida sezilarli ta'sir ham ko'rsatib kelganligi bugungi kunda aniq-ravshan isbot etilgan tarixiy voqelikdir. Bu haqda yaratilgan tadqiqotlar majmuyi ilgan ko'proq Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo min-taqalariga oid bo'lgan bo'lsa, oxirgi yigirma yilda islom mintaqa ada-biyotshunosligini o'rganish bo'yicha ham jahon ilmida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Ushbu ilmiy tahlil va kuzatishlar natijasini umumlashtirish, ularning takomil tarixini adabiy jarayon bilan bog'lab o'rganish hozirgi davr adabiyotshunosligining dolzarb masalalaridan bo'hnog'i, hatto diqqat markaziga qo'yilmog'i joiz. Xullas, har bir mintaqa adabiyoti o'sha mintaqada yaratilgan ada-biyot nazariyasi bilan mushtarak holda o'sha mintaqa ma'naviy qadri-yatlari muhitidan ajratib olinmay o'rganilsa, natijalar ham asl voqelik-ka muvofiq bo'ladi. Jumladan, islom mintaqa adabiyotshunosligi ha-qida qisqacha gapirib o'tadigan bo'lsak, quyidagilarni qayd etish o'rinlidir. VIII—IX asrlardanoq arab tilida islom mintaqa adabiyotshunosli­gining o'ziga xos maktabi vujudga kela boshladi. Xalil ibn Ahmad (718-786), Ibn Qutayba (828-889), Ibn al-Mutazz (861-908) va boshqa iqtidorli nazariyotchilar qadim yunon poetikasidan mohiyatan farq qiluvchi islom she'riyat va badiiyat ilmini shakllantirishga kirishdilar. Ko'p o'tmay bu sohaga Movarounnahrdan yetishib chiqqan qomusiy allomalar o'z hissalarini qo'shdilar. Forobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy kabi zabardast faylasuflar qadim yunon poetika ilmini mintaqa adabiy an'analari bilan qiyosiy o'rganib, she'riyat ilmiga oid maxsus nazariy risolalar yaratdilar. X—XV asrlarda bu yo'nalishda ijod etgan qator allomalarimizning qomusiy asarlari jahon ma'naviyat xazinasining bo-qiy mulkiga aylandi. Masalan, X asrda yashab arab tilida ijod qilgan vatandoshimiz Abu Abdulloh al-Xorazmiyning "Mafotih al-ulum"("Ilmlarning kalitlari") asarida adabiyotshunoslikka oid ilmi ma'oniy va bayon, aruz va qofiya, badiiy san'atlarga alohida boblar ajratib, bu ilmlardagi har bir atamaga ta'rif va tavsif berilgan. XI asrda yashab ijod etgan O'rta osiyolik alloma Abu Xafs an-Nasafiy o'zining "Majma' ul-ulum matla' un-nujum" ("Hmlarning jam bo'lishi - yulduzlarning chiqishi") qomusiy risolalar to'plamiga aruz ilmiga oid "Muxtasar al-aruz ala usul al-ma'ruz" asarini kiritgan. XI asrda vatandoshimiz Abul Hasan Nasr al-Marg'iloniy badiiyat ilmi bo'yicha arab tilida "Mahosin al-kalom" asarini ta'lif etdi. Shu asrda yashagan Abu Qohir al-Jurjoniy (vafoti 1078-yil) Qur'oni karim oyatlarining yuk-sak badiiy qudratini ilmiy tahlil asosida dalillab berishga bag'ishlangan "Daloyil ul-e'joz" va "Asror ul-balog'a" asarlarida mutlaqo o'ziga
xos badiiy timsol nazariyasini kashf etdi. XI asr oxiri — XII asrdan boshlab fors tilida ham poetikaga oid maxsus asarlar yaratila boshlan-di. Ularning birinchisi Roduyoniyning "Tarjumon ul-balog'a" asari bo'lsa, ikkinchisi xorazmlik ulug' alloma Rashididdin Vatvotning qa-tor asarlari, ayniqsa, mashhur "Hadoiyq as-sehr fi daqoyiq ash-she'r" ("She'riyat teranliklarida sehr bog'lari") risolasidir. XII-XIII asrlarda "arab va ajam faxri" deb dong taratgan xorazmlik alloma Mahmud az-Zamaxshariy "Al-qustos fil aruz" nomli ilmiy risolasini yozdi. Uning kichik zamondoshi va yurtdoshi Yusuf as-Sakkokiy o'zining filologiya-ga oid "Miftoh ul-ulum" kitobining katta bir bobini she'r ilmiga bag'ishladi. Keyingi asrlarda mintaqada turkiy tilda ham adabiyot nazari-yasiga oid asarlar yaratildi. Jumladan, Mirzo Ulug'bek zamonida yara-tilgan Taroziyning ushbu mavzudagi ilgari fanga noma'lum bo'lgan "Funun al-balog'a" risolasining qo'lyozmasi bir necha yil oldin AQShga ilmiy safar bilan borgan tilshunos olim E.Umarov tomonidan topilib, ilmiy iste'molga kiritUdi. Shunday qilib, VIII—XV asrlarda mintaqamiz-da arab, fors va turkiy tillarda mukammal bir adabiyotshunoslik nazariy maktabi shakllangan edi. Allomalarimizning tilga olingan asarlari keyingi necha asrlar davomida islom mintaqasining turli davlatlarida qayta-qayta ko'chirilib, ilm ahli tomonidan chuqur o'rganildi, oliy madra-salarda uning asosida she'r ilmi alohida fan sifatida o'rgatildi. Ajdod-larimiz yaratgan bu ilm nafaqat Xorazm yoki Movarounnahr, balki butun islom miritaqasida keng o'rganildi va amalda qo'llanildi. Ushbu qimmatli nazariy merosni jiddiy tahlil etib, allomalarimizning xizmat-larini yuzaga chiqarish, mumtoz shoirlarimiz she'riyatiga uni tatbiq etish, badiiyat ilmining ko'z ilg'amas nozik tomonlarini hozirgi za-mon shoirlariga ochib berish va ularni ham buyuklarimiz yaratib ket-gan ulug' merosdan bahramand etish bugungi kun adabiyotshunosli-gining kechiktirib bo'lmaydigan vazifalaridandir. Badiiy tafakkurning o'z qonun-qoidalari bor. Asotir tafakkur, man-tiqiy tafakkur, irfoniy tafakkur kabi bu ham borliqni idrok etishning o'ziga xos bir yo'li (tarigi, usuli)dir. XV asr oxirida Alisher Navoiy o'zigacha 8 asr davomida mintaqa miqyosida keng rivojlanib borgan badiiy tafakkur ilmini yanada yuksak nazariy umumlashmalar daraja-siga ko'tarib, jahon ma'naviyati takomiliga o'zining mustaqil bosqich darajasidagi kashfiyotini olib kirdi. Alisher Navoiy yaratgan nazariya badiiy tafakkur tariqi masalasiga oid bo'lib, Yevropada bu ilmiy yo'nalish Sharqdan ancha keyin —XVIII asrdan shakllana boshladi va XX asrdagina yakuniy natijalarga erishdi. Yevropa adabiyotida barokko, klassitsizm, romantizm, rea-lizm nomlari bilan ataluvchi hodisalar Yangi davrda paydo bo'ldi. Rus tadqiqotchilari bunday hodisalarni "jiHTepaTypHoe HanpaBJieHne hjih Te^eHHe" (adabiy yo'nalish va oqim) deb atadilar va keyincha-lik shuning asosida ijodiy yoki badiiy metod (TBOpqecKHH hjih xyaoacecTBeHHMH mctojj) nazariyasini shakllantirdilar. Afsus, 30-yil-lar mafkuraviy tazyiqi bilan bu nazariya asosan Stalin tomonidan "sot-sialistik realizm" deb sun'iy nom ostida tiqishtirilgan proletar realizmi metodining totalitar hukmronligini ta'minlash maqsadlariga bo'ysundirilgani sababli, barchaning jig'iga tegib, asl muammo bir chetga surilib qola boshladi. Vaholanki, adabiyot nazariyasining o'zak tomiri baribir badiiy tafakkur tariqi sifatida shakllanadigan dunyoni idrok etish va uni ijodiy akslantirishning o'ziga xos yo'llarini aniqlay bilish va uni har tomonlama sharhlab ko'rsatishdan iboratdir. Alisher Navoiy ushbu nazariy masalani XV asr oxirida birinchi marta ochiq-ravshan belgilab va sharhlab bergan edi. Qadim yunon tilida "metodos" nima ma'noni bildirsa, IX—XV asrlar islom mintaqa madaniyatining ilmiy atamalar tili bo'lmish arab tilida "tariq" so'zi ham xuddi shu ma'noni, ya'ni "yo'l", "borliqni anglab yetish va aks ettirishning o'ziga xos yo'li" ma'nosini anglatar edi. Alisher Navoiy ushbu atamadan foydalanib, islom mintaqa adabi­yotida "haqiqat tariqi" va "majoz tariqi" deb atalmish ikki adabiy yo'nalishni ajratib ko'rsatdi va ularning har birini qisqacha ta'riflab berdi. Bu hodisa Yevropa adabiyotshunosligi erishgan yutuqlardan 5 asr ilgari yuz bergan edi. Badiiy ijodga Borliq mohiyatini idrok etish va ijodiy akslantirishning alohida bir yo'nalishi sifatida ongli yon-doshuv islom mintaqasida Yevropadan ancha ilgari, XII-XIII asr-larda boshlangan edi.



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling