O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
merosning o'rni
MiUiy ma'naviyatimizning islom mintaqa madaniyati doirasidagi takomiliga yakun yasash oldidan bir muhim masalani aniqlashtirib olishga ehtiyoj bor. Biz islom ma'naviyati takomili va uning bosqich-larini boshdan oyoq mintaqa miqyosida qamrashga urindik. Ushbu yondashuv qanchalik maqbul, axir, asl maqsad milliy ma'naviyatimiz taraqqiyoti emasmidi? Gap shundaki, VIII asr 2-yarmidan XVI asr boshlarigacha milliy ma'naviyatimiz yagona mintaqa madaniyati hudu-dida rivojlandi va yaxlit islom mintaqa ma'naviyatining uzviy qismi sifatidagina taraqqiy etdi. Bunday tarixiy holat O'rta asrlarda nafaqat islom mintaqasi, balki Yevropa, Uzoq Sharq, Janubiy Osiyo min-taqalari uchun ham xos edi. Bu davr islom mintaqa ma'naviyatining shakllanishi va takomiliga bizning vatandoshlarimiz sezilarli hissa qo'shdilar. Sunna davridagi 6 buyuk muhaddisning 2 tasi bugungi O'zbekiston hududidan, VIII asr oxiri IX asr boshlarida mintaqa adab ilmining iqtidorli namoyan-dalaridan Adib Ahmadning ilk turkiy dostoni shu hudud bilart bog'lanadi, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Foro-biy, Ibn Sino, Beruniy kabi islom ma'rifatchiligining dunyoga no mi taralgan vakillari, mo'tazila yo'nalishining so'nggi zabardast vakili, Qur'oni karimning eng mo'tabar tafsirlaridan "Al-Kashshof'ning mual-lifi Mahmud az-Zamaxshariy (1075—1144), Kalom ilmida alohida yo'nalishga asos solgan Al-Moturidiy, fiqh ilmining o'nlab zabardast allomalari, jumladan, butun islom dunyosi qozilarining asosiy kitobi bo'lmish fiqh ilmining qomuslaridan "Hidoya fil-furu'" ni yaratgan Burhonuddin Marg'inoniy (vafoti 1197-yil), tasawufning uch buyuk tariqati — yassaviya, kubraviya, naqshbandiya-xojagon asoschilari -Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G'ijduvoniy, Bahoud-din Naqshband va boshqa yuzlab tasawuf shayxlari ushbu zamin far-zandlaridir. Butun islom dunyosida IX—XIII asrlarda hukmronlik qil-gan turkiy sulolalar ham ushbu zamindan chiqib borfb, dunyoni zabt etganlar. Agar bugun biz Shimoliy Afrika va Ispaniya, Arabiston ya-rim oroli va Markaziy Osiyo hududlarida IX—XV asrlarda yashab o'tgan allomalar merosini bir-biridan alohida o'rgana boshlasak, tarixiy-ma'naviy voqelikni hech qachon to'g'ri ilg'ay olmaymiz va ko'p nar-sani chalkashtirib yuboramiz. Asli Mahmud Koshg'ariy turkiy adabiy til va uning shevalariga bag'ishlangan kitobini Bag'dodda yozgan boisa, Mahmud Zamaxshariyning asarlari Xorazm vohasida arab tilida ijod etilgan bo'lsa, hatto XV asrda hukmronlik qilgan Mirzo Ulug'bek o'zining asarlarini arab va fors tillarida yozgan bo'lsa, bu uch til (arab, fors, turk) da yozilgan yaxlit madaniy merosning yagona mohi-yatini qanday qilib bir-biridan ajrata olamiz? Xullas, 7 asrdan oshiq vaqt davomida katta bir mintaqada yagona madaniyat, yagona ma'naviy muhit shakllandi. Ushbu muhitda arab, fors, turkiy millatlarning o'ziga xos ma'naviy dunyosi bir-biri bilan nihoyatda yaqinlashib, o'zaro umumiy jihatlar kasb etdi. Shu bilan birga ularning islomdan oldingi taraqqiyoti muayyan darajada farqlan-gani bois va boshqa turli omillar tufayli umumiy rivojlanishning milliy talqinlarida farq bo'lishi ham tabiiydir. Turkiy millatning bosh bo'g'ini bo'lmish o'zbek xalqi milliy ma'naviyati taraqqiyotida Alisher Na-voiyning ma'naviy olami avj nuqtani tashkil etadi. 6-BOB. ALISHER NAVOIY MA'NAVIYATI Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling