O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasl. "Badoye ul-bidoya"da tavhid g'oyasi


Download 1.87 Mb.
bet42/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

2-fasl. "Badoye ul-bidoya"da tavhid g'oyasi
Alisher Navoiy mintaqa adabiyotiga shunday bir muhitda kirib kel-di. Navoiy badiiy olami benihoya keng va rang-barang. Uning Borliq-ni idrok etishi ijodining turli davrlarida va turli yo'nalishlarida o'ziga xos aksini topgan. Biz bir necha namuna keltirish bilan cheklanamiz. Awalo, shuni aytib o'tish joizki, Navoiy ijodi shu paytgacha ko'proq tarkibiy jihatdan o'rganib kelindi, uni tadrijiy jihatdan o'rganishga asosan Izzat Sulton ("Navoiyning qalb daftari") va H.Sulaymonov ("Xazoyin ul-maoniy" tanqidiy matni) ishlarida harakat qilindi. Ush-bu ishlarga tayanib xulosa qilganda, shoir badiiy kamolotining bi-rinchi bosqichi 1469-yil Sulton Husayn Hirot taxtini egallagandan keyingi bir necha yil orasida shoir o'z qo'li bilan tartib bergan birinchi devoni "Badoye ul-bidoya"da o'z aksini topgan, deyish mumkin. Biz shu majmuadan ikki asarni olib qiyosiy tahlil qilib ko'ramiz. Bularning birinchisi devonni boshlab beruvchi "Ashraqat" g'azali, ikkinchisi ushbu devon tarkibidagi "Ketur soqiy, ul mayki, subhi alast..". deb bosh-lanuvchi tarjibanddir. Biz bu ikki asar mazmuniga diqqat qaratmoq-chi bo'lganimiz sababi ulardagi bosh timsollar bilan bog'liq. Bu tim-sollar "may", "jom" va "sing'on safol" majozlari bo'lib, ular bu ikki she'r mazmunini bir-biriga bog'lab turadi. Biz doimo Navoiyning bosh qahramoni — Inson deymiz. Menim-cha, shunga aniqlik kiritilsa, shoirning bosh qahramoni oddiy inson emas, Oshiq inson, deb qaralsa, haqiqatga muvofiqroq bo'lar edi. Ammo bu qanday oshiqlik? Birinchi g'azalning ilk satrlarini o'qiylik: Ashmqat min aksi shamsil ka 'si anvor ul-hudo, "Yor aksin mayda ko'r" debjomdin chiqdi sado. G'ayr naqshidin ko'ngiljomida bo'lsa zangig'am, Yo'qdur, eysoqiy, mayi vahdat masallik g'amzudo'. She'riyatning, badiiy adabiyotning qudrati shundaki, o'z qa'ridagi sirlarni o'zi ochadi, tilsim ham o'zi, bu tilsimning kaliti ham o'zida, faqat uni xolis nazar bilan, sinchkovlik bilan, mehr bilan o'qish kerak. Yuqoridagi parchada ham ko'rinib turibdiki, birinchi satrdagi timsol-lar ikkinchi satrda izohlangan. "G'ayr" - begona demakdir. "G'amzudo" — "g'am zangini tozalaguvchi" ma'nosini bildiradi. "May" - "mayi vahdat" (birlik, yagonalik sharobi), ya'ni irfoniy ishq, "jom" esa "ko'ngil jomi" ekan. Ko'ngil jomi agar begona aksi tushib zang oladigan bo'lsa, ushbu g'amdan forig' etuvchi eng maqbul vosita vah­dat mayi deyilmoqda. She'r davomiga murojaat qilamiz: Ey, xush ul maykim, anga zarfo'lsa bir sing'on safol, Jom o 'lur getinamo, Jamshid ani ichgan gado. Geti — jahon, koinot; getinamo butun jahonni, koinotni aks et-tiruvchi ko'zgu. Vahdat mayini ichgan kishining ko'ngli butun koinot­ni o'zida aks ettirish xislatini kasb etadi. Hech narsasi yo'q gado agar vahdat mayini ichsa, Jamshid, ya'ni butun yer yuzining podshohiga aylanadi ("jomi Jamshid" timsoliga ishora). Ammo "sing'on safol" timsoli qanday sirni o'zida yashirmoqda? Buni aniqlash uchun endi shoirning yigitlik ayyomida yaratgan tarjibandiga murojaat qilamiz :
Ketur, soqiy, ul mayki, subhi alast,
Ailing nash 'asidin ko 'ngil erdi mast.
Mayikim, qilur quysalarjom aw,
O 'zi mastu, kayfiyati mayparast...2
She'r davomida shoir boshidan kechirgan bir sarguzashtni hikoya qiladi:
Eshit sarguzashteki, bugun menga Necha mayparast o 'ldilar hamnishast...
Shoir mayxonada bir necha mayparast bilan birga o'tirgach, qo'liga yana may solingan sopol ko'zani olib, manzili sari yo'lga chiqadi. Yo'lda bir necha "ehtisob ahli" (ya'ni, shariat qoidalariga shahar ahli qanday rioya qilayotganini tekshirib boruvchi muhtasibning odamlari) shoirni mayxo'rlikda ayblab, kaltaklaydilar. Shoir badaniga yetgan ozorni sezmaydi, ammo qo'lidagi may to'la ko'za singaniga qattiq kuyunadi:
Shikastim mcning oncha ermas edi, Ki may zarfi topdi aroda shikast. Chu sindi sabu, choraye topmadim, Mem muflis-u, ur~u, giryon-u mast.
(Navoiy qahramoni muflis, ya'ni bozori kasod bo'lgan, ur, ya'ni yalang'och, liboslari pora, giryon — ko'zlarida shashqator yosh va mast.) Shu holida —
Xarobataro kirdim oshuftahol,
May istarga ilgimda sing'on safol.
Xarobot — ham vayrona, ham mayxona, ham mug' dayri, ya'ni otashparastlar ibodatxonasi, ham bu foniy dunyo — asli barchasi bir narsa — xarobot.
Shoir may istaydi, ammo may to'la ko'za chil-chil bo'lgan, uning qo'lida faqat singan sopol parchalari qolgan. Ushbu sopol bo'laklarini ehtiyot bilan yig'moq kerak. Qadimgi obidalarni tuproq ostidan parcha-parcha holda topib, to'plab, har birini chang-g'ubordan, chirkdan tozalab, ularni koshinkor ustalar kabi bir-biriga mosini aniqlab, to'g'ri joylashtirib, naqshlar yaxlitligini tiklab, keyin bir asosga tarxini chi-zib, o'sha asosda bir-biriga yopishtirib, yetmagan, topilmagan joyini o'rniga qarab tasawurda tiklab, yaxlit idish holiga keltiradigan zukko atiqashunos vazifasini ado etmoq kerak. Ana shundan so'ng bu idish nima vazifa bajargan, uning mazmuni, shakli, undan foydalanish qonun-qoidalarini aniqlash mumkin. Biz ham ustoz adib ijodiga shunday munosabatda bo'lsakkina, u yaratgan yoki ishlatgan har bir timsol, tashbih, atamalarga g'oyati e'tibor bilan yondoshib, ularni bir-biriga qiyosan o'rganib, mag'zini chaqishga urinsakkina bir natija chiqishi mumkin. She'rga qaytamiz. Uning bir bandi tugab, yangisi boshlanadi: Safol ichra birjur'a loye manga, Erur jomi getinamoye manga, Ketarmakka xudbinligim ranjini, Qani boda yanglig' davoye manga1. Haqiqiy oshiq uchun may ko'zasining sinig'i — sopol parcha yuzi-da saqlangan bir qultum may quyqasi (loyi) ham butun jahonni (balki koinotni) o'zida aks ettira oluvchi vahdat mayi to'la qadah (j°m) o'rniga o'taveradi, o'sha vazifani ijro qilaveradi. Bu nima degani? Borliq mohiyati vohid va yagona. Ammo inson ushbu yagona mohiyatni ko'z bilan ko'ra olmaydi, inson faqat uning majozini — ko'zgudagi aksini ko'rishga qodir. Majozda, ya'ni tabiat, voqelik ko'zgusida tasvir parchalanib ketgan, vahdat (yagonalik) zo-hiran kasrat (ko'plik)ga aylangan, shu sababli bu voqeiy dunyo xarobot-dir, vayronadir, butparastlar ibodatxonasidir, uni oshiq mayxona sifati-da ko'radi, har sanamda yagona bir sanamni ko'rib unga oshiq bo'ladi.
Inson ko'ngli vahdat mayi bilan to'la bo'lgan ko'za (sabu)ning singan bir parchasi, unda bir qultum loyqa aralash may mavjud. Vah­dat mayiga tashna oshiq shu may quyqasini yaxshilab tinitmog'i lo-zim, shundagina u yaxlit ko'zguning bir parchasi singari Haqiqat nurini o'zida aks ettira boshlaydi. Oshiq unga boqib mast bo'ladi, o'zligini yo'qotib, abadiyatga daxldor bo'lish imkonini paydo qiladi. Bunday oshiqlik-mastlik inson ko'nglidan hirs-u havas zangini, xudbinlik (egoizm) zangini (ranjini, g'amini) yuvib tashlaydi. G'ayr (begona) shu xudbinlikdir, shirk shu xudbinlikka dildan joy berishdir, ko'ngil ko'zgusini bosgan zang ham ushbu xudbinlikning o'zidir. Vahdat mayini ichgan oshiqqa hech kim jafo qila olmaydi, o'zi ham birovga jafo qilishdan xoli bo'ladi: Chun men dayrpiri vafosida men, Falakdin yetishmas jafoye manga2. Dayr piri — mayxona sohibi, Borliq haqiqatining saqlovchisi, egasi. Oshiq yagona Borliq haqiqatiga, Oliy haqiqatga xiyonat qilmaydi, uning asrorini anglab yetishga intilishdan chekinmaydi. Demak, unga ham taqdirdan shikast yetmaydi, dayr piriga vafodorlik saqlagan oshiqqa falak jafo yetkaza olmaydi. Chunki u xudbinlik ranjini yengib o'tgan, vahdat mayi yordamida uning ko'ngil ko'zgusi begona so-yalardan (g'ayr naqshidan) poklangan. Bunday ko'ngil ko'zgusi fano-dan baqoga yuzlangandir.
Bu timsol va tasvirlar naqshbandiya irfoni doirasidan turib ilgari intilayotgan oshiq-shoir qalbida tug'ilib kelayotgan majoz tariqi un-surlaridir. Ular kelgusida yangi poyalarga ko'tarilish uchun qo'yilgan ilk qadamlardir. 15 yoshida keksa Lutfiyni hayratga solgan ilohiy iste'dod shu tariqa yangi ufqlarga ko'z tikmoqda edi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling