O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasl. XVI—XX asrlar milliy ma'naviyatimiz takomilining ikki


Download 1.87 Mb.
bet45/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

3-fasl. XVI—XX asrlar milliy ma'naviyatimiz takomilining ikki
bosqichi
XVI—XX asrlar milliy ma'naviyatimiz takomilini ikki katta bos-qichga ajratish mumkin. Ulardan birinchisi — XVI—XVII asrlarni qam-rab oladi. Bu bosqichda yaxlit islom mintaqa madaniyati erishgan yutuqlar zaminida mahalliy oikalar keng xalq ommasining ma'naviy saviyasi oshib bordi. Bu davrda mintaqa siyosiy hayotida tanazzul va parchalanish jarayoni kundan kunga, yildan yilga kuchaydi. Shu bilan bir paytda mintaqa xalqlari o'tgan davrda erishilgan yuksak ma'naviy qadriyatlarni saqlab qolishga va rivojlantirishga urindilar. Shu sabab-larga ko'ra bu jarayonni Yangi davr ma'naviyatiga o'tish yoki islom mintaqa madaniyati davri ma'naviy yutuqlarining ommalashuvi bos­qichi, deb atash mumkin. Ikkinchi bosqich — milliy ma'naviyatimizning Yangi davr Yevropa madaniyati bilan bevosita to'qnashuviga oid bo'lib, bu ja rayon bosh-lanishdanoq foje bir tarzda — qadim Turon xalqlarining Rossiya im-periyasi tomonidan bosib olinishi va 150 yillik mustamlaka holatida murakkab bir tarzda kechdi. Birinchi bosqichga qisqacha to'xtalib o'tadigan boisak, XVI asr boshlarida Eronda safaviylar sulolasi hokimiyatga kelishi bilan shia mazhabining davlat dini darajasigacha ko'tarilishi mintaqani bir necha siyosiy-madaniy qismlarga bo'lib yubordi. Turkiyada Usmonlilar sulo­lasi, Movarounnahrda Shayboniylar, Hindistonda Boburiylar (Buyuk mo'g'ullar) o'z hokimiyatlarini o'rnatdilar. Volgabo'ylari Moskva Rusi tomonidan bosib olina boshlandi. XVI asr davomida Eron, Xuroson va Movarounnahrning ko'plab taniqli ijodkor ustoz va allomalari Shi-moliy Hindistonga, Boburiylar saroyiga ko'chib o'tdilar. Islom min-taqa madaniyatining markazi Shimoliy Hindiston bo'lib qoldi. Ayniq-sa, Akbarshoh, Jahongir, Shohjahon, Avrangzeb davrlarida (1556-1707) bu hududda islom mintaqa ma'naviyatining eng yeluk an'analari mahalliy hind madaniyati sarchashmalaridan ijodiy oziqlanib, yanada yuksak cho'qqilarni zabt etdi. Bu ma'naviy yuksalishning eng oliy namunasi Mirzo Abduqodir Bedil (1644—1721) ijodi boiib, ota-bo-bosi Shahrisabz o'zbeklaridan bo'lgan bu buyuk mutafakkir "Tilsimi hayrat", "Turi ma'rifat", "Irfon"' kabi badiiy-falsafry asarlarida "ma-joz tariqi" ruhida aks etgan Oliy haqiqat sirlarini yanada teranroq ifoda etishga erishdi. Shu sababli bizning o'lkada XVIII-XIX asrlar mobaynida maxsus "Bedilxonlik" anjumanlari tashkil topdi va ulug' mutafakkir shoirning murakkab badiiy-falsafiy satrlari atroflicha sharh-landi. Hindistonda Bedil an'analari Mirzo Asadullo G'olib (1797— 1869) va Muhammad Iqbol (1873-1938) ijodida davom ettirildi. Mir­zo Asadulloxonning bobosi ham 1730-yilda Samarqanddan Hindiston­ga ko'chib borgan edi. Mirzo G'olib birinchilardan bo'lib, ingliz mus-tamlakachilarining maqsadlarini anglab yetdi va hind xalqining ozod-lik uchun kurashini o'z asarlarida ulug'ladi. Mirzo G'olib va Muham­mad Iqbol fors va urdu tillarida ijod etdilar. Ma'naviyat ahlining siyosatga kuchli ta'siri Movarounnahrda XVT asrda ham davom etdi va bu holat, ayniqsa, Maxdumi A'zam (Ahmad Kosoniy — vafoti 1549-yil) va jo'ybor shayxlari faoliyatida yaqqol ko'zga tashlandi. Abdullaxon Soniy (1557-1598) hukmdorligi Mova-rounnahr o'lkasida siyosiy yaxlitlikni saqlab qolishga oxirgi urinish bo'ldi. Bu orada yuksak ma'naviy qadriyatlarning keng xalq ommasi orasi-da yoyilishi tobora kuchayib bordi. Majlisiy (XVI asr) va Poshshoxo'ja (XVI asr) lar ijodi orqali xalqning o'rta tabaqasi ongida o'z qudratiga ishonch kuchayib borganligini sezish mumkin. Turli ijtimoiy toifalar o'z maqomlarini dadil'himoya eta boshladilar. Yilda bir g'aribni pod-shoh saylash odati haqidagi Majlisiy keltirgan hikoyat xalq irodasi asosidagi yangicha boshqaruv uslubi haqida xalq shuurida yaratilgan ilk ibtidoiy tasawurlardan darak beradi. Shunday qilib, XVI asrdan sulolaviylik an'anasi keskin tanazzulga yuz tutdi. Siyosiy jihatdan Movarounnahr uchun bu katta yo'qotish bo'ldi — mamlakatning siyosiy yaxlitligi qo'ldan keta boshladi. Bu iarayonni ma'naviyat ahlining siyosatga faol aralashuvi ham to'xtatib qola olmadi. Bu jarayon natijasida yaxlit o'lka awal ikkiga (Buxoro va Xorazm xonliklariga), keyinroq, XVIII asr boshlarida uch mustaqil davlatga (Buxoro amirligi, Qo'qon va Xiva xonliklariga) bo'linib ket-di. Bu uch davlat hukmdorlari to'xtovsiz bir-birlari bilan jang olib borardilar. Ushbu noittifoqlik balosi XIX asr ikkinchi yarmida o'lkaning Rossiya mustamlakasiga aylanishiga olib keldi. Shu paliadan Yangi davr ma'naviy jarayonlarining ikkinchi bosqichi boshlanadiki, bu haq-da suhbat alohidadir.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling