O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. Yangi davr ziddiyatlari va siyosiy qaramlikning ma'naviy
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
1-fasl. Yangi davr ziddiyatlari va siyosiy qaramlikning ma'naviy
sabablari XIX-XX asrlar davomida fan va madaniyat taraqqiyoti jihatidan Yevropa mintaqasi boshqalardan uzil-kesil ilgarilab ketdi va natijada "jahon fani", "umuminsoniy qadriyatlar" deganda birinchi navbatda Yevropa madaniyati unsurlari tasawur etila boshlandi. Yangi davrdagi bu mintaqaning yutuqlari ko'p jihatdan madaniy integratsiya jarayon-lari bilan bog'liq. Bu davrda Yevropa xalqlari (inglizlar, nemislar, fransuzlar va h.k.) mintaqa miqyosidagi o'zaro madaniy axborot al-mashinuv doirasidan chiqib, o'zga mintaqalarda yaralgan boyliklarni o'zlashtira boshladilar. Sharqshunoslik keng rivoj oldi. Turli fan soha-lari sharqshunoslarning yutuqlaridan ijodiy foydalana boshladilar. Is-lom mintaqasida esa XVI asrdan boshlab madaniy-ma'naviy yaxlitlik-ka rahna soluvchi jarayonlar yuz bera boshladi. Yangi davr Yevropa ma'naviy muhitiga xos qarama-qarshiliklar kurashi keyin ham davom etdi. XVIII asr fransuz ma'rifatchiligi zami-nida shakllangan ateizra yo'nalishi Gelvetsiy (1715-1771), Gol-bax(1723-1789), Didro (1713-1784) qarashlaridan nemis mumtoz fal-safasiga o'tib, Feyerbax (1804-1872) orqali Karl Marks va F. Engels-ning murosasiz sinfiy kurash targ'ibiga qaratilgan kommunistik utopi-yaga olib keldi. Islom mintaqa ma'naviyatida bunday ziddiyatli holat yuz bergan emas. Alisher Navoiy va Mirzo Bedil talqinlaridagi Tavhid ta'limoti ma'rifatchilik va irfon bosqichlarida ba'zan ko'zga tashlanadigan ziddiyatli o'rinlarni yengib o'tib, Oliy uyg'unlikka erisha bildi. Islom mintaqa ma'naviyatida "ikki haqiqat" tazodi emas, "ayni haqiqatdir majoz","al-majoz-u qantaratul haqiqa" (majoz haqiqatning ko'prigidir), degan jumlalarda o'z yorqin aksini topgan uyg'unlik, "qarama-qarshi-liklar kurashi" emas, "birligi" ko'proq ustunlikni saqladi. Ammo bu mulohazalarni mutlaq haqiqat ma'nosida tushunish noo'rin bo'lardi. Yangi davrning o'ziga xosligi shundaki, ichki ziddiyatlar ba'zan juda keskin yuzaga qalqib chiqa boshladi. Umarxon saroyi ilm-u san'at o'chog'i edi. Shu bilan birga Max-murning "Hapalak" va Gulxaniyning Yapaloqqush va Boyo'g'li ha-qidagi "Zarbulmasal"lari shu davrda yaratildi. Uvaysiyning "Anor" chistoni ham shu davr mahsuli. Biz XIX asr birinchi yarmi ma'naviyatidagi ziddiyatlarni to'g'ri anglab yetmog'imiz kerak. Ma'dalixonning shoirligi va shaxsiy hayotidagi murakkab jihatlar, ulamolar bilan ziddiyatlari barchasi voqelikning murakkabligiga isho-radir. Turkiy millat buyuk millat edi. Taqdir 2 marta bu millatning tolei-ni yuksaklarga ko'tardi. Birinchi marta V—VII asriarda Buyuk Turk xoqonligining vujudga kelishi bilan katta bir mintaqada milliy davlat, milliy adabiy til shakllangan bo'lsa, ikkinchi marta deyarli 1000 yil davomida butun mintaqada siyosiy hukmronlik turkiy elat namoyan-dalari qo'lida bo'lganligi bundan darak beradi. Shu bilan birga 2 marta jiddiy ogohlantirish ham berildi. Birinchisi, xorazmshohlar davrida mo'g'ullar bosqini orqali, ikkinchi marta Rossiya imperiyasining aso-rati, bolshevizm qatag'onlari va makkor siyosati ko'rinishida. Islom mintaqasida turkiy sulolalar bir-biri bilan jang olib borib, oxir-natijada millatni parokanda qildilar. Ayniqsa, Movarounnahrdagi oxirgi uch xonlikning o'zaro mojarolari awal Rossiyaga qaramlikka, so'ng yago-na Vatan - Turkistonning uzil-kesil parchalanib ketishiga olib keldi. Bugungi voqelikda turkiy elatlarning yangi bosqichda yaqinlashuvi o'zbek xalqining barcha dunyo millatlari bilan do'stona hamkorligiga rahna solmagan holda asos maqsadlarimizdan bo'lmog'i tabiiydir. Arablar ham turli davlatlardan tashkil topgan. Ammo o'zaro yaqin-lashuvga harakatlari bor. Barcha islom davlatlarining xalqaro tashkilot-lari ham ezgu maqsadlami ko'zda tutib tuzilgan. Insoniyat o'z tarixiy taraqqiyoti davomida erishgan yutuqlarini qo'ldan bermasligi kerak. 'XIX-XX asrlar xalqimiz tarixida iztirobli davr boidi. XVII— XVTII asriarda milliy turg'unlik, milliy parchalanish fojialari elning eng jonku-yar farzandlari dilini qiynoqli dard bo'lib kuydirgan bo'lsa, endi be-vosita milliy qaramlik ma'naviy xo'rlik keltirdi, xalq ham ma'naviy, ham iqtisodiy kamsitildi, ezildi, oyoqosti qilindi. Elni ozod qilishni Feruz va Furqatlar ma'rifatda ko'rgan bo'lsa, Muhammad Alt eshon kabilar xalqni bevosita jihodga chorladilar. Muqimiy tasviridagi "tanobchilar", "moskovchi boylar" xalqni talashda mustamlakachilar bilan "musobaqa" qilishgan bo'lishsa, Buxoro amiri jadidlarni qatag'on qilishda bolsheviklarga o'rnak ko'rsatdi. XVHI-XIX asrlar o'lkamizda ta'lim tizimi ham turg'unlikka yuz tutganligini inkor etib bo'lmaydi. Fitratning 1912-yilda Istanbulda nashr etilgan "Hind sayyohining qis-sasi" asari XX asr boshlarida o'lkamiz ma'naviy hayotida yuzaga kel-gan bo'hroniy holatning achchiq manzarasini Buxoro amirligi misoli-da shafqatsiz ochib tashlagan. Shu sababli bugungi mustaqillik sharo-fati bilan o'tmishirnizni xolis o'rganish imkoni yaralgan ekan, yutuq-larimiz bilan bir qatorda ayblarimiz, xatolarimizni ham ro'yi-rost ko'ra olaylik. Behbudiy, Fayzulla Xo'jayev, Fitrat kabi millat va Vatan fidoyi-lari johillik va ijtimoiy adolatsizlikni ma'rifat vositasi bilan yenga ol-rnagach, awal Rossiya mustabidlari, so'ng sovetlar bilan murosa qi-(ishga majbur bo'ldilar va, oxir-oqibatda, nafaqat ezgu niyatlari, balki tabarruk boshlari ham munofiqlar jodusida qirqildi. XX asr boshlarida yarq etgan Milliy uyg'onish harakati "kommunistik proletar utopiya-si" yo'iida mutaassib va munofiq tuzum tomonidan ayovsiz mahv etildi. Turkiston muxtoriyati harbiy kuch bilan yo'q qilindi. Yagona zamin sun'iy ravishda bir necha alohida "respublika"larga bo'lib yu-borildi. Turar Risqulov kabi mahalliy siyosiy arboblarning dalil-isbot-lari na o'lkaga maxsus yuborilgan "shovinist-kommunist"lar, na Mosk-vadagi ularning dohiylari tomonidan tan olinmadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling