O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. Bolshevizm qatag'onlari va milliy ziyolilar taqdiri
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
3-fasl. Bolshevizm qatag'onlari va milliy ziyolilar taqdiri
Agar Chor Rossiyasi bizning ma'naviyatimizni turg'unlikda, qoloq-likda tutishga uringan bo'lsa, bolshevik-shovinistlar mahalliy xalqlarni o'z milliy ma'naviyatidan butkul begonalashtirish siyosattni tutdilar. "Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik" sovet madaniyati to'liq mu-nofiqlik zaminiga qurildi. Dinni, xalqning mingyillik e'tiqodini rad etdilar, o'rniga "shaxsga sig'inish" balosi ro'baro' bo'ldi. "Paxta mustaqilligi uchun" kurash Turkiston xalqlarini iqtisodiy qaramlik va no-chorlik, o'lka tabiatining vayron bo'lishi, suv, havo va tuproqning zaharlanishiga olib keldi. "Xalqlar do'stligi", "internatsionalizm" bay-roqlari ostida butun-butun millatlar ona yurtidan badarg'a qilindi, milliy o'lkalar aholisi tarkibini ruslashtirish siyosati qattiqqoilik va izchillik bilan amalga oshirildi. Bugun ham o'sha qardosh xalqlar orasiga nifoq solish maqsadida sun'iy ravishda yuzaga keltirilgan holat Markaziy Osiyo xalqlarining yaqinlashuvi yo'lida qiyinchiliklar tug'dirmoqda. Qozog'iston va Qirg'izistonning qator markaziy shaharlarida mahalliy aholi miqdori kamchilikni tashkil etishi natijasida yurt egalari o'z vatanlarida hayron. Ittifoq davrida respublikalardagi barcha hal qiluvchi mansablarda mahalliy bo'lmagan millat namoyandalari hukm surar va siyosatni Moskva ko'rsatmasiga binoan olib borar edilar. Mahalliy xalq vakillaridan xo'ja ko'rsings. tayinlab qo'yilgan rahbar shaxslar barchasi har qadamda, har so'zda o'zlarining Moskva siyosatiga vafo-dor va sodiq ekanliklarini isbotlab turishlari yozilmagan qonun edi. Bu munofiqona yo'nalishdan bir bahya chekinganlarga shafqat bo'lmasdi. Madaniyat, mafkura sohasida faqat uzoqdagi "markaz"ga ta'zim, tagi puch kommunizm g'oyasiga dalil-isbotsiz, shubha-gumon-siz sajda qilish, yolg'on sotsializmga. munofiqona madh-u sano asosiy hukmron yo'nalish qilib belgilangan edi. To'g'ri, milliy ziyolilarimiz ajdodlarimiz merosini o'rganishga an-cha-muncha harakat qilishdi. Ammo bu sohada ham yolg'on aralash-tirmay so'z aytish mumkin emas edi. O'tmish ajdodlarimiz merosini o'rganish asosan o'tmishimizni qoralash, o'tmishdagi tariximiz "illat-larini" fosh etish maqsadlariga xizmat qildirilardi. Shunda ham miq-doriy nisbatlarga e'tibor bersak, necha mingyillik islomgacha ma'naviyatimiz tarixtni o'rganuvchi mutaxassislar 70—80-yillargacha o'lkamizda deyarli mavjud bo'lmagan, 1200 yillik islom davrini o'rganuvchilar bir necha o'n kishidan oshmas edi, ammo 70 yillik "sovetlar" davrining har soniyasini turli jihatlardan madh-u sano etish uchun tarix, falsafa, adabiyot va boshqa ijtimoiy-gumanitar yo'nalishlarda minglab oliy ma'lumotli mutaxassislarni o'z ichiga ol-gan mahobatli "mafkuraviy qo'shin" safarbar etilgan edi. Qanchadan-qancha iqtidor egalari o'z umrlarini behuda ovoragarchilikka sarf et-ganlari bugunga kelib ma'lum bo'lib turibdi. Achchiq haqiqatdan ko'z yummasligimiz kerak - bugun yuzlab fan doktorlari, minglab fan nomzodlari yana o'sha sovet davrida rus tilida asosan rus olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy tadqiqotlarga tayanib, Yevropa olimlari-ning rus tilida bosilib chiqqan nazariy mulohazalariga asoslanib ish yuritishlariga to'g'ri kelmoqda. Sababi, ular rus tilidan boshqa tilni, rus yozuvidan boshqa yozuvni o'rganmaganlar, marksizm-leninizm-dan o'zga ta'limotni jiddiy o'zlashtirish imkonlari bo'lmagan. Ular-ning ko'plari hatto o'z ona tillarida o'z fikrlarini ilmiy uslubda bayon qilishga qiynaladilar. Bu qaramlik davridan qolgan ko'rgulik emasmi? Biz aslo birovni ayblamoqchi emasmiz. Ammo ijtimoiy fanlari-mizning bugungi ahvoli, ma'naviyatimizdagi sovet totalitar mafkura hukmronligi yuzaga kcltirgan vaziyat "Chernobil" hodisasini eslatadi, shu darajada falokatlidir. Ko'pchilik ziyolilarimiz ongi o'zlari ham yaxshi tasavvur etmagan miqyosda munofiqona sovet mafkurasi bilan zaharlangan, jahon madaniyati, o'tmish milliy ma'naviy merosimiz bilan "sovet" filtrisiz bevosita tanishish imkoniyatidan til bilmaslik, yozuv bilmaslik orqasida mahrum etilgan edi. Mana endi mustaqillik tufayli bu sohada keskin jonlanish, faol intilish yuzaga kelmoqda, yoshlar turk tili, ingliz tili, boshqa tillar orqali jahon faniga kirib borishga urinishmoqda. Ammo ular ko'pchiligi hali yosh, vaqt esa kam, mustaqil ilmiy metodologiya hanuz ishlab chiqilmagan. Ochiq tan olish kerak. bugun aniq fanlar, tabiiy-iqtisodiy bilimlar sohasida ham muammolar ko'p, ammo ma'naviyat, milliy maflaira sohasida ahvol o'ta murakkab. XX asr milliy rna'naviyatimiz ulkan yutuqlarga erishdi, bu sohada, ayniqsa, 20—30-yillar milliy ziyolilarimizning jon-bozligini aslo unutmasligimiz kerak. O'sha davrda yetishgan rus ziyoli-lari ham bizning tariximiz, adabiyotimizni o'rganishga katta hissa qo'shdilar, buni ham inkor etish noinsoflik bo'ladi. U davrda hanuz sovet totalitar mafkura mexanizmi puxta sozlanib ulgiirmagan, "yorqin kelajakka" umid bilan intiluvchi xayolparastlar mafkura sohasida an-cha-muneha mavqega ega edilar. O'sha davrda ham milliy ma'naviyat uchun ochiqcha kurash xavfli edi, ammo hanuz "teshik-tuynuklar" to'liq berkitilmagan, hur fikrni "yangi mafkura"ga biroz moslab o'tkazsa bo'lardi. 30-yillarning o'rtalariga borib, milliy ma'naviyatimizni to'liq sindirib, yanchib tashlashga qaratilgan siyosat izchil amalga oshirila boshlandi. Asl ziyo egalari otib, bukib tashlandi. Yozuvimiz uch mar-ta qayta o'zgartirildi. Diniy e'tiqodning eng zaif uchqunlarigacha ayovsiz qatag'on qilindi. "Millatchilik" tamg'asi eng dahshatli ayblov bo'lib, millat uchun joni kuyganlar "xalq dushmani" ataldi. Hozir haqli savol tug'iladiki, qaysi millat manfaatini o'ylaganlar qaysi xalq-ning dushmani sifatida jazo oldilar? Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling