O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
-fasl. «Sovet davri» o'zbek ziyolilari tomonidan yaratilgan ma'naviy merosga munosabat
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
4-fasl. «Sovet davri» o'zbek ziyolilari tomonidan yaratilgan ma'naviy merosga munosabat
50-yillar ikkinchi yarmi, 60-yillar boshlarida Stalin shaxsi fosh qilinishi munosabati bilan yana biroz "teshik-tuynuklar" ochilib, ziyo ahliga ozgina bo'lsa ham erkinroq nafas olish imkonitug'ildi. Albatta, "sovet sotsialistik g'oyalari" chegarasida, ammo nisbatan halolroq, samimiy-roq so'zlovchi iqtidorli yoshlar adabiyot sohasiga kirib keldilar, o'tmish merosimizni o'rganishga ham e'tibor kuchaydi. 40-50-yillarda Sharq fakultetini bitirgan kichik, ammo iqtidorli gunih, eski ta'limdan bah-ramand bo'lgan va tasodifiy sabablarga ko'ra 30-yillar qatag'on mashi-nasi changalidan tirik qutulib qolgan sanoqli ikkinchi qatlam ziyo egalariga tayanib, e'tiborga sazovor ishlarni imkon doirasida amalga oshira boshladilar. Ba'zi rahbarlik lavozimidagi kishilar, Habib Mu-hamedov kabi fidoyilar "sovet sotsialistik mafkurasi"ga samimiy ishongan holda millat manfaati uchun qayg'urib, milliy ma'naviyat unsurlarini imkon doirasida yosh avlod ongiga yetkazishga urindilar, burting uchun harakat qilayotgan haqiqiy ilm egalari, ziyolilarga faoli-yat maydonini erkin qo'yib berdilar. "Xamsa"ning to'liq matni, "Xa-zoyin ul -maoniy", "Boburnoma", "Qutadg'u bilig" matnlari shun-day sharoitda nashr etildi, Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi shunday imkoniyat doirasida tashkil topdi. Ammo baribir, tez-tez ko'rib ko'rmaslikka solishga, bilib bilmaslikka olishga, Navoiyni, Jomiyni, Ulug'bekni, Nodirani yaxshi deyish uchun tarixiy voqelikka xilof ra vishda Attorni, Xo'ja Ahrorni, Amir Temurni, Umarxonni yomonot liq qilib qoralashga majbur bo'lindi. Amiriy dcvonini, "Zafarnoma" matnini e'lon qilishga jur'at etgan olimlar do'q-po'pisa eshitdilar. Eng yomoni ajdodlarimiz merosi asli holicha emas, "kesilgan", "qirqil-gan", hokim mafkura ruhiga moslab talqin qilingan holda yosh av-lodga yetkazildi. Shu sababli asl matnni o'qiy olmaydigan, e'tibor qilishga vaqt topmagan, o'sha allomalar yashab ijod etgan ma'naviy muhitni to'g'ri idrok etish imkoniga ega bo'lmagan avlod ko'plab tarixiy haqiqatga zid fikr va "xulosalar"ni hanuz chippa-chin qabul qilib, shu asosda mulohaza yuritmoqda, hatto bu gumrohlik zarnini-da ilmiy tadqiqotlar olib borishga urinishlar mavjud. Qisqasi, inson erkin bo'lishi uchun, uning ma'naviyati mustaqil va erkin shakllanishi uchun birinchi shart millat va mamlakat mustaqilli-gidir. Biz bu mustaqillikka 1991-yil 1-sentabrdan erishdik. Ajab hodisaki, mustaqillik yomon odamni ham yaxshilik sari undar ekan. Sababi, inson bolasi tabiiy sharoitda tabiiylik sari intiladi, tabi-iylik esa hamisha yaxshilik, ezgulikdir. Yomonlikni notabiiy sharoit paydo qiladi, milliy qaramlik vaziyati shunday notabiiy sharoitni vu-judga keltirgan edi. Shu asosdan kelib chiqib, biz bugun hech kimni kechagi ayblari uchun gunohkor etmaganimiz ma'qul, faqat niyatlar farq qiladi, turli insonlarriing imkoniyatlari bir-biridan o'zgacha ekan-ligi tabiiy holdir. Biz yaqin o'tmishimiz, anig'i, "sovet davri"da yuzaga keltirilgan ma'naviy merosdan aslo voz kechishimiz, unga mensimay qarashimiz mumkin emas. Hamza va Sadriddin Ayniy, Hamid Olimjon va G'afur G'ulom, Oybek va Abdulla Qahhor adabiy merosi o'zbek xalqining ma'naviyat xazinasidan munosib joy olgandir. Albatta, ular ijodida zamonasozlik ham, badiiy meyorga yetmagan ba'zi asarlar ham bo'lishi mumkin. Ammo ularning badiiy salohiyati, o'zbek xalqi va Vatanga mehri, xalq ma'naviy kamoloti uchun qo'shgan hissasi benazir ekani-ni faxr bilan tan olsak arziydi. "Sovet davri" deb atalgan 70-yillik murakkab tarixiy jarayon davomida milliy ziyolilarimiz har biri tashqi imkon va ichki salohiyat darajasida xalq ko'nglini o'stirib, ma'naviy olamini boyitib keldilar, biz buni e'tirof etishimiz va minnatdorchilik bilan ular izzatini joyiga qo'yib, asarlarini yangicha nuqtayi nazar bilan yangidan ko'rib chiqishimiz lozim. Umuman, bolsheviklar odatini takrorlab, bu — mutaraqqiy, narigi — mutaassib yoki reaksion deb tamg'a bosish insofdan ham emas, ilmga ham muvofiq emas. Har to'kisda bir ayb. Biz fazilatni ko'ra bilaylik. Mustaqillik ma'naviyati xalqimizning necha mingyillik mustaqil ma'naviy kamolot yo'liga tayanadi, milliy ma'naviyatimiz takomil bosqichlarini eng umumiy sathda bir qur ko'zdan kechirib chiqishni lozim topganligimizning boisi ham ana shunda. 9-BOB. SHAXS VA MILLAT MA'NAVIY KAMOLO- TINING UYG'UNLIGI Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling