O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


-fasl. Vatan tuyg'usi — Oliy qadriyat. Milliy ma'naviyatimizda «Vatan» timsol-tushunchasining ma'no


Download 1.87 Mb.
bet55/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

2-fasl. Vatan tuyg'usi — Oliy qadriyat. Milliy ma'naviyatimizda «Vatan» timsol-tushunchasining ma'no
jilolari
Hanuz xotiramizda, mustaqilligimizning ikkinchi yili Prezident «0'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yoii» risolasini e'lon qildi. Ushbu kitobning alohida bobi «Mustaqil O'zbekistonni rivojlantirish-ningma'naviy — axloqiy negizlari» deb nomlangan bo'lib, unda sanab o'tilgan 4 negizning biri «vatanparvariik» edi. Darhaqiqat, har bir shaxs uchun o'zlikni anglashning ibtidosi vatan tuyg'usidir. Bu muqaddas tuyg'u haqida sanoqsiz kitoblar yozilgan. Vatan tushunchasi keng qamrovli, ko'p ma'noli tushuncha. Inson o'z kindik qoni to'kiJgan, tug'ilib o'sgan diyorini Vatan deydi, ammo har bir inson bu tushunchaga o'z ma'naviy kamolot darajasiga ko'ra qam-rov beradi. "O'z uyim — o'lan to'shagim", deydi birov, boshqasi tug'ilgan shahar yoki qishlog'ini Vatanim, yurtim, deydi. Ammo qan-day talqin etilmasin, muhimi, vatan tushunchasi ma'naviy munosabat-ni bildiradi, ya'ni u ma'naviy qadriyatdir, vatan tuyg'usi inson ma'naviy kamoloti darajasidan xabar berguvchi ilk muhim nishonadir. Vatan tushunchasi ma'naviy qadriyat sifatida inson ongida har xil tajassum topadi, vaziyatlardan kelib chiqib, turlicha talqin etiladi. Agar ularning barchasi nazarga olinmasa, qiyosiy tahlildan o'tkazilmasa, yosh avlod ruhiga singimaydi, oddiy bir shior darajasida qolib keta-veradi. Qani, milliy ma'naviyatimiz an'analarida Vatan deganda kim nimani tushunadi — bir ko'zdan kechiraylik-chi? Awalo, tasawuf shayxlari — naqshbandiya pirlari nazdida ruh uchun badan - Vatan. «Safar dar Vatan» deydi hazrati Bahouddin ustozlar izidan borib. Ya'ni inson ruhi badanni, moddiy vujudni tark etmagan holda Haq bilan birlashuvi, ko'ngil ko'zgusini poklab, unda haq jamo-li aks etishiga erishuvi lozim. Bu Tavhid e'tiqodining bosh talabidir. Inson Alloh tomonidan moddiy vujud sifatida yaratilgan, uni moddiy ehtiyojlarsiz tasawur etish mumkin emas. Faqat inson o'z vujudini pok saqlashi kerak. Shu nuqtayi nazardan tahorat shunchaki rasmiyat-chilik emas, balki poklanishning ibtidosi, boshlanishidir. Inson o'z vu­judini, undagi har a'zoni pok saqlashga, ehtiyot qilishga Haq oldida mas'uldir. Ajdodlarimiz bu masalaga alohida e'tibor berishgan. Nopok vujudda pok ruhni tasawur qilib bo'ladimi? Xalqimiz «falonchi vatanli bo'libdi, o'ziga bir vatan solibdi» dey­di. Bu endi Vatan so'zining ikkinchi ma'nosi — turarjoy, obod maskan, har bir inson ahli oilasi bilan panoh topuvchi go'sha. Modomiki, inson moddiy vujud ekan, bir obod go'shaga, ahli xonadon bilan istiqomat qiluvchi muayyan makonga ehtiyoji bor. O'zbek doimo bu ma'nodagi vatanga e'tibor ajratib kelgan, qayerda qo'nim topsa, o'sha yerni obod qilgan, bolam-chaqam deb imorat solgan, bog', chorbog' yaratgan. Uyi yo'q odamga Vatan mehri haqida gapirib ko'ring. Agar u fidoyi boisa, demak, millat uning qadriga yetmapdi, agar dangasa, uquvsiz boisa, demak, o'z qadrini o'zi hali anglamabdi. Xalq so'qqabosh odam haqida «bedananing uyi yo'q, qayga borsa bitbildiq» deydi. Shunday ekan, uy-joy solish, birinchi navbatda, insonning yolg'iz o'zini o'ylashi emas, balki ahli oilasi, farzandlari haqida qayg'urishi, demak, mehr mas'uliyatining dastlabki tetapoyalaridir. Vatan tushunchasining yanada kengroq talqini — har bir inson uchun o'z tug'ilib-o'sgan diyori, o'lkasi, qishlog'i, shahari, qasabasidir. Inson o'z kindik qoni to'kilgan yurti — qishlog'i, shahariga nisbatan alohida mehr tuyadi, undan uzoqlashsa, intiladi, sog'inadi. O'zga shaharda hamqishlog'ini ko'rsa, qarindoshini ko'rgandek boiadi, unga talpina-di. Bu - tabiiy tuyg'u.
Urug'-jamoa, ilk shahar jamoasi davrida, darhaqiqat, tug'ilgan qishlog'i, unib-o'sgan shahari insonga Vatan bo'lgan. Shaxs boiib shakl-lanayotgan ma'naviyat egasi, o'z shahri, qishlog'i, ovulini Vatan deb bilgan. Ammo bu holat milliy ma'naviyatimizning 5—3 ming yil awal-gi kamolot darajasidir. Bugungi avlod o'sha 3 ming yil ilgari yutuq hisoblasa boiadigan darajada qolib ketsa nima bo'ladi? Bugun me-ning Vatanim Qo'qon yo Samarqand, Qarshi yo Namangan emas, balki O'zbekiston atalmish mustaqil yurt, mustaqil mamlakatdir. Har kim o'zi yashab turgan qishlog'i, shaharining har bir ko'chasini, har bir guzarini, arig'i anhorini, suvi havosini pok tutishga intilmog'i, shunga hissa qo'shmog'i ham farz, ham qarz. Ammo Vatan tushunchasi torn ma'noda o'zi fuqaro boiib hisoblangan mamlakatga taalluqli ekanini bir zum unutmasligi kerak. Mahalliychilik, oila, qarindosh-urug' man-faatlarini xalq va millat maanfatlaridan ortiq qo'yish, ularni zidlashti-rish ma'naviy noqislik nishonalaridir.
Nega Vatan tushunchasining bosh ma'nosi mamlakat, milliy davlat bilan bir keladi? Chunki, bunda ona zamin va millat tushunchalari birlashadi, uyg'unlashadi. Millat tuyg'usi boimagan insonda o'z oila­si, tug'ilib o'sgan shahar-qishlog'iga intilish boiishi mumkin, ammo torn ma'nodagi Vatan mehri bo'lmaydi, fidoyilik darajasidagi Vatan tuyg'usi unga yot boiadi. Millat tuyg'usi Vatan tuyg'usi bilan birlash-gan joyda haqiqiy Shaxs vujudga keladi, ma'naviy kamolot, yuksak mas'uliyat hissi shakllanadi. Vatan mehri oliy qadriyatdir. Bugungi kunda Ona sayyora barcha bani basharga yagona Vatan ekanligini, uni pok saqlash, uning boyliklarini asrab-avaylash insoniyat uchun hayot-mamot masalasiga aylanib borayotganligini barchamiz sezib turibmiz. Ammo, baribir, o'z Va-tanini sevmagan, millatining qadriga yetmagan inson o'zganing ham, bashariyatning ham, kurrayi zamin obodligining ham qadriga yetishiga ishonish qiyin. Vatanga sadoqat haqiqatga sadoqatning, millatga mehr ahli basharga mehrning ibtidosidir. Busiz na adolat g'alaba qiladi, na haqiqat yuzaga chiqadi, na insonning o'z shaxsiga ehtiromi shakllana-di. Vatan mehrini yo'qotgan shaxs oyog'i ostidagi zaminni yo'qotadi, bo'shliqda muallaq qoladi. Vatanga muhabbat ajdodlar merosiga qizi-qish, milliy ma'naviyatdan bahramandlik, o'z shaxsiy salohiyatiga ishonch, umumbashariyatga hurmat, kelajak oldida mas'ullik tuyg'ularini tarbiyalaydi. Mustaqillik ma'naviyati Vatanga muhabbatdan, millat manfaatlariga sadoqatdan boshlanadi, har bir shaxsning o'z ichki im-koniyatlarini Vatan manfaati yo'lida unumli rivojlantirishi bilan namo-yon bo'ladi. Unda milliy ma'naviy merosdan mukammal bahramand-likka intilish umumbashariy qadriyatlardan og'ishmaslik, o'zga millat-lar madaniyati, o'zga mintaqa va o'lkalarda erishilgan ilg'or tajribalar-ni ijodiy o'zlashtirish ishtiyoqi bilan uyg'unlikda to'laqonli tajassum topadi. Bir so'z bilan aytganda, haqiqiy imon Vatanga mehrdan, Va­tan va millat, mamlakat va xalq oldidagi yuksak mas'uliyat hissidaa boshlanadi.
Vatan pokligini saqlash, Vatanni turli g'arazli kirdikorlardan muho-faza qilish, Vatan manfaatlari, millat manfaatlarini teran anglab yetib, kelajak avlodga — farzandlarimizga ozod va obod Vatanni meros qoldirish uchun barcha iste'dod va imkoniyatiarimizni ishga solish.— bizning Haq oldidagi eng ulug' mas'uliyatimiz emasmi?

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling