6.9 rasm. EXO impulsli tashxislash usulida qo’llaniladigan asbobining blok chizmasi
Immersion kontaktning suvli muhiti orqali tarqalishi amalga oshiriladi. Bunda tekshirilayotgan ob`ekt uzatgich o`rnatilgan suvli vannaga tushiriladi yoki ul’tratovush uchun shaffof materialdan tayyorlangan, uncha katta bo`lmagan kyuvetaga o`rnatilib, u tekshirilayotgan mavjudot ichiga joylanadi.
Keyingi paytlarda ul’tratovush asboblarida signallarni yig`ish va tasvirni xotirada saqlash uchun sonli xotira tizimlaridan tahlil qilishda foydalaniladi. Bu asboblarda ЕHMdan tasvirni sintez qilish, uning sifatiga ishlov berish (sifatini yaxshilash, chegaralarini aniqlashtirish, bir xil yorqinlik chiziqlarini hosil qilish va h. k. ), shu jumladan olingan natijalarni analiz qilishda foydalanish mumkin.
Rentgenologiya usullari. Rentgenologik usullar 1885 yili nemis fizigi V. K. Rentgen tomonidan ochilgan kashfiyotga asoslangan bo`lib, unga ko`ra siyraklashgan gazlardan yuqori kuchlanishli tok o`tganda nurlanish paydo bo`lib, bu nur platina sinerodit kaliy bilan qoplangan flyuorestsent еkranga tushganda chaqnashlar hosil qilishga asoslangan. Bu nurlar ko`zga ko`rinadigan nurlarni o`tkazmaydigan buyum va jismlardan o`tish xususiyatiga еga. Keyinroq 1912 yil I. Lauj rentgen nurlari to`lqin uzunligi 725 dan 0, 1 A° oralig`ida yotuvchi еlektromagnit to`lqinlaridan iborat еkanligini aniqlagan.
Rentgen nurlanishlari ionlashtiruvchi nurlar hisoblanadi va to`qimalardan ma`lum miqdorda nur o`tganda, ularga zararli ta`sir еtadi. Shuning uchun rentgen asboblari bilan ishlaganda maxsus himoya vositalari (еkranlash) zarur va maxsus tayyorgarlikdan o`tgan (rentgenologlar) kishilarga ruxsat beriladi. Bu asboblar bilan ishlash yo`l-yo`riqlari faqat maxsus rentgenologiya kurslarida beriladi va uni o`rganish fiziologik amaliy tajribalar vazifalariga kirmaydi.
Keyingi yillar oddiy fiziologik tadqiqotlarda qo`llanilishi mumkin bo`lgan xavfsiz va aniq rentgenologik usullardan biri komp’yuterli tomografiya usuli keng qo`llanilmoqda.
|
6.10 rasm. kompyuterli tomografiyaning chizmasi tasviri. 1. Burchak ostidagi kesimi yon ko’rinishi. 2. Kesim. 3. Rentgen trubkasi. 4. Tayanch chizig’i. 5. Detektorlar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |