O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov
Download 5.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Tasvirlarni silliqlash usullari 2. Shovqinni bartaraf etish yo`llari haqida ayting? 3. Gauss shovqinini bostirish usuli haqida gapiring. 4.8. Tasvirlarni filtrlash. Filtrlash paytida bizga xalaqit berayotgan shovqinlar olib tashlanadi. Tasvir ikkilik tasvir shaklida bo`ladi bu jarayon skanerlash vaqtida amalga oshiriladi.Ko`plab ananaviy tasvirlarni filtirlash uchun bir qacha filtrlash turlari bor. Masalan: Gaussa filtiri, o`rtacha filtirlash va boshqalar. Lekin qanday filtirlash usulidan qatiy nazar birinchi navbatda uning samadorligi maqsad qilib olinadi. Filtirlash jarayonida matnni bir zarracha deb olib bitmap shaklida tekshiradi va uning sakkiz qo`shnilarini o`rtacha qaytaradi.(4.8– rasm). 4.8-rasm. 79 Binar (qo`shqiymatli) tasvirlar ko`p qiymatlisiga nisbatan soddaligi sababli chekli sinfdagi halaqitlarga ega. Ularni yo`qotish uchun asosan mantiqiy filtrlash usullari ishlatiladi. Bu usullarning algoritmlari odatda evristik (iste`molchi filtr parametrlarini manba tasvir sifatiga bog`liq ravishda oladi) ko`rinishda bo`ladi. Qo`shqiymatli tasvirlarda halaqit asosan 4 ta sababga ko`ra: tasvirning asl nusxasidagi ifloslik; bo`yalish sifatining pastligi; tasvirni EHMga kiritish jarayonida kichik xatoliklar; ko`pqiymatli tasvirni qo`shqiymatlisiga o`tkazish bo`sag`asining noto`g`ri tanlanishidan bo`ladi. Keyingi ishlov berishlar natijasi sifatli bo`lishini ta`minlash uchun bu sabablarga ko`ra paydo bo`lgan halaqitlarni yo`qotish lozim. Ishonchli filtrlash algoritmlarini ishlab chiqish uchun qo`shqiymatli tasvirlarda uchraydigan asosiy halaqitlarni aniqlaymiz. Qo`shqiymatli tasvirlarda ayniqsa ko`p uchraydigan halaqitlardan biri chiziq shaklining notekisligidir. U turli ko`rinishda bo`lishi mumkin: qalinlikning o`zgarishi, ya’ni chiziqlarda haddan tashqari keng yoki tor bo`laklar bo`lishi, chiziqlar konturining notekisligi va hokazo. Ko`p uchrash bo`yicha keyingi o`rinda yakkalangan kichik qora dog`lar, chiziq ichidagi yakkalangan bo`shliqlar va nihoyat kamroq uchraydigan, ammo yo`qotish eng qiyin bo`lgan halaqit–bu chiziqlardagi uzilishlar hamda bir necha chiziqlarning qo`shilib ketishidir. Tasvirlarga sifatli ishlov berish uchun ba’zi parametrlarni o`zgartirish yordamida turli tasvirlarga moslashib, imkoni boricha ko`proq halaqitlarni yo`qotuvchi algoritmlar zarur. Bunday parametrlar sifatida filtrlarning o`lchami, bo`sag`a qiymatini olish mumkin. Filtr o`lchamlarini tanlashda quyidagi asosiy omillarni hisobga olish zarur: filtrlash algoritmining vazifasi, algoritmni dasturlash qiyinchiligi algoritmning ishlash vaqti, manba tasvir sifati hamda halaqitlarni yo`qotish darajasi. Halaqitlarning hajmiga qarab qo`shqiymatli tasvirlar 4 ta sinfga bo`linadi: 1) o`ta halaqitli tasvirlar, ya’ni tasvirda barcha turdagi halaqitlar mavjud hol; 80 2) chiziqlarning uzilishlari va qo`shilib ketishlaridan tashqari barcha halaqitlar mavjud hol; 3) tasvirdagi kichik bo`shliqlar, chegara notekisligi ko`rinishidagi halaqitlar mavjud hol; 4) faqat obyekt chegaralaridagina halaqit bo`lgan hol. Halaqitlarni yo`qotish uchun qo`shqiymatli tasvirlarda asosan markazidagi qiymati atrofidagi bir jinsli elementlar asosida o`zgartiruvchi tekislovchi filtrlar ishlatiladi. Biror manzaraga qaraganimizda, unga shisha plastina tutamiz deb tasavvur qilaylik. Agar bu shisha plastina mukammal darajada shaffof bo`lmasa qaralayotgan manzara o`zgarib ko`rinishi. Shishaga, u nimadan tayyorlanganiga bog`liq ravishda o`zgarishlar juda turli xil bo`lishi mumkin. Masalan, shisha rangli bo`lsa, tasvir mos ravishda ko`rinadi, xira shishadan esa shuvalib ko`rinadi. Tasvirlarni filtrlash ham dunyoga shunday shishalar orqali qarashga o`xshaydi, tajribalarni qancha ko`p turli plastina bilan takrorlashga qarab effektlar ham turli xil bo`ladi. Tasvirlarni filtrlash ostida, bir necha qoidalar asosida o`z natijasi bilan manba tasvir o`lchmidagi boshqa tasvirni hosil qilish jarayonlari tushuniladi. Odatda natijaviy tasvirdagi har bir piklsel intensivligi(rangi) manbaa tasvirda ayrim kesishuvlarida joylashgan pisellar ranglariga bog`langan. Filtrlash qoidalari(o`qlarni filtrlar deb yuritiladi) eng turfa xil bo`lishi mumkin. Bu ma`ruzada biz eng soda filtrlarni ko`rib chiqamiz. Eslatib o`tamiz, taklif qilingan tasnifga ko`ra ikki va undan ortiq filtratsiya ketma ketligini o`z ichiga olgan jarayonlar ham filtratsiya hisobnadi. Shu yo`sinda oddiy amal bo`lgan tashkil etuvchi filtrlar haqida gapirishimiz mumkin. Ushbu ma`ruzadagi filtrlarning asosiy turlarini o`rganib, keying ma`ruzalarda keluvchi turli xil masalalarda filtlrardan tashkil topgan filtrlarni qo`llashni o`rganamiz. Tasvirlarni filtrlash kompyuter ko`rishi faning obrazlarni tanish va tasvirlarni tahlil etish asosiy jarayonlaridandir. Amalda manba tasvirning u yoki bu filtratsiya bilan ko`plab uslublar boshlanadi. Ushbu ma`ruzada ko`riladign filtrlar ularni turli ilovalarda qo`llaniladi va juda ahamiyatli hisoblanadi. Chiziqli filtrlar bu juda oddiy matematik izohga ega filtrlar oilasidir. Shuning bilan birga ular juda turli effektlarga erishishga imkon beradi. Aytaylik, yarim tonli 81 A manbaa tasvir berilgan bo`lsin, uning piksellari intensivligini A(x,y) deb belgiaymiz. Chiziqli filtr rastrda berilgan F funksiya orqali aniqlanadi. Ushbu funksiya filtratsiya yadrosi deb yuritiladi, filtratsiyaning o`zi esa diskret aylantirish orqali amalga oshiriladi. Download 5.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling