O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov
Tasvirlarni kadrlash va ularda shakl almashtirish amallarini bajarish
Download 5.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma
Tasvirlarni kadrlash va ularda shakl almashtirish amallarini bajarish
Ko`pincha fotosuratlarni olishda kadrga ortiqcha narsalar ham tushib qoladi va ularni kadrdan olib tashlashga to`g`ri keladi. Bunda fotosuratning chet tomonlarini qirqib tashlash kerak. PhotoShopda bu maxsus uskuna ramka deyiladi. Uni klaviaturadagi С harfini yoki uskunalar satridagi tugmani bosib faollashtirish mumkin. Ramkaning to`rt tomoni va to`rtta burchagidagi markerlardan zarurini sichqoncha bilan sudrab, ramkaning o`lchamlarini o`zgartirish mumkin. Kerak bo`lsa, ramkani markazi atrofida burishimiz mumkin. Buning uchun sichqonchani ramkaning biror burchagiga tashqi tomondan yaqinlashtiramiz. Sichqoncha kursori aylana yoyi ko`rinishiga kelgach, chap tugmasini bosib turib, ramkani buramiz. 6.2.18-rasm. Rasmni belgilab ramkaga olish usuli tanlash 117 6.2.19-rasm. Rasm burish. PhotoShop da ko`pincha bir nechta rasmlardan yangi rasm yaratishga to`g`ri keladi. Bunda tasvirlarning o`lchamini kichiklashtirish yoki kattalashtirish, ularni burish, o`girish, qiyalashtirish, qiyshaytirish kabi amallami bajarishga to`g`ri keladi. Bu amallar shakl o`zgartirish amallari deb ataladi. Bu kabi amallar bilan kadrlashga bag`ishlangan mashqlarda tanishib chiqqan edik. Lekin u yerda bu amallardan bir nechtasi bir paytda bajarilar va ularni dasturning o`zi tanlab bajarar edi. Bu esa har doim ham aniq va kutilgan natijaga olib kelmaydi. Shakl o`zgartirish amallari asosiy menyuning Редактирование bo`limidagi Трансформирование (Shakl o`zgartirish) bandida joylashgan. Yangi menyuda o`n ikkita band bo`lib, ular quyida keltirilgan: 1. Применить снова ( qayta qo`llash ) - oxirgi shakl o`zgartirish amalini yana bir marta qo`llaydi. 2. Масштабирование ( o`lchamini o`zgartirish ) – tasvir bo`lagi o`lchamlarini o`zgartiradi. 3. Поворот ( Burish ) - tasvir bo`lagini ixtiyoriy burchakka buradi. 4. Наклон ( Qiyalash ) - tasvir bo`lagini gorizontal yoki vertikal yo`nalishda qiyalaydi. 5. Искажение ( Nochiziqli o`zgartirish ) - tasvir bo`lagini to`rtburchak ko`rinishida tanlangan sohani qoplaydigan qilib o`zgartiradi. 6. Перспектива ( Perspektivani o`zgartirish ) - suratga olish nuqtasini o`zgartiradi. 7. Деформация ( Qayta shakllantirish ) - tasvir bo`lagini cho`zish bilan qayta shakllantiradi. 8. Поворот на 180° ( 180°ga burish ) - tasvir bo`lagini 180° ga buradi. 118 9. Поворот на 90° по часовой ( Soat mili bo`ylab 90°ga burish ). 10. Поворот на 90° против часовой ( Soat miliga teskari 90°ga burish ). 11. Отразить по горизонтали ( Gorizontal o`girish ) - tasvir bo`lagini gorizontal yo`nalishda o`giradi. 12. Отразить по вертикали ( Vertikal o`girish ) - tasvir bo`lagini vertikal yo`nalishda o`giradi. 6.2.20-rasm. Shakl o`zgartirish. Shakl o`zgartirishlarda yana asosiy menyuning Редактирование (Tahrirlash) bo`limidagi Свободное Трансформирование (Erkin shakl o`zgartirishlar) ( Ctrl+T ) amalidan ham keng foydalaniladi. Download 5.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling