O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov
Photoshopda qatlamlar va ulardan foydalanish
Download 5.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma
Photoshopda qatlamlar va ulardan foydalanish
PhotoShopning bugungi kundagi muvaffaqiyati kalitlaridan biri bu uning qatlamlar bilan ishlay olishidir. Qatlam – bu shaffof qog`oz bo`lib, PhotoShop da qatlamga qo`shimcha tasvir joylash mumkin. Qatlamlar ustma-ust joylashib, yaxlit bir tasvir hosil qiladi. PhotoShopda bir vaqtda 50 dan ortiq qatlam bilan ishlash mumkin. Qatlamlar bilan ishlash uchun Слой (Qatlamlar) bo`limida joylashgan buyruqlardan foydalaniladi. Bu palitrani ekranga chiqarish uchun asosiy menyuning Окно (Oyna) bo`limidagi Слой (Qatlamlar) bandini tanlash yoki klaviaturada F7 119 funksional tugmasini bosish kerak, u palitraning ko`rinishi rasmda ko`rsatilgan. Undagi tugmalarning vazifalari bilan tanishib chiqamiz. A. Yashirin palitralar; B. Yashirin palitralarni ochish; С. Слои (Qatlamlar) jildi; D. Каналы (Kanallar) jildi; E. Контуры (Konturlar) jildi; F. Palitrani yashirish va ochish tugmasi; G. Palitraning menyusi tugmasi; H. Qatlamning shaffofmasligi (0 dan 100 gacha); I. Qatlamga bo`yoq quyish (0 dan 100 gacha); J. Qatlamning qotirilganligi belgisi; K. Tanlangan qatlamlarni bir-biri bilan bog`laydi; L. Qatlamga stil qo`shadi; M. Niqob qatlam yaratadi; N. Yangi korreksion qatlam yaratadi; O. Qatlamlaming yangi guruhini yaratadi; P. Yangi qatlam yaratadi; Q. Tanlangan qatlamni o`chiradi; R. Qatlamni ko`rsatadi yoki yashiradi. 6.2.21-rasm. Qatlam oynasi. 120 Qatlamlardan birinchisi fon deb ataladi. U boshqalaridan pastda turadi va uning joyini o`zgartirib bo`lmaydi. Boshqa qatlamlarning o`rnini almashtirish mumkin. Yuqorida turgan qatlamdagi tasvir pastdagilarini berkitib qo`yadi. Agar qatlam nisbatan shaffof bo`lsa, undan keyingi qatlam biroz ko`rinib turadi. Qatlamga niqob qatlam qo`shish mumkin. Qatlamning niqob bilan berkitilgan qismini o`zgartirib bo`lmaydi. Bu qatlamning bir qismini o`zgartirish kerak bo`lganda juda qulay. Qatlamdagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun unga korreksion qatlam qo`shiladi. Stil qatlam esa qatlamga tayyor stilni qo`llash uchun ishlatiladi. Bo`yoq quyish qatlami qatlamning ustidan bo`yoq quyish uchun ishlatiladi. Download 5.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling