O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov
Download 5.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR.
1. Macromedia Dreamweaver 8 dasturi tuzilishi. 2. Adobe Flash 8 dasturi vektorli grafikadan foydalanish texnologiyalari. 3. Adobe Flash 8 dasturining jihozlar paneli. 4. Web-sahifalarda animatsiyalar va ularni o`rnatish. 5. O`zaro ikki sharni to`qnashtirish. 6. Sharni trayektoriya bo`ylab harakatlantirish. 7. Tovushli ma’lumotlar va ular bilan ishlash. 8. To`rtburchak shakli harakatlanib aylana ko`rinishiga o`tish. 9. Idishdagi suvning bug`lanishini tasvirlovchi animatsiya effektini hosil qilish. 181 XULOSA Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon har bir insonni axborot texnologiyalaridan mustaqil foydalanishni talab qiladi. Chunki insonning faoliyati borgan sari uning axborotlashganidan, qolaversa, axborotni samarali ishlatishidan bog`liq bo`lib qolmoqda. Istalgan soha mutaxassisi ma’lumotlar to`plamida to`g`ri yo‘nalish olishi uchun, u kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari orqali axborotlarni to`plash, saqlash, qayta ishlash hamda qo`llashni bilishi shart. Shu boisdan oliy o‘quv yurti talabalari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, umumiy o‘rta maktab o‘quvchilarini kompyuter grafikasi faniga qiziqtirish orqali zamonaviy dasturlash tillarini o‘rgatish oson kechadi. Bu orqali o‘quvchi yoshlar dasturlash muhitida ishlash va mustaqil dastur tuzish, mamlakatimizning turli sohalari uchun ilovalar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga va ularning amaliy ishlarida yangi qirralarning ochilishiga zamin hozirlaydi. Ushbu o`quv qo`llanmada kompyuter grafikasining hozirgi kundagi zamonaviy dasturiy paketlari jumladan, Adobe PhotoShop, CorelDraw va Flash dasturlarining asosiy vazifasi, imkoniyatlari yoritib berilgan. O`quv qo`llanma oliy o`quv yurtlarining 5130200 – «Amaliy matematika va informatika» bakalavr ta`lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, 6 moduldan iborat. Har bir modul bo`yicha mavzular nazariy va amaliy misollar bilan tushuntirib berilgan. Shu bilan birgalikda CorelDraw, PhotoShop va Flash dasturlarida amaliy topshiriqlar bajarish ketma-ketligi ko`rsatilgan. O`ylaymanki, informatika fanini o`qitishda kompyuter grafikasi dasturiy paketlaridan foydalanish, o‘quvchilarda dizayn va grafika bo`lgan qiziqishlarini uyg`otadi, darsni samarali va qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi hamda o`quvchilarda kompyuter grafikasi doir bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling