rasm. Tijorat banklarida aholi omonatlari qoldig’ining o’sishi dinamikasi, mlrd. so’m
Aholi yashash sharoitlari (elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi, oqova suv tizimi bilan ta’minlanganlik darajasi)ning yaxshilanganligi oilaviy biznes uchun quyidagi vazifalar yechimini ta’minlab beradi:
oilaviy biznes, shu jumladan, oilaviy korxonani tashkil etishda resurs ta’minotidagi muammolarni hal etish. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining
“Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”gi Qonuni 28-moddasida, oilaviy korxona turar joydan bir vaqtning o’zida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish uchun foydalangan taqdirda, kommunal infratuzilma xizmatlari haqini to’lashda aholi uchun belgilangan tariflar bo’yicha va shartlar asosida amalga oshirishibelgilanganbo’lib, oilaistiqomatqilayotganhududningbundayresurslar va xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi bevosita oila biznesi faoliyatini rag’batlantiradi;
oila a’zolarining maishiy turmush resurslari ta’minotidagi muammolardan chalg’itib, asosiy e’tiborni biznesni rivojlantirishga qaratishga ruhiy imkoniyat yaratadi hamda innovatsion yondashuvga undaydi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda aholining kommunal xizmatlar bilan ta’minlanish darajasi aholi sonining izchil o’sib borishiga qaramasdan ichimlik suvi ta’minotida 64 foizdan 82,6 foizga yoxud 1,3 martaga, tabiiy gaz ta’minotida qariyb 2 martaga, markaziy isitish tizimida 1,4 martaga hamda kanalizatsiya xizmatida 1,5 martaga o’sgan (8-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |