Suyuqlikli bosim o‘lchash asboblarning ishlash
prinsipi o‘lchanayotgan bosimning suyuqlik ustunining
gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga asoslangan.
Asboblar
turli
ishchi
suyuqliklar, ko‘pincha simob,
transformator moyi, suv va spirt bilan to‘ldiriladi.
Asboblarda tutash idishlar prinsipi qo‘llanadi. Ularda
ishchi suyuqlik sathlari ular ustidagi bosim teng bo‘lganda
mos tushadi, bosim teng bo‘lmaganda esa, suyuqlik sathi
shunday holatni egallaydiki, bir idishdagi ortiqcha bosim
boshqa idishdagi suyuqlikning ortiqcha ustunining gidrostatik
bosim bilan muvozanatlashtiriladi. Ko‘pgina suyuqlikli
manometrlar ishchi suyuqlikning ko‘rinadigan sathiga ega.
O‘sha sath bo‘yicha ko‘rsatishlarni bevosita yozib olish
mumkin. Shunday suyuqlikli asboblar guruhi borki, ularda
ishchi suyuqlikning sathi bevosita ko‘rinib turmaydi. Sathning
o‘zgarishi qalqovichning siljishiga yoki boshqa qurilma
tasniflarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu tasniflar yo raqamli
qurilmalar yordamida o‘lchanayotgan kattalikning bevosita
ko‘rsatishini, yoki uning qiymatini o‘zgartirish va masofaga uzatishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |