O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
ALT ni ta’minlash vositalari. ALT ta’minot vositalari yig‘indisi asosida
amalga oshiriladi. Bunday vositalarga tashkiliy, uslubiy, matematik, lingvistik, dasturviy, informatsion va texnik tam’inot kiradi. Tashkiliy ta’minot – loyiha tashkiloti va uning bo‘linmalari tarkibini, ular orasidagi bog‘lanishni, ularning vazifalarini, shuningdek loyihalash natijalarini ko‘rsatish shaklini belgilovchi hujjatlar to‘plamidir. 52
Uslubiy (metodik) ta’minot – ALT ta’minot vositalarini tanlab olish va ishlatish qoidalarini, tarkibini belgilovchi hujjatlar to‘plami. Uslubiy ta’minot loyihalashni avtomatlashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishni belgilaydi. Matematik ta’minot – matematik usullar, matematik modellar va loyihalash algoritmlari to‘plami. Lingvistik ta’minot – loyihalash tillari to‘plami bo‘lib, unga atamalar va ta’riflar, tabiiy tilni farmallashtirish qoidalari, ALT da matnlarni qisqartirish va kengaytirish uslublari kiradi. Dasturviy ta’minot – amaliy dasturlar paketi (ADP) ko‘rinishida rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lgan mashina dasturlari to‘plami. Informatsion ta’minot – LAS uchun talab qilinayotgan ma’lumotlar to‘plami. Texnik ta’minot – o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sirlanuvchi texnik vositalar to‘plami. ALT texnik ta’minoti dastavval EHM ni o‘z ichiga oladi. ALTda EHM sifatida turli oiladagi (tipdagi) mashinalar foydalanilishi mumkin. EHM ning aniq turi ALT ierarxiyasidagi tegishli bo‘linmaning darajasi bilan, shuningdek, hal qilinayotgan masalalar sinfi bilan belgilanadi. EHM dan ALT da foydalanishning samaradorligi atrofdagi qurilmalarning tarkibi bilan belgilanadi. Tashqi (atrofdagi) qurilmalarni minimal EHM kompleksi qurilmalariga va maxsus qurilmalarga ajratish mumkin. Qurilmalarning birinchi guruhiga an’anaviy tashqi qurilmalar kiradi: magnit lentalaridagi, magnit disklaridagi tashqi XQ (xotirlash qurilmalari); perfolenta va perfokartalardan kiritish – chiqarish qurilmalari; alfavit – raqamli bosish qurilmasi; perfolenta va perfokartalarda ma’lumotlarni tayyorlash qurilmalari. Maxsus qurilmalarga ekranda matnli, raqamli va grafik axborotni aks etish uchun alfavit – raqamli va grafik displeylar, chizmachilik avtomatlari, dastlabki grafik materiallarni EHMga kiritish uchun grafik axborotni kodlash qurilmalari kiradi.
Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling