O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti
Donlarning qobig’ini ajratish usullari
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
un yorma va omuxta em texnologiyasi (2)
7. Donlarning qobig’ini ajratish usullari.
Donning qobig’ini ajratishda juda ko’p turli xil mashinalar qo’llaniladi. Ko’p mashinalarning ishlash prinstiplarini ishchi organlarini donga ta’sirini uchta asosiy usulga bo’lish mumkin. 1 usul - qisish va siljish; 2 usul - bir martali va ko’p martali urilish; 3 usul - abraziv va boshqa qattiq yuzalarda ishqalanish. Qisish va siljish natijasida donning qobig’ini ajratishda ikkita ishchi yuza orasida donga ta’sir qilinadi 5-rasm. Bunda ikki yuza orasidagi masofa donning o’lchamidan kichik bo’ladi va albatta bir yuza ikkinchi yuzaga nisbatan harakatda bo’ladi. Bu usulda don qobiq ajratish zonasiga tushadi, yuzalar orasida qisiladi, qobiqlari yoriladi va yuzalarni nisbatan harakati natijasida yorilgan qobiqlar (plyonkalar) bir biridan ajraladi va mag’iz qobiqlardan ozod bo’ladi. Bu usul plyonkalari mag’iz bilan birga o’smagan donlar uchun samaradorli bo’ladi. 1 usul bilan ta’sir qilish uch xil mashinalarda qo’llaniladi: valli dekali dastgoh, qobiq ajratish postavi va vallari rezin bilan qoplangan qobiq ajratgichlar. 2 usul - bir martali va ko’p martali urilish natijasida qobiq ajratish quyidagicha bo’ladi: mashinaning qamchinlari yoki plastinkalari bilan ilg’ab olingan don bir marta yoki ko’p marta mashinaning qaytaruvchi ichki yuzasiga yo’naltiriladi 6- rasm. Bir martali qobiq ajratish usulini plyonkasi mag’iz bilan birga o’smagan va mag’izi mo’rt bo’lmagan donlarga ( suli) qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Ko’p martali qobiq ajratish usulini plyonkasi mag’iz bilan birga o’sgan yoki o’smagan donlarga qo’llash mumkin. Bu usulni qo’llagan holda donning qobig’i ajratilsa maydalangan mag’izning miqdori ancha ko’p hosil bo’ladi. Bu usul ikki holda qo’llanadi: don mo’rt bo’lmagan (egiluvchan) mag’izga ega (suli doni); 44 qayta ishlashda maydalangan mag’izdan yorma olinadi (bug’doy, arpa, makkajuxori). 3 usul - abraziv va boshqa qattiq yuzalarda ishqalanish usulini qobig’i mag’iz bilan birga o’sgan donlarning qobigini ajratishda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bu usulda qobiq ajratish mashinasining ishchi zonasida don uzoq vaqt davomida harakatlanuvchi abraziv yuza ta’sirida ishqalanadi va bir me’yorda donning qobig’i kirib olinadi 7-rasm. Bu prinstipda qobiq ajratgich-qayroqlagich A1-ZSHN-3 rusumli mashinasi ishlaydi. Donning yuzasiga bir tekislikda ishlov berish nafaqat qobiq ajratishda, balki mag’izni qayroqlashda ham qo’llaniladi. A1- ZSHN-3 rusumli mashinada arpa, bug’doy, no’xat va makkajuxori donlarining qayta ishlash mahsulotlarini qobig’i olinadi, qayroqlanadi va silliqlanadi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling