O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti darvishov ibrohim o`rmonovich


-MA`RUZA: LINGVOMADANIY BIRLIKLARNING MATN


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/35
Sana14.10.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1702719
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Bog'liq
Лингвокультурология

11-MA`RUZA: LINGVOMADANIY BIRLIKLARNING MATN 
YARATISHDAGI O`RNI (2 SOAT) 
REJA: 
1. Lingvomadaniy birliklar 
2. Matn madaniyat mavjudligining amal qiluvchi shakli sifatida.
3. Lingvomadaniy birliklarning matn yaratishdagi o`rni. 
Lingvokulturologiya – bu tilshunoslik, Madaniyatshunoslik, tilda milliy 
madaniyat aks etishi va mustahkam o`rnashib olishi tadqiq etuvchi sohalar 
to`qnashgan o`rinda paydo bo`lgan tilshunoslik tarmog`idir. Bu fan etnolingvistika, 
sotsiolingvistika bilan Shu qadar chambarchas bog`langanki, V.N. Teliya uni 
etnolingvistikaning bir ko`rinishi deb hisoblaydi. Biroq ular printsipial jihatdan 
umuman boshqa fanlardir. Etnolingvistika tarmog`iga to`xtalganda, eslab o`tish 
joizki, uning ildizlari Yevropada V. Gumbolg`dtga; Amerika tilshunosligida esa 
F.Boas, E.Sepir, B.Uorfga borib taqaladi; Rossiyada esa D.K.Zelenin, 
Ye.F.Karskoy, 
A.A.Shaxmatov, 
A.A.Potebnya, 
A.N.Afanasyev, 
A.I.Sobolevskoylar tadqiqotlarida alohida mavqega ega bo`ldi.
Lingvokulturologiyaning asosiy birligi sifatida madaniy konseptni oladilar. 
Bu tushuncha aniq va mavhum nomlarning mundarijasini o`z ichiga oladigan 
“ostki ma`no” bo`lib, mazkur xalq madaniyati haqida qo`shimcha ma`lumot olishni 
talab qiladi. [Karasik 2002: 127,129]. Ye.I. SHeygal va V.A. Buryakovskaya 
lingvokulturologiyani “olam konseptual manzarasining alohida obyektlari va 
akslanuvchi obyekt (mas. etnos) tomonidan ularning jamoa ongi hamda tilda idrok 


74 
qilinishi ” [SHeygal, Buryakovskaya 2002: 9] deb tahriflaydilar. Mualliflar 
etnonimlarning lingvokulturologik potentsialini o`rganib chiqadilar.
Tildagi madaniy belgilarni o`rganishtilshunoslikning Shu bugunga qadar 
erishgan yutuqlari samarasidir. Lingvokulturologiyaga qiziqishning ortib 
borayotgani fanning kelajagini belgilaydi. Shu bilan birga fanning nazariy-
metodologik asosi endigina shakllanmoqda. Frazeologizm va paremiyalar tilda 
madaniy belgilarni aks ettiruvchi asosiy birliklar sifatida tadqiq etilmoqda. Ayrim 
tadqiqotlarda mumtoz adabiyot namunalariga murojaat etish kuzatiladi. 
Til, madaniyat, etnos (xalq) o`rtasidagi o`zaro aloqa va munosabatlar 
fanlararo muammo bo`lib, uni hal qilish bir qancha fanlarning – falsafa va 
sotsiologiyadan to etnolingvistika va lingvokulturologiyagacha - birgalikdagi sahy-
harakatlari bilan bog`liq. Jumladan, milliy til tafakkuri masalalari – bu lingvistik 
falsafaning bir tarmog`idir; ijtimoiy yoki guruharo axborot almashinuvini til 
aspektida o`rganishpsixolingvistika tadqiqot doirasiga kiradi va sh.k. Til madaniyat 
bilan chambarchas bog`liq: u madaniyatning ichida rivojlanadi va madaniyatning 
ifodachisidir. Bu g`oya asosida yangi ilm – lingvokulturologiya paydo bo`ldi. Bu 
fan 
XX 
asrning 
90-yillarida 
mustaqil 
soha 
sifatida 
shakllandi. 
“Lingvokulturologiya” atamasi V.N.Teliya tomonidan yuritilayotgan frazeologik 
maktab ishlarida, Yu.S.Stepanov, A.D.Arutyunova, V.V.Vorobyev, V.Shaklein, V. 
A.Maslova boshqa tadqiqotchilarning nashrlarida paydo bo`ldi. Agar kulturologiya 
(Madaniyatshunoslik) inson ongini tabiat, jamiyat, san`at va ijtimoiy va madaniy 
borliqning boshqa ko`rinishlari bilan munosabatda o`rgansa, tilshunoslik tilda 
dunyoning o`ziga xos ruhiy modeli sifatida aks etuvchi dunyoqarashni o`rganadi. 
Lingvokulturologiyada esa til ham, madaniyat ham tadqiqot obyekti hisoblanadi, 
ular o`zaro aloqada o`rganiladi. Agar til va madaniyat munosabati masalasini 
an`anaviy talqini madaniyat haqidagi bir qancha tasavvurlardan foydalanib
lingvistik muammolarni hal qilishga borib taqalsa, bu ishimizda tilning o`z 
birliklari bilan madaniyatni qamrab olishi, saqlashi va ifodalashi usullari 
o`rganiladi.
Lingvokulturologiyaning predmeti deganda miflashgan til birliklari: tildagi 
arxetiplar va mifologemlar, marosim va inonchlar, rasm-rusum va odatlarni ham 
tushunamiz. 
Har bir frazeologizmda mifning to`liq o`zi emas, mifologemlar aks etgan 
bo`ladi. Mifologema mif uchun muhim bo`lgan personaj yoki situatsiya bo`lib, 
mifning «bosh qahramoni» sifatida mifdan miflarga ko`chib yuradi. Mifning 
asosida esa arxetip yotadi. Arxetip – individual ongda istalgan o`rinda yuzaga 
chqadigan va madaniyatga keng yoyilgan barqaror obrazdir. (S.Senderovich) 
Arxetip tushunchasi dastlab 1919 yilda K.G.Yungning «Instinkt va mulohazasiz» 
maqolasida kiritilgan. K.Yungning fikricha, barcha odamlar muayyan umumiy 
ramzlar – arxetiplarni ong osti holatida hosil qilish qobiliyati bilan tug`ilgan. Bu 
ramzlar tuSh, mif, ertak, afsona kabilarda namoyon bo`ladi. K.Yung arxetiplarda 
«jamoaviy mulohazasiz holda ifodalanuvchi birlik» ifodalanishini tahkidlaydi. Bu 
birlik shaxsiy tajriba natijasida emas, insonga ajdodlar orqali meros bo`lib o`tgan 
bo`ladi. Arxetip – inson ruhida «gul kabi» o`suvchi «psixik tana 


75 
a`zosi».Zamonaviy 
fanning tasdiqlashicha, arxetip – bu mulohazasiz 
mavjudlikning juda ham chuqur darajasidir. 
K.Yungning genetik nazariyasi doirasida arxetip va mifologiya o`rtasidagi 
mustahkam aloqa aniqlanadi: mifologiya – arxetiplar omboridir. Shu tariqa bir kuni 
arxetip bilan nomlangan timsol jamoaviylik kasb etadi va muayyan xalq va davr 
uchun umumiy hodisaga aylanadi. Odatda naisbatan muhim mifologik motivlar 
barcha davrlar va xalqlarga tegishli bo`ladi. Inson arxetiplar olamiga qay darajada 
asir ekanligini tasavvur ham qila olmaydi.
Masalan, non komponentli frazeologizmlarni olaylik – non topmoq, birovning 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling