O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti darvishov ibrohim o`rmonovich


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/35
Sana14.10.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1702719
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
Лингвокультурология

gapiga kulmaslikka, uni mot qilishga kelishib olishadi. Shunday qilishadi ham. 
Shunda Oxunjon qiziq fotiha qilib, oShdan turib ketadi. – Yo`l bo`lsin – deyishsa, - 
Dunyoga kelib, hecham o`liklar davrasida suhbat qurmagandim – deydi qiziqchi.
Qaytariqlar. T.V.TSivyan so`z orqali keltiriladigan zarar – duoibadni 
qaytarish uchun boshqa so`z – qaytariq keltirish kerakligini aytadi. Bunda yurak 
tubidan so`zning qudratiga inonch yotadi. Qaytariq va qarg`ishlar har bir xalqning 
mifologiyasi hamda yozma manbalarida uchraydi. Hind eposi «Mahabharata»da 
rojaning 3 ta xotini avliyodan duo olgani borishi voqeasi keltiriladi. Avliyo salobat 
nazari bilan qaraganida ulardan biri ko`zini yumib oladi, ikkinchisi qo`rqib oqarib 
ketadi, uchinchisi esa qo`rqmaydi. Shunda avliyo ularning tug`ilajak farzandlari 
biriniki ko`r, ikkinchisi kamqon, uchinchisi karomatli bo`lishini bashorat qilib duo 
qiladi. Shuningdek, asar davomida Pandu ov qilib yurib bir avliyoning qoplon 


78 
suratida yurganini bilmay, uni xotini bilan qo`shib kamondan otib o`ldirib qiladi. 
O`limi oldidan esa avliyo uning ayollarga yaqinlashmasligini duoibad qiladi
yaqinlashsa o`lim topishini aytadi. Homerning «Iliada» dostonida ham Shunga 
o`xshash hodisa mavjud: yunonlar QuyoSh xudosi ibodatxonasi kohinining qizini 
olib ketishadi, kohin sovg`a-salom bilan borib yalinsa ham, Menelay qizni berishni 
xohlamaydi. Shunda kohin ularni qattiq qarg`aydi va Apollonning qahri kelib 
yunonlar ustiga o`lat yuboradi. Yunonlar keyinchalik ko`zi ochilib, kohindan tavba 
qilib uzr so`rashadi. Misrdagi firhavnlar maqbaralarida ham Shu kabi qarg`ish 
toShlari topilgani, unda podShohlar ruhini bezovta qilganlar tezda o`lim topishlari 
bashorat qilinadi. Olim Karnavon Shu tarzda vafot etadi. Bu kabi misollarni 
ko`plab keltirish mumkin. Jumladan, hadislarda ham uch kishining duosi 
Tangrining dargohida to`g`ridan to`g`ri qabul bo`lishi aytiladi: ota-onaning, 
musofirning, mazlumning. Sharqning buyuk mutafakkiri Jaloliddin Rumiy ham 
duoni mayga o`xshatadi. U dil tubida qancha vaqt saqlansa, shuncha quvvatli 
bo`ladi, deydi. Shu tufayli barcha xalqlarda qarg`ishlar va qaytariqlar inonchi keng 
o`ringa ega.
Lingvokulturologiyaning tadqiqot predmetlaridan biri – tilning paremiologik 
boyligi hamdir. Darhaqiqat, maqollarning aksar qismi milliy ongi stereotipi 
hisoblanadi. Odatda maqol va matallar folkloristikada janr sifatida o`rganiladi. 
Tilshunoslikda esa endigina o`rganilmoqda. Pragmatik nuqtai nazardan 
maqollarning 
maqsadi 
qorishiq 
xususiyatli. 
Birgina 
maqolning 
o`zida 
ogohlantirish, tahqiq, tasalli, maslahat, tanqid, tahdid kabilar jamlangan bo`lishi 
mumkin: Boy boyga boqar, suv soyga oqar.
Maqollarning 
barchasi 
ham 
lingvokulturologiyaning 
predmeti 
hisoblanavermaydi. Jumladan, biror xalqqa, madaniyatga tegishli bo`lmagan, 
barcha etnoslar uchun birdek tegishli bo`lgan maqollar Shu qatorga kiradi. Mazkur 
fan tadqiq doirasiga kirish uchun maqol biror xalqning tarixi, madaniyati, 
turmuShi, ma`naviyati bilan chambarchas bog`liq bo`lishi lozim.
Tilning frazeologik boyligi ham xalq mentaliteti, madaniyati haqidagi boy 
ma`lumotlar taqdim etadi. Ularda xalqning miflar, odatlar, marosim va rasm-
rusumlar, ma`naviyati haqidagi qarashlari o`zgarmay saqlangan bo`ladi. B.A.Larin 
frazeologizmlar xalqning dunyoqarashi, ijtimoiy qurilishi, o`z davri ideologiyasini 
aks ettirishini yozganida haq edi.
Etalonlarga quyidagicha misol keltirishimiz mumkin: itday sodiq, buqaday 
baquvvat, qordek beg`ubor, cho`chqaday semiz, pardek yumShoq, onadek 
mehribon, tunday qora. Bu etalonlar nafaqat milliy dunyoqarash va dunyoni milliy 
anglash hamdir. Chunki faqat ulargina olam hodisalarining milliy-tipik o`lchash 
samarasidir. Etalonlar vositasida olam obrazli o`lchanadi. Etalonlar ko`pincha 
barqaror o`xshatishlar tarzida kuzatiladi, biroq insonning dunyoni o`lchash 
borasidagi istalgan tasavvuridir: qulog`igacha botmoq, tomog`iga kelmoq, jondan 
sevmoq kabi.
Bir tanganing ustida o`mbaloq oShadi iborasining semantik strukturasini 
tahlil qilar ekanmiz, V.N.Teliya aytganidek, tanganing tashqi belgisiga emas, balki 
uning eng kichik qiymatli pul birligi – etaloni ekanligiga guvoh bo`lamiz. Shu kabi 
etalon so`zlarni o`z tarkibiga olgan frazeologizmlar tilni madaniyatga 


79 
yaqinlashtiradi. A.A.Potebnya tahbiricha, bu yerda ramz obrazga (etalonga) 
aylanadi va tushunuvchining irodasini o`ziga bo`ysuntiradi.
Shunday qilib, etalon predmetlar, hodisa va obyektlar xususiyatlari hamda 
sifatini baholovchi moddiylikdir. U ijtimoiy-ruhiy bosqichda me`yoriy tasavvurni 
ifodalaydi. U yashirin ta`sirga ega, tanlov va baholashga ta`sir qiladi. 
Stereotip, etalondan farqli ravishda, olamda mavjud bo`ladi va faoliyat, 
axloqni baholaydi.
Axloq stereotiplari rasm-rusumlarga o`tishi mumkin. Farqi shundaki
stereotipni amalga chiqarishda inson nima maqsadda bu ishni bajarayotganini 
anglamasligi mumkin. Rasm-rusumni bajarishda refleksga tayaniladi. U ijtimoiy 
muammolarni hal qilishning bir usulidir. 
Metafora hamda obrazlar ham lingvokulturologiya predmetlari qatoriga 
kiradi.
Metaforalarga alohida to`xtalib o`tamiz. Obrazlar so`zning madaniyat bilan 
aloqasi haqidagi asosiy axborotni ifodalovchi til birligidir. Odatda obrazlilik 
deganda til birligining predmetlar va hodisalar haqida ko`rinishli va sezimli 
tasavvur berishini tushunamiz.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling