O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 100.62 Kb.
bet3/19
Sana16.10.2023
Hajmi100.62 Kb.
#1704767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

7. Dastur Universitet Kengashi tomonidan tasdiqlangan sanadan boshlab, o‘quv yili yakuniga qadar Attestatsiya sinovi shaklini o‘zgartirish mumkin emas.
8. Attestatsiya sinovi universitet o‘quv jarayoni grafigiga asosan, o‘quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlangan muddatlarda o‘tkaziladi va kamida bir oy oldin talabalarga etkaziladi.


III. ATTESTATSIYA SINOVI SAVOLNOMASI


9. Attestatsiya sinovi savolnomasi ta’lim yo‘nalishi Malaka talablarining
- bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga;
- kasbiy faoliyatga;
- umumkasbiy va ixtisoslik fanlariga qo‘yilgan talablarni qamrab oladi.


10. Attestatsiya sinovi savolnomasi ta’lim yo‘nalishi O‘quv rejasida keltirilgan quyidagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlar dasturlari asosida shakllantirildi:


MANBASHUNOSLIK FANIDAN YAKUNIY NAZORAT ISHI SAVOLLARI
1. Manbashunoslik ko‘makchi tarix fani sifatida qanday asosiy vazifalarni bajaradi?
2. Tarixiy manbaning xaqiqiyligini, unda keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va ishonarligini qanday bilib olish mumkin?
3. Manbashunoslik fanining amaliy ahamiyati nimalardan iborat?
4. O‘rta Osiyoning eng qadimgi tarixiga oid qanday manbalarni bilasiz?
5. O‘lkamiz tarixiga doir eron epigrafik manbalarini sanab o‘ting?
6. Bexustun yozuvida qadimgi ajdodlarimiz tarixiga doir qanday ma’lumotlar bor?
7. Avestoning tarixiy manba sifatidagi ahamiyatini ochib bering.
8. Nima sababdan qadimgi grek va rim tarixchilari O‘rta Osiyo xalqlari tarixi bilan qiziqqanlar?
9. Geradotning O‘rta Osiyo xususidagi ma’lumotlari ishonchlimi? O‘z fikringizni asoslab berishga harakat qiling.
10. Antik manbalarning ijobiy ahamiyati va kamchiliklari haqida so‘zlang.
11. Arrian va Kvint Kursiy Rufning asarlarini solishtiring. Qaysi muallifning asarini ishonchli tarixiy manba deb hisoblaysiz? O‘z nuqtai nazaringizni asoslab bering?
12. O‘lkamiz tarixiga oid qadimgi xitoy manbalarining ijobiy hususiyatlari va kamchiliklarini gapirib bering.
13. O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar tarixini o‘zida aks ettirgan qanday xitoy manbalarini bilasiz?
14. Turkiy epigrafik yodgorliklar qanday guruxlarga bo‘linadi ?
15. Turkiy tilga bitilgan bitiklarning mazmuni xaqida so‘zlab bering.
16. So‘g‘d tilidagi manbalar qayerlarda topilgan ?
17. Rivojlangan o‘rta asrlar tarixiga oid arab tilidagi tarixiy-jug‘rofiy asarlardan qaysilarini bilasiz?
18. Nasabnomalar nima? Misollar keltiring.
19. Taraqqiy etgan o‘rta asrlarga doir arab tilidagi tarixiy asarlarni sanab o‘ting?
20. Rivojlangan o‘rta asrlar tarixiga oid fors-tojik tilida tarixiy asarlar yozgan mualliflardan kimlarni bilasiz?
21. «Xudud al-olam» kitobi xaqida so‘zlab bering.
22. Tazkira nima? Tazkiralarning tarixiy manba sifatidagi axamiyati nimadan iborat.
23. Temur xaqida Yevropaliklarda kimlar va qanday asarlar yozganlar ?
24. XVI asrda eski o‘zbek tilida yozilgan qanday tarixiy asarlarni bilasiz?
25. Xorazm tarixshunoslik maktabi xaqida gapirib bering?
26. Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolasining xukmronligi davri qanday tarixiy asarlarda o‘z aksini topgan?
27. Mang‘itlar sulolasi tarixiga bag‘ishlangan asarlarni sanab o‘ting?
28. Qo‘qon tarixavislik maktabi xaqida so‘zlab bering
29. Xonliklar tarixiga oid rus va Yevropa manbalarni ijobiy va salbiy tomonlari nimalardan iborat?
30. Qonun chiqarish aktlari tarixiy manbalar sifatida
31. Ish yuritish xujjatlari nimalardan iborat
32. Siyosiy partiyalar xujjatlari tarixiy manba sifatida qanday axamiyatga ega?
33. Statistik manbalarning ijobiy tomonlari va ayrim kamchiliklari xaqida so‘zlab bering
34. Davriy matbuot materiallari bilan ishlashning qiyinchiliklari nimada?
35. Memuar manbalarga nimalar kiradi?
36. Memuar manbalarning kamchiliklari nimalardan iborat?
37. TASSR, BSSR, XSSR, va O‘zSSR oliy qonun chiqaruvchi ijroiya organlari xujjatlariga nimalar kiradi?
38. Siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining qanday xujjatlari tarixiy manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.?
39. Statistik manbalarning axamiyati xususida so‘zlab bering.
40. Esdaliklar va boshqa memuar manbalarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat.
41. Gazeta va jurnallarda chop etilgan xabarlar, maqolalar ocherklar tarixiy manba bo‘lishi mumkinmi?
42. Mustaqil O‘zbekiston oliy qonun chiqaruvchi ijroiya organlari xujjatlariga nimalar kiradi. ?
43. Davlat muassalarida qanday ish yuritish xujjatlari mavjud bo‘lgan?
44. Etnografik manba deganda nimani tushinasiz?
45. O‘rta Osiyoning eng qadimgi tarixini o‘rganishda Beruniyning «Osor ulvoqiya» asari qanday ma’lumotlarni keltira oladi?
46. «Shajarai turk», «Shajarai tarokima» asarlari xaqida ma’lumot bering?
47. «Temur tuzuklari» asari xaqida so‘zlab bering?
48. Chorizmning mustamlakachilik siyosati masalasiga oid materiallar kompleksi haqida ma’lumot bering.
49. «Zafarnoma» asari xaqida so‘zlab bering?
50. «Temur va uning saroyiga oid xotiralar» asari xaqida so‘zlab bering?



Download 100.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling