O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi
Download 329.72 Kb.
|
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)
Ajratilgan to’ldiruvchi. Ajratilgan to’ldiruvchi odatdagi to’ldiruvchining - olmoshning ma’nosini izohlaydi: Kecha kunduz seni, vafodorimni, o’ylayman.
Ajratilgan bo’laklar tahlilida yana quyidagiga e’tibor berish lozim: 1) uyushiq bo’lakli gaplarda umumlashtiruvchi so’z yoki uyushiq so’zlar ajratilgan bo’lishi mumkin: 1. Ikrom va Otabek – sinfdoshlar, yo’lga tushishdi. 2. Sinfdoshlar – Ikrom va Otabek yo’lga tushishdi. Birinchi gapda sinfdoshlar, ikkinchi gapda Ikrom va Otabek uyushiq so’zlari ajratilgan kengaytiruvchidir; 2) ajratilgan bo’laklarni aniqlashda tartib muhim rolь o’ynaydi. Ajratilgan kengaytiruvchi keyin, ajralmish kengaytiruvchi oldin keladi: 1. U shaharga, Qarshiga, ketdi. 2. U Qarshiga, shaharga, ketdi. Birinchi gapda Qarshiga, ikkinchi gapda shaharga so’zshakli – ajratilgan birlik. Ajratilgan aniqlovchi bilan aniqlanmish distant holatda bo’lganda, ularning aloqasi kuchsizlanib, aniqlovchining nisbiy mustaqillik holati kuchayadi: Haligi yigit, qo’lida tuguni bor edi-ku, sartarosh, ertaga ta’tilga chiqar ekan. Gap o’zaro teng bog’lanishga ega so’zlar bilan ham kengayishi mumkin: Bodomlar, shaftolilar va o’riklar gulladi. Bu gapdagi bodomlar, o’riklar, shaftolilar so’zshakllari sintaktik mazmun jihatdan biri ikkinchisiga tobe bo’lmasdan, teng aloqaga kirishgan va bu aloqa teng bog’lovchilar yoki ohang vositasida amalga oshirilgan. Bunday tenglanish qatorini hosil qilgan so’zshakllar bir kengayuvchi so’zshaklga tobelanib, sintaktik jihatdan bir xil mavqega ega bo’ladi. Bunday so’zshakl uyushiq so’zshakl deyiladi. Tenglanish qatori gapda har qanday sintaktik mavqeni egallashi mumkin: kesim: Siz aqlli va tadbirkorsiz. ega: Go’yo Navoiy va Boyqaro qarshimda edi. hol: Suv o’ynoqlab, ko’piklanib oqardi. to’ldiruvchi: U qalam, daftar, ruchka oldi. aniqlovchi: Nasibaning va Karimaning opalari keldi. undalma: Aziz do’stlar, yurtdoshlar, sizlarni sog’inib yashadim. Ko’rinadiki, gapning konstruktiv bo’laklari ham, nokonstruktiv bo’laklari ham uyushishi mumkin. Uyushiq so’zshakllar bir butun holda, yaxlit a’zo sifatida gap struktur qolipiga bevosita (uyushiq kesim, ega, hol) yoki bilvosita (to’ldiruvchi, aniqlovchi va boshqa so’z kengaytiruvchisi) daxldor bo’ladi. Tenglanish qatoridagi so’zshakllar sintaktik jihatdan bir xil mavqega ega bo’lmasligi ham mumkin. Ya’ni ular bir hokim uzvga tobelanishsa va o’zaro teng aloqaga kirishishsa-da, sintaktik vazifa jihatdan farqlanadi. Masalan: Har joyda va har kimga sen haqingda gapirdim. Bundagi har joyda va har kimga so’zshakllari o’zaro teng aloqaga kirishgan, lekin biri gap kengaytiruvchisi (har joyda), ikkinchisi esa so’z kengaytiruvchisi (har kimga). Bunday tenglanish qatori uyushmagan tenglanish qatori deyiladi. Uyushmagan tenglanish qatori a’zosining har biri har xil lisoniy-sintaktik o’rinlarning to’ldiruvchisi bo’ladi. Xususan, mazkur gapdagi har joyda so’zshakli gap lisoniy strukturasidagi hol o’rnini to’ldirsa, har kimga so’zshakli gap markazidagi atov birligi (W) ning kengaytiruvchisi, gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo’lmagan a’zo. Tenglangan so’zshakllarining har biri kengaygan bo’lishi ham mumkin: 1. U dengiz qiyofasini kasb etgan keng paxtazorga va undagi marra uchun kuyib-pishayotgan terimchilarga uzoq tikildi. 2. SHo’x yigitlar, erka qizlar quvnashar. Download 329.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling