O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


KIRISH VA KIRITMA QUR1LMALI GAPLAR


Download 329.72 Kb.
bet86/97
Sana27.10.2023
Hajmi329.72 Kb.
#1727998
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97
Bog'liq
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis)

KIRISH VA KIRITMA QUR1LMALI GAPLAR
83-mashq. Keltirilgan misolllardagi kirish qurilmali gaplarni
ajrating. U gaplarda kirish qurilma qanday ma no ifodalash uchun
qo‘llanganini ayting.

1. Baxtga qarshi, Saida uning xohishini payqamadi (A.Qahhor). 2. Hay attang, qani o‘rtoq Odilov, siz gapiring, shu gaplar rostrni? (A.Qahhor) 3. Haqiqatan, she’rlar samimiy, yosh qalbdan yozilgan edi. 4. Bizningcha, ma’ruzachi ko‘p narsalami chuqur mushohada qiladigan olim bo‘lsa kerak. 5. Shubhasiz, ko‘prik shu yerga yaqin joyda. 6. Xullasi kalom, sabr-qanoatni ham unutib qo‘ydi. 7. Qishloqdan chiqib ketganiga, ehhe, qancha bo'ldi! (O‘.Hoshimov) 8. Qirq oltinchi yil. Toshkentda Navoiy teatri qurilgan kezlar.. Tepaqo‘rg'ondagi yetti yillik maktabda g‘alati voqea sodir bo'ldi (O'.Hoshimov). 9. Peshonangizga yozib qo‘ying, uka! Hm kishisi avvalambor odam bo'lmog‘i kerak, ana undan keyin olim! (O.Yoqubov) 10. Hoy, noinsof, sizga gapirayapman, bola qiynalib ketdi (Shuhrat). 11. Tavba, sira kattalarga o‘xshamaysiz-a, shundoq odam o'zimizga o‘xshab, jo‘ngina gaplashasiz-a! (S.Ahmad)

84-mashq. Berilgan misollardagi kiritmalarni alohida, kirish
qurilmalami alohida izohlab bering. Kiritma va kirish qurilmali gaplarni
esa farqlab, alohida-alohida ko'chiring. Undalmali gaplarni ham izohlab
bering.

1. Eha, hali gap bu yoqda degin! Xo‘sh, endi nima qilmoqchisiz? (S.Ahmad) 2. Qo‘y, qizim, siqilma! Unut o‘shani! Boshqa xohlagan odamingni ayt. 3. Hamdardim Habibulla, shu kungacha qismatda borini ko‘rdik, endi qolganiga ham tayyor turmog‘imiz darkor. 4. Meni doimo qoyil qoldiruvchim, siz o‘quvchilarda insof-u diyonat kuchli-da, ashaddiy dushmanimni ham birpasda do‘stga aylantirdingiz. 5. Mirzakarimboy boshqalarga maqtanmasa ham (maqtanchoqlikni yomon ko‘rar edi) ba’zan ichidan faxrlanardi. 6. Toshkent tinchlangandan keyin (agar salomat bo‘lsam) o‘zim xabar yuboraman. 7. Ehtimol uni sevarman. Biroq hali javobini berganim yo‘q (Sh.Rashidov).

Download 329.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling