O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 2.16 Mb. Pdf ko'rish
|
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари
Jaydari no’xat issiqsevar o’simliklarga kiradi, biroq dastlabki paytlarda u
issiqni kam talab qiladi. Urug’i 3-4°C da unib chiqa boshlaydi, 8°C da 9-10 kuni maysa chiqaradi. No’xat maysa chiqargandan keyin, ayniqsa, gullash va hosil tugish davrida issiqni ko’p talab qiladi. Bu davrda o’simlik normal rivojlanishi uchun harorat 20°C bo’lishi kerak. No’xatni maysalari yirik bo’lib 10-11 0 C sovuqqa chidaydi, voyaga etgan o’simliklar 8°C sovuqqa chidaydi. No’xat uzun kun o’simligidir, pishish davri 80-84 kun. O’zbekistonda Zimiston, Lazzat va Milyutinskiy - 6 navlari ekiladi. Jaydari no’xatni ekish uchun shudgorga yaxshi ehtibor berish lozim. Yer yaxshi shudgorlansa bahorda ekin ekishdan oldin 6-8 sm chuqurlikda kultivasiya qilinadi, tuproq zichlashib ketgan bo’lsa 10-12 sm chuqurlikda kultivasiya qilinadi. No’xat dukkakli o’simlik bo’lgani uchun eng avval fosforli o’g’itlarga ehtiyoj sezadi. Yerni kuzda shudgorlashda gektariga 4-5 t go’ng, 30-45 kg fosfor bilan aralashtirib yoki fosforni o’zi 50-60 kg don solinadi. Bahorgi ishlashda har gektariga 30-45 kg azotli o’g’itlar solinadi.Urug’ ekishdan oldin aralashmalardan tozalanadi, yirik va tekislari saralab olinadi, kasalliklarga qarshi dorilanadi, maxsus tuganak bakteriyalardan tayyorlangan nitragin bilan ishlanadi. No’xatni martni oxiri aprelni boshlarida yoki kech kuzda ekish mumkin. 157 No’xat keng qatorlab, qator oralarini 45-60 sm qilib ekiladi. O’simliklar meyordagi qalinlikda bo’lishi uning bir gektar yerga 200 dan 300 mingtacha urug’ ekish kerak. Urug’i mayda yirikligiga qarab 3-5 dan 7–8 sm chuqurlikda ekiladi. Ekinlarni maysa chiqarishdan oldin va keyin boronalash va qator oralarini ikki marta ishlashdan iborat. Maysalashdan oldin qatorlar tishli, yengil yoki o’rtacha borona bilan ko’ndalangiga, maysalagandan keyin yengil borona bilan ishlanadi. Ekinlarni qator orasini ishlashda bargi bir oz so’liganda yaxshi natija beradi, ikki marta ishlov berish va chopiq qilish lozim. Ekinlar g’unchalaganda birinchi marta, gullaganda ikkinchi marta kultivasiya qilish kerak. No’xat yozning eng issiq davrida iyun va iyul oylarida pishadi, pishganda meva bandi va dukkaklari tez qurib qoladi. Tez o’rib yig’ib olinmasa hosilni ko’pi nobud bo’ladi. SHuning uchun hosilni eng qulay va qisqa muddatda yig’ib olish kerak. Maxsus jihozlangan SK-3, SK-5 markali kombaynda yig’iladi. past bo’yli va dukkagi pastda joylashgan o’simliklarni mexanizm yordamida yig’ishtirish qiyin bo’ladi. Don OS-1, OS-3 rusumli don tozalagich mashinalarida tozalanadi. Saralangan don yopiq, yaxshi shamollatiladigan xonalarga to’kib yoki qo’larda saqlanadi. Saqlashda namlik 12- 14% ortiq bo’lmasligi kerak. Soya o’simligi yem-xashak sifatida ishlatiladi. Donning tarkibida 30-52% oqsil, 17-27% moy, 20% karbon suvlari bo’ladi. Soyaning oqsili yuqori sifatli, suvda to’la eriydi, yaxshi hazm bo’ladi. Soyaning vatani - janubiy-sharqiy Osiyo, Xitoyda, Hindistonda, Koreya, Yaponiya, Indoneziyada ko’p tarqalgan. Yer yuzida don- dukkakli ekinlarning orasida birinchi o’rinni egallaydi va 73,8 mln.ga maydonga ekiladi. O’zbekistonda bu ekinga endi ehtibor berilmoqda. Yog’ ishlab chiqarilmoqda. 1998 yili 10 ming ga atrofida ekilgan. Takroriy ekin sifatida ekin maydoni kengaytiriladi. O’zbekiston sharoitida 1,5-4,0 t/ga hosil olinadi. Soya Fabaceae oilasiga, Glycine L. turkumiga mansubdir. Dehqonchilikda soyaning bitta madaniy turi ekiladi - Glycine his’ida Max. Madaniy turi 4-ta kenja turlarga bo’linadi: a) koreya turi - G.ss’ korajensis Enk. b) manchjuriya turi - G.ss’ manshurica Enk. v) xitoy turi – G.ss’ chinensis Enk. g) hind turi – G.ss’ indica Enk. Bu turlar o’suv davri, tupining shakli, dukkagini, bargini kattaligi, urug’ini shakli va kattaligi bo’yicha farq qiladi. Soya bahorgi o’simlik, o’suv davri 75-200 kun. Bu issiqsevar o’simlik, 8- 10°C unib chiqadi, foydali harorat yig’indisi 1700-3200°C. O’suv davrini boshlarida suvsizlikka chidaydi, ammo gullash va don to’lish davrida suvsizlikka bardosh berolmaydi. Soya yorug’sevar qisqa kun o’simligi, toza unumdor muhiti PH-6,5-7,0 bo’lgan tuproqlarga ekiladi. Navlar: Orzu, Do’stlik, O’zbekiston-2, O’zbekiston-6. Soya g’o’za, sholi, makkajo’xori, jo’xori, kanopdan bo’shagan yerlarga ekiladi. Yerni tayyorlashda haydash sifatiga ehtibor beriladi, haydash chuqurligi 22- 25 sm bo’ladi. Erta bahorda borona qilinadi va ekish vaqtigacha yerni yumshoq va 158 toza holatda bo’lishi uchun kul’tivatsiya yoki chizel ishlatiladi. O’g’itlashda gektariga 10-15 t go’ng, 100 kg fosfor va 50 kg kaliy o’g’iti solinadi. Ekishdan oldin 20-30 kg azot, ekish bilan bir vaqtda 10-15 kg N’K va o’suv davrida 30-50 kg fosfor solinadi. Soya aprel yoki iyun oylarida ekiladi, keng qatorlab, qator orasi 60-70 sm, o’simlik orasi 3-5 sm bo’ladi. Ekish meyori 350-500 ming dona urug’ yoki 60-100 kg/ga urug’ ekiladi. Ekish uchun urug’ saralanadi, bir tekis, toza, unuvchanligi davlat andozalariga javob berishi lozim. Ekishdan oldin urug’ga bakterial o’g’it bilan ishlov beriladi. Nitragin ishlatilsa ildizida bakteriyalar ko’p hosil bo’ladi. O’suv davrida qator orasiga ishlov beriladi, 3-5 marotaba sug’oriladi. Begona o’tlarga qarshi ekishdan oldin 1-1,5 kg/ga treflan qo’llanadi, maysalanish davrida 1,5-3 kg bazagran ishlatiladi. Kechpishar navlarida tez quritish uchun desikatsiya qilinadi, buning uchun 20 kg xlorat magniy ishlatiladi. Desikatsiya 45-55% dukak pishganda o’tkaziladi. Hosil don kombaynida yig’ib olinadi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling