O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Foydali o’simliklarning O’zbekistonda o’rganilishi


Download 2.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/124
Sana08.09.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1674281
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   124
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Foydali o’simliklarning O’zbekistonda o’rganilishi. Hozirgi kunda 
O’zbekiston florasida uchraydigan dorivor o’simliklardan 110 dan ortiq turlari, 
yahni 2,5% tibbiyotda har xil kasalliklarni davolashda keng qo’llanilmoqda, lekin 
respublikamiz hududida dori-darmonlik xusuciyatiga ega bo’lgan o’simliklarning 
1154 dan ko’proq turlari tarqalganligi to’g’risida (Q.H.Hojimatov va boshqalar, 
2004) ma’lumotlar berganlar. 
“O’zbekiston florasi” nomli 6 jildli asarda qayd qilinishicha, O’zbekistonda 
yovvoyi, madaniy o’simliklarning 146 oilaga mansub 4500 ga yaqin o’simlik turi 
bo’lib, ularning 577 turi dorivor shifobaxsh o’simliklar hisoblanadi. 
O’zbekiston florasi foydali shifobaxsh turlarga juda boy. Bunday turlarni 
ilmiy asoslab o’rganish bo’yicha olimlarimiz ko’plab ilmiy izlanish va tadqiqotlar 
olib bordilar va hozirda ham bu ishlar keng ko’lamda davom etmoqda.
A.S.Ginzberg, D.M.SHcherbachev, A.F.Gammerman va boshqa olimlarning 
dorivor o’simliklarni o’rganish sohasidagi xizmatlari katta bo’ldi. professor 
A.F.Gammerman farmakognoziya fanining asoschilaridan biridir. Uning 
«Farmakognoziya» darsligi 1978 yilgacha shu fanga oid yagona darslik bo’lgan va 
olti marta qayta nashr etildi.
professorlar F.A.Satsiperov, A.F.Gammerman va I.A.Muravevlar dorivor 
mahsulotlar sifatini yaxshilash sohasida katta xizmat qilishdi. Ular dorivor 
mahsulotlar uchun standartlar tuzdilar va tovarshunoslik analizi usullarini ishlab 
chiqdilar. 
O’zbekiston Respublikasining foydali o’simliklarini o’rganish, ularning 
zahirasini aniqlash, tayyorlash, o’stirish va xorijiy mamlakatlardan keltirilgan 
turlarini ekib ko’paytirish ishlari bilan Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent, 
Andijon, Samarqand, Buxoro tibbiyot va pedagogika, qishloq xo’jalik va boshqa 
institutlar, Toshkent, Samarqand va Nukus dorilfununlari hamda respublika Fanlar 
Akademiyasiga qarashli O’simlik moddalari kimyosi, Bioorganik, Botanika va 
boshqa ilmiy tekshirish institutlari hamda Botanika bog’ining tegishli kafedralari va 
laboratoriya xodimlari shug’ullanib kelmoqdalar. Bu borada O’zbekistonning 
quyidagi atoqli olimlarining xizmatlari salmoqlidir: S.Y.Yunusov, O.S.Sodiqov, 
Q.3.Zokirov, 
X.A.Abduazimov, 
P.X.Yo’ldoshev, 
N.Q.Abdubakirov, 
R.L.Xazanovich, A.Y.Butkov, I.I.Granitov, I.’.Sukervanik, A.A.Asqarov, 
I.Q.Komilov, N.S.Kelginbaev, M.B.Sultonov, A.G.Kurmukov, U.B.Zokirov, 
S.S.Azizova, F.S.Sadriddinov, P.K.Zokirov, S.S.Sahobiddinov, S.A.Hamidxo’jaev, 
T.P.Po’latova, A.Y.Ibragimov, X.M.Komilov va boshqalar. 
G’arbiy Tyan-SHan hududi florasida uchraydigan dorivor o’simliklarni 
o’rganish bo’yicha tadqiqotchi olimlardan A.Y.Butkov (1969), R.S.Vernik (1984), 
G.X.Hamidov (1987), O’.P.Pratov (1998, 2006), SH.Kamolov (1989), I.I.Malsev 
(1990), A.M.Maxmedov (1991), T.A.Umarov (1992), N.F. Rusanov (1993), 


22 
K.Tayjanov 
(1994), 
U.Raxmonqulov 
(1999), 
Q.Hojimatov 
(1999), 
F.Muxamedjanova (2002) va boshqalar ilmiy tadqiqotlar olib bordilar. 
Tadqiqotchi O.Q.Hojimatov G’arbiy Tyan-SHan florasida uchraydigan 
dorivor turlarni o’rganish va tadqiqot etish uchun 1990-2007 yillar davomida 
muntazam ravishda ilmiy izlanishlar olib bordi va o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida 
2008 yilda “G’arbiy Tyan-SHanning dorivor o’simliklari (O’zbekiston Respublikasi 
hududidagi)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Efir moylari tarkibini o’rganishda, tarkibida efir moyi bo’lgan o’simliklarni 
qidirib topishda hamda chet mamlakatlardan keltirilgan efir moyli o’simliklarni 
o’stirishda B.N.Rutovskiy, G.V.’igulevskiy, I.’.Sukervanik, N.G.Kiryalov, 
E.V.Vulf, V.I.Nilov, S.N.Kudryashov, M.I.Goryaev kabi olimlar va ularning 
shogirdlarining xizmati katta. 
1936 yildan boshlab Toshkent Davlat universitetining kimyo fakulg’tetida 
G.V.Lazurevskiy va O.S.Sodiqov O’zbekistonda yovvoyi holda o’sadigan alkaloidli 
o’simliklarni tekshira boshladilar.
1943 yilda S.Y.Yunusov boshchiligida O’zbekiston Fanlar akademiyasi 
kimyo instituti qoshida alkaloidlar laboratoriyasi tashkil etildi. Ko’p o’tmay bu 
laboratoriya mamlakatimizdagi alkaloidlarni o’rganuvchi eng yirik markazga 
aylandi. Bu yerda ko’pgina malakali mutaxassislar yetishib chiqdi. 1943—1976 
yillarda laboratoriya xodimlari tomonidan 160 tur o’simlik to’liq o’rganildi va 
ulardan 590 ta alkaloid ajratib olindi. SHulardan 295 tasi o’simliklardan birinchi 
marta ajratib olingan yangi alkaloiddir. 
1976 yilgacha sobiq Ittifoq bo’yicha 430 ta alkaloidning kimyoviy tuzilishi 
aniklangan bo’lsa, shundan 245 tasining tuzilishi S.Y.Yunusov rahbarligidagi 
laboratoriya xodimlari tomonidan tasdiqlangan. Hozir ham bu laboratoriyada ilmiy 
tadqikot ishlari qizg’in davom etmokda. 
Ilgarilari sabzavotchilik qishloq xo’jaligining tarmog’i bo’lgan bilan sabzavot 
turlari, navlari juda kam bo’lib, asosan mayda dehqon xo’jaliklarining tomorqa 
yerlarida jamlangan edi. Xo’jaliklarda hamma ishlar qo’lda bajarilar va mavsumiy 
ishchilarni ayovsiz ishlatishga asoslangandi. 
Xalq selektsiyasi asosida sabzavot-poliz ekinlarining ko’pgina qimmatli 
navlari yaratilgan bo’lsada, lekin urug’chiligi yaxshi rivojlanmagan edi.
Mamlakatimizda ilmiy sabzavotchilikning rivojlanishi A,.T.Bolotov, 
A.E.Grachev, R.I.SHreder, M.V.Ritov, N.I.Kichunov, S.I.Jegalov, N.I.Vavilov, 
V.I.Edelshteyn kabilarning nomlari bilan bog’liq.
O’zbekiston sabzavotchiligining rivojlanishida R.R.SHreder, K.I.Pangalo, 
N.N.Balashev, V.I.Zuev, V.N.Ermoxin, D.T.Abdukarimov katta hissa qo’shgan, 
qo’shmoqda. 
R.R.Shreder - taniqli olim va O’rta Osiyo dehqonchiligining bilimdoni, 
Turkiston qishloq xo’jalik tajriba stantsiyasiga (hozirgi R.R.SHreder nomidagi 
O’zbekiston Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI) boshchilik qilib, sabzavot 


23 
ekinlari navlarini va ularni o’stirishning mahalliy usullarini o’rganish borasida ko’p 
ishlarni amalga oshirgan. SHu bilan u O’rta Osiyo sabzavot ekinlari va kartoshka 
bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlariga asos solgan. 
Butunrossiya o’simlikshunos instituti (VIR) ning O’rta Osiyo filiali (hozirgi 
O’zbekiston o’simlikshunoslik instituti) da taniqli polizshunos olim K.I.Pangalo 
uzoq yillar ishlab, butun dunyo qovun navlarining kollektsiyasini (400 dan ortiq) 
toplagan va o’rgangan. U O’rta Osiyodagi poliz ekinlari navlarining birinchi 
klassifikatsiyasini ishlab chiqdi va ularning ilk bor tahrifini berdi. O’zbekiston 
sabzavotchiligi, polizchiligi va kartoshkachiligini dunyoga mashhur qilishda, uni 
zamonaviy asosda tashkil etishda, ilmiy mutaxassis-rahbarlar tayyorlashda yuqori 
hosil olish nazariy va amaliy usullarini ishlab chiqishda professorlar N.N.Balashev, 
V.I.Zuev, kartoshkaning tezpishar, yuqori hosilli, aynish va issiqqa chidamli, ikki 
hosil beradigan navlarini yaratish hamda viruslardan holi urug’chiligini tashkil 
etishda professor D.T.Abdukarimov xizmati diqqatga sazovordir. 
O’zbekiston mahalliy qovun-tarvuz va sabzavot ekinlarining navlarini 
yaxshilash, istiqbollarini tanlash va yaratish, ularni keng joriy etishda V.F.Bel-
Kuznetsova, P.N.Dudko, V.I.Zuev, V.A.Ermoxin, A.S.Hakimov, S.Quchqorov, 
A.Yusu’ov, 
A.Obidov, 
T.G.Muminov, 
Ye.V.Ermolova, 
A.S.SHukina, 
X.CH.Bo’riev, S.Mejidov, V.Berejnova, M.Aramov, R.A.Hakimov, R.S.Raximova 
kabilar katta ishlarni amalga oshirdi. 

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling