Kompyuterning tuzilishi
- komponentlarining tarkibi, ular orasida bajariladigan harakatlar
tartibi va tamoyillarini belgilab beruvchi muayyan model
Summator
- kirish qismiga kelayotgan ikkilik sonli kodlarni qo’shish amalini bajaruvchi
hisoblash sxemasi bo’lib, mashinaning ikkilangan so’ziga oid razryadlik darajasiga ega
Taymer (vakt hisoblagichi)
- vaqtning joriy fursatini avtomatik ravishda olinishini
ta’minlaydigan mashina ichidagi elektron soat. Ushbu hisoblagich elektr ta’minotining muxtor
manbasiga ulanib, kompyuter sanoat elektr tarmog’idan uzilgan holatda ham o’z ishini davom
ettiraveradi
Terminal
- hisoblash tizimi tarkibida yakuniy qurilma bo’lib, axborotni tizimga kiritish va
undan chiqarish uchun mo’ljallangan (misol uchun, insonning EHM bilan muloqoti mobaynida).
Terminal EHM bilan ma’lumotlarni uzatish kanallari orqali ulanadi. Terminal sifatida misol
uchun, displey yoki teletayp kabi qurilmalar qo’llaniladi.
Translyator
(informatikada
kapilyator
deb ataladi), masalani echish qoidalari yoki
amallari majmuini (algoritmini) dasturlash jarayonining bir tilidan boshqa tiliga, xususan
mashina tiliga tarjima qilish uchun mo’ljallangan EHM dasturi
Manzil shakllantiruvchi uzel
(MPning interfeys qismi ichida joylashgan) - komandalar
registri va mikroprotsessor xotirasi (MPX) registrlaridan kelayotgan rekvizitlar bo’yicha xotira
(registr) uyasining to’liq manzilini hisoblab chiqaradigan qurilma.
Nutqli axborotni kiritish-chiqarish qurilmalari
. Bunday qurilmalar jumlasiga raqamli
kodlarni kompyuterga ulangan dinamiklar yoki tovush kolonkalari orqali eshitiladigan harflar va
so’zlarga aylantiruvchi mikrofonli akustik tizimlar, shuningdek, turli tovush sintezatorlari kiradi.
Ko’rsatish kurilmalari (grafik manipulyatorlar)
kursorning ekran bo’ylab harakatini
boshqarish orqali grafik axborotni monitor ekraniga kiritish, shundan so’ng kursor
koordinatalarini kodlashtirib, kompyuterga kiritish uchun mo’ljallangan qurilmalar (misol uchun,
Do'stlaringiz bilan baham: |