23
Arxitekturaviy ashyolarni fizik-mexanik va kimyoviy hossalarini
Davlat standartlarida ko’zda tutilgan talablarga muvofiq aniqlash, natijalarni
taxlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi;
Arxitekturaviy ashyolarni ishlab chiqarish,
tarkibi va tuzilishini
muvofiqlashtirish tamoyillarini, arxitekturaviy masalalarini hal etishda bino
va inshootlarning xar bir
qismi uchun oqilona pardozbop, dekorativ ashyo
tanlashni bilishi va ulardan foydalana olishi lozim.
Olingan bilimlar asosida rangli pardozbop, dekorativ ashyolardan
ko’rgazmali ‘lakatlarni tayyorlash.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy
jihatdan uzviy ketma-ketligi
"Arxitektura ashyoshunosligi" fanni samarali o’zlashtirish
talabalarni
umumiy kimyo, fizika matematika va mexanika kabi fanlardan olgan bilim,
malaka oshirish va ko’nikmalarga asoslanadi. Ushbu fandan olgan bilimlari esa
rangli qurilish ashyolari va konstruktsiyalari,
qurilish texnologiyasi,
zilzilabardoshligi, zamin va ‘oydevorlar, arxitektura yodgorliklarini tahmirlash,
bino va inshootlarni loyihalash, ekologiya kabi fanlarni o’zlashtirish uchun
zamin bo’ladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Bino
va inshootlarni qurish, arxitekturaviy masalalarni hal etishda
arxitekturaviy ashyolarini axamiyati katta. Qurilish ishlaridagi xarajatlarni 60-
65% arxitekturaviy ashyolariga sarflanadi. SHu sababli arxitekturaviy
ashyolari ishlab chiqarishda mineral xom ashyolardan tejab-tergab foydalanish,
maxalliy sanoat chiqindilaridan ilg’or texnologiyalar
asosida samarali
pardozbop buyumlar va konstruktsiyalar tayyorlash dolzarb vazifalardan biri
bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: