O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi
Download 7.74 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilishda qo’llaniladigan me’yoriy xujjatlar
2. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi 3. Davlat ta’lim standartlari: Ta’lim yo’nalishlari: 5340500 – Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish 5340200 - Binolar va inshootlar qurilishi 5340400 –Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji 5110000- Kasb ta’limi (Muhandislik kommunikatsiya lari qurilishi va montaji) 4. O’zRST 767-97 Оxak va оxak aralashgan bоg’lоvchilar. Sinash usullari 5. O’zRST 768-97 Gips bоg’lоvchilar. Sinash usullari 6. O’zRST 305-97 TSementlar. Umumiy texnik shartlar 7. O’zRST 872-98 Betоnlar. Buzmasdan mustaxkamligini aniqlash usullari 8. O’zRST 22266-94 Sulfatga chidamli tsement. Texnik shartlar. 9. O’zRST 10060.3-95 Betоnlar. Sоvuqqa chidamlikni tezkоr tuzilish mexanik usuli bilan aniqlash. 10. O’zRST 762-96 Rangli pоrtlantsement Qurilishda qo’llaniladigan me’yoriy xujjatlar: Qurilishda qo’llaniladigan me’yoriy xujjatlar 277 Qurilish ashyolarini yuqori sifatini ta’minlash uchun bo’lajak mutaxassislar qurilishda qo’llaniladigan me’yoriy xujjatlarni bilishlari lozim Q u ri li sh d a qo ’l la n il ad ig an me ’y o ri y x u jj at la r Qurilish materiallari, buyumlarini sinflanishi Qurilish materiallari va buyumlarini standartlash Qurilish materiallariga oid Davlat standartlari Qurilish me’yorlari va qoidalari 278 20.MUALLIF HAQIDA MA’LUMOT Bahodir SHamsitdinovich Rizaev Bahodir Shamsitdinovich Rizaev 1952 yil 25 mayda Namangan shahrida xizmatchi oilasida tug’ilgan. 1958-1968 yillarda Namangan shahridagi 18-maktabda o’qib, uni oltin medalь bilan tamomlagan. 1968 yilda Toshkent Politexnika institutining qurilish fakulьtetiga o’qishga kirgan va shu institutni 1973 yilda muvaffaqiyatli tugatgan.O’z mehnat faoliyatini Namangan viloyati yo’l qurilish boshqarmasida boshlagan. 1973 yildan 1981 yilgacha shu boshqarmada katta muhandis, markaziy laboratoriya boshlig’i, ishlab chiqarish va texnika bo’lmi boshlig’i lavozimlarida ishladi. 1981 yili Toshkent Politexnika instituti Namangan filiali ( hozirgi NamMPI) rahbarligi B.SH.Rizaevni ishga taklif etdi. Institutda ishlash bilan bir vaqtda Toshkent Politexnika instituti aspiranturasining sirtqi bo’limida tahsil oldi. 1994 yilda “Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar “ mutaxassisligi bo’yicha “ Quruq issiq iqlim sharoitidagi nomarkaziy qisilgan temir-beton elementlarining mustahkamligi, deformatsiyasi, yoriqbardoshligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo’lgan. Uning rahbarligi ostida institut talabalari fanlar olimpiadalarini respublika bosqichlarida qurilish materiallari fanidan bir necha marta faxrli o’rinlarni olganlar. Qurilish va ishlab chiqarish korxonalari bilan uzviy hamkorlikda faoliyat olib boradi. Kafedra olimlari bilan birgalikda Kosonsoy qurilish materiallari kombinatining ohak tsexini qayta ta’mirlash bo’yicha muhim ilmiy ishlab chiqarish loyihasida ishtirok etdi. B.SH.Rizaev olimlik faoliyatida 100 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar, institut talabalari uchun “ Muxandislik geologiyasi “ nomli o’quv qo’llanmasini chop ettirgan. B.SH.Rizavning ko’p yillik samarali va halol mehnati hamda o’z mehnat vazifasiga bo’lgan sadoqati uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta–maxsus ta’lim vazirligi, institut rahbariyati tomonidan taqdirlangan. Hozirda “Qurilish materiallari , buyumlari va konstruktsiyalari ishlab chiqarish kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat ko’rsatib, “ Quruq issiq iqlim sharoitida temir-beton konstruktsiyalarning mustahkamligi va deformatsiyasi “ mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling