O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
Pokovkalarni sovitish va termik ishlash
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik-maruza-1585626618
2. Pokovkalarni sovitish va termik ishlash
Quymalarni boshlang’ich temperaturaga bog’liq holda pechda qizdirishdan oldin quyidagi to’rt guruxga bo’linadi: 1.Bolg’alash jarayoni amalga oshirish uchun qayta qizdirishga tushuvchi issiq quymalar va zagatovkalar ( quymalar (t pov = 700…800 0 S; t ts =900…1000 0 C;t sr =800 0 S, bu yerda: t pov - yuza temperaturasi, t ts -markazdagi temperatura va t sr -o’rtacha temperatura) 2.Issiq quymalar va zagatovkalar ((t pov =450…750 0 S; t ts =800…950 0 C;t sr =600…800 0 S) 3.Sovitilgan quymalar va zagatovkalar(t sr =300…600 0 S) 4. Sovuq quymalar(t sr <300 0 S) Yirik zagatovkalar va sovuq quymalar ikki etapda qizdiriladi.(2.5 rasm) Birinchi bosqichda fazalar o’zgarishi temperaturasigacha ya’ni t =700 0 S .Ushbu temperaturada po’latni plastikligi kamayyadi,temperatura gradienti esa maksimal xolatga yetadi. SHuning uchun birinchi bosqichni asta sekinlik bilan amalga oshiriladi. Temperatura t sr =800 0 S yetganda quymadagi kesimi yuzalaridagi temperaturani birxillashtirish maqsadida ma’lum vaqt (austenitga o’tish hisobiga fazalar o’zgarishi minimal temperatura gradientida sodir bo’ladi) ushlab turiladi. ikkinchi bosqich qizdirishda metall sirtida yoriqlar hosil bo’lmaydi. SHuning uchun qizdirishni kuyindi shakllanishini kamaytirish uchun maksimal tezlikda amalga oshirish mumkin. Issiq va qizdirilgan quyma va zagatovkalar maksimal tezlikda qizdiriladi. Ularni qizdirish ikkinchi bosqichda qizdirishga o’xshash bo’ladi. Quymalarni qizdirishda pechning ichki qismi bolg’alash temperaturasiga yaqin bo’lishi mumkin. Zagatovkalarni qizdirishni so’ngida ma’lum muddat temperaturada saqlanadi. Pechdan uglerodli va legirlangan zagatovkalarni olishni so’ngi temperaturasi 50…100 0 S, issiqbadosh po’latlar uchun esa 30..40 0 S ni tashkil etadi. Diametri uncha kata bo’lmagan (300-350 mm ) zagatovkalarni pech ichki temperaturasi 1300 0 S da 1200 0 S gacha qizdirishni N.N.Dobroxotov formulasi bo’yicha quyidagicha aniqlanadi: T=KDz Dз Bu yerda:T-qizdirish vaqti,soat; Dz- qizdirilayotgan zagatovkani diametri yoki kichik kesimi,m. -rasm.Qizdirish rejimi sxemasi 1-pech temperaturasi;2-quyma yuzalari temeraturasi;Ι-temperatura tushganda ushlash vaqti ;ΙΙ-asta sekin qizdirish;ΙΙΙ-800 0 S temperaturada saqlash vaqti;ΙV-Bolg’alashdan oldin qatlamlar temperaturasini birxillashtirish uchun ushlab turish vaqti;V- Bolg’alashdan oldin temperaturani birxillashtirish uchun ushlab turish vaqti;VΙ-qizdirishni 40% ;VΙΙ-qizdirishni 60%. Bolg’alash va prokatlangan zagtovkalar uchun K-emperik koefitsient quyidagicha olinadi.uglerodli va kam legirlangan po’latlar uchun K=12.5; yuqori legirlangan asbobsozlik po’latlar uchun K=25; sovuq uglerodli va kam legirlangan po’lat quymalar uchun K=20;o’rtacha legirlangan K=24;yuqor legirlangan po’latlar uchun 28…30 qabul qilinadi. Legirlangan po’latlarni qizdirishning birinchi bosqichini qizdirish vaqti T 1 =2/3T, ikkinchi bosqich uchun T 2 =1/3T ifodalar orqali aniqlanadi. Bu yerda: T 1 - 0 dan -850 0 S temperaturagacha qizdirish vaqti;(birinchi bosqich) T 2 - 850-1200 0 S temperaturagacha qizdirish vaqti (ikkinchi bosqich) Qizdirish vaqtini emperik formulasi quyidagicha olinadi. T=10D sl Bu yerda :T-qizdirish vaqti,soat. D sl -quyma diametri,m Yuqorida keltirilgan ifodalardan qizdirishning minimal vaqt miqdorini aniqlash mumkin.Ishlab chiqarish jarayonida jadval usulidan foydalaniladi. Uglerodli va asbobsozlik o’rtacha legirlangan po’latlar uchun qizdirishning vaqt miqdori 25…50,yuqori legirlangan po’latlar uchun 50…106 marta kattalashtiriladi.Qizdirish uchun minimal vaqt miqdorini aniqlashda metallni ximiyaviy xossalaridan tashqari zagatovka uzunligini ham e’tiborga olinadi. 2.6 rasmda pech temperaturasi 1300 0 S bo’lganda zagatovkani qizdirish vaqti materiali kam uglerodli po’latdan tayyorlangan zagatovkani diametri va qizdirish temperaturasiga bog’liqlik diagrammasi keltirilgan. 2.6-Rasm. Gaz yordamida qizdirishda qizdirish vaqtini zagatovka diametriga bog’liqlik grafigi(chetda zagatovka o’rta qimini temperaturasi ko’rsatilgan) Nazariy xisoblashlar va tajribalar ko’rsatishicha,diametri bo’yicha kichik o’lchamli zagatovkalarni pech ichki temperaturasi 1400 gardusda va katta tezlik bilan qizdirilganda termik kuchlanishi unchalik katta bo’lmaydi 300> Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling