Qizdirilayotgan metallni kuyishi va o’ta qizishi.
Agar metall yuqori kritik temperatura As
3
temperaturgacha qizdirilsa va
temperaturani oshirish yana davom ettirilsa,metallni tashkil etgan donalari o’sishiga olib
kelinadi. Metallni qizdirish temperraturasi qancha yuqori bo’lsa,tashkil etuvchi
donalarning o’sishi shuncha tez bo’ladi,ular shuncha yiriklashadi va qizdirish jarayoni
talab etilgan temperatura olinguncha shuncha uzovq vaqt davom etadi. donalari o’ta
yiriklashib ketgan metall o’ta qizdirilgan metall deb ataladi.
O’ta qizdirilgan metall bolg’alash jarayoni amalga oshirish vaqtida yorilib ketadi
va ayniqsa, quyma yoki zagatovkaning burchaklarida yoriqlar hosil bo’ladi,sinish
yuzasida juda yirik strukturaga ega bo’ladi. Metallning o’ta qizib ketishi temperatura va
qizdirilish vaqtiga bog’liqdir.
Agar pechlarning juda yuqori temperaturada qizdirilgan qismida metallni qizdirish
rejimidan ortiqcha vaqt saqlansa,ularni bolg’alashdan oldin o’ta qizdirish deyiladi va
ularga ishlov berish vaqtida yorilishlar hosil bo’ladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, As
3
chiziqdan yuqori temperaturada metallni
qizdirish mumkin, lekin pechda ushlab turish vaqti qisqa bo’lishi kerak. Agar qizdirilgan
metall pechdagi yuqori temperaturada uzoq vaqt ushlab turilsa,u kuyib ketishi mumkin.
Kuyish pechь gazlaridagi kislorod metall sirtidan uning ichiga kirib,metall donalari
chegarasining oksidlanishi va yirik donalar orasida hosil bo’lgan moddaning erib ketishi
oqibatida hosil bo’ladi. Natijada metall donalari orasida suyuq pardalar hosil bo’lib bu
donalar orasidagi bog’lanish buziladi va metall mustaxkam bo’lmay qoladi, oqibatda
zagatovkalarda yirik yoriqlar hosil, u bo’laklarga ajralib ketadi. Qizdirish yana davom
ettirilsa,zagatovkalarni ba’zi qismlari erishiga yoki yemirilishiga olib keladi.
Metalldagi kuyish asosan pechdagi gazlarning tarkibiga va yuqori temperaturada
qizdirilayotgan metallni pechda ushlab turish vaqtiga bog’liqdir. SHuni a’loxida ta’kidlash
kerakki, kuygan metallni avvalgi holatiga qaytarish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |