O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Geografiya» kafedrasi


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/45
Sana12.01.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1089654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Majmua Geo O`lkashunoslik B. Abduraxmonov

2. Kartografik manbaalar. 
 
Kartografik materiallar ham o’lka haqidagi asosiy bilimlar manbai 
hisoblanadi. Kartografik manbaalardan o’lka tabiati, xo’jaligi tarixi, madaniyati, 
san’ati haqida turli davrlarga oid ma’lumotlarni olish mumkin. 
O’lkaning ma’muriy tuzilishi haqidagi ma’lumotlarni O’zbekistonni va 
tegishli viloyatlarni ma’muriy xaritalaridan olish mumkin. Bunda turli davrlarda 
nashr qilingan ma’muriy xaritalarni taxlili asosida o’lka ma’muriy tuzilishini turli 
davrlarda o’rganish bosqichlarini ko’rishimiz mumkin. Masalan, ayrim yillari 
viloyatlar va tumanlar qo’shilib ketishi, ayrim ymllari ayrim tumanlar ikkiga 
bo’linib ketishi mumkin. 
O’lka yoki joyning yer yuzasini tuzilishini topografik xarita yordamida 
o’rganish mumkin. Topografik xaritalarda yirik mashtabda tekisliklar, botiqlar, 
balandliklar, tog’lar, vodiylar, ko’llar, daryolar, soylar, qishloqlar, ko’chalar aniq 
ko’rsatiladi. 
O’lkaning geologik tuzilishi va foydali qazilmalari haqidagi ma’lumotlarni 
geologik va foydali qazilmalar xaritalaridan olish mumkin. 1980 yillarda chiqqan 
O’zbekiston atlasida yoqilg’i-energetika, metali va nometall foydali qazilmalar 
alohida sahifalarda berilgan. Bundan tashqari viloyat xaritalarida ham foydali 
qazilma konlari berilgan bo’ladi. 
O’lka tabiiy resurslari haqidagi ma’lumotlarni ham ma’lum bir tabiiy 
resurslar aks etgan xaritalardan olish mumkin. Masalan. Yer resurslari, rekreatsiya 
resurslari va agroiqlim resurslari va x.k. 
O’lka iqlimi haqidagi ma’lumotlar iqlim xaritalaridan olinadi. Ular bir 
necha xaritalardan iborat bo’ladi: yozgi va qishki iqlim xaritalari. O’rtacha yillik 


harorat, atmosfera yog’inlari, bosimlar, shamollar va boshqa iqlimiy ko’rsatkichlar 
xaritalari. 
Har bir o’lka, tuman yoki joyning tuproq xaritasi tuproqlar haqidagi 
ma’lumotlar manbai hisoblanadi. Asosiy tuproq turlari tuproq xaritasidan
tuproqlarni sifat ko’rsatkichlari tuproq eroziyasi va tuproq banitrovkasi xaritasidan 
olinadi. 
O’lkaning o’simligi va hayvonot dunyosi va o’lka tabiatini muxofaza 
qilish, tegishli o’simlik, xayvonot va tabiatni muxofaza qilish xaritalaridan olinadi. 
Bunda Qizil kitobga kiritilgan o’simlik va hayvonot dunyosiga alohida e’tibor 
beriladi. 
O’lka aholisi haqidagi ma’lumotlar aholi, aholini joylanishi va zichligi 
xaritalaridan olinadi. 
O’lka xo’jaligi haqmidagi ma’lumotlar qator iqtisodiy xaritalardan olinadi: 
kompleks xaritalar, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va boshqa xaritalardan 
olinadi. 
O’lka tarixi turli xil turixiy voqealar, turli davrdagi siyosiy vaziyat va 
hozirgi siyosiy xaritalardan olinadi. Ular turli xil tarixiy va geografik atlaslarda o’z 
aksini topadi. 
O’lkadagi turistik komplekslar va dam olish joylari, tarixiy va madaniy 
yodgorliklar turistik xaritalarda berilgan bo’ladi. 
Savol va topshiriqlar: 
1. Xarita deganda nimani tushunasiz? 
2. Mavzuli xaritalar qanday bo’ladi? 
3. O’lka foydali qazilmalari haqidagi a’lumotlarni qanday kartografik 
manbaalardan olish mumkin? 
4. Iqtisodiy xaritalar o’lkani nimasini o’rganish uchun asosiy manbaa 
bo’lib hisoblanadi? 
5. Iqlimiy xaritalar orqali o’lkani qanday sharoitlarini o’rganish mumkin? 
6. O’lka tarixi, san’ati va madaniyatini qanday kartografik manbaalar 
asosida o’rganish mumkin? 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling