-ularning fasliy rivojlanish bosqichlari. O`t o`simliklarini
rivojlanishida
quyidagi fazalar ajratiladi: unishi; vegetativ xolati;
kurtaklanish; gullashi;
g’o`ralarni tugishi; pishishi; mevalarni va urug’larni to`kilishi; o`lishi.
7. O`simliklarning rangini aniqlash.
8. O`simliklarning xosildorligini aniqlash.
1m
2
maydondagi o`simliklar o`riladi,
ular tortiladi, so`ngra quritilib, yana
tortiladi. Xo`l va quruq o`simliklar og’irligi gektar xisobida aniqlanadi. SHu yo`l
bilan yaylov yoki pichanzor sifatida foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Amaliy mashg’ulot mavzusi:
Xayvonot dunyosini o`rganish
Xayvonot dunyosini o`rganish quyidagi tartibda
olib boriladi:
Topshiriqlar va yo’riqlar (instruktaj)
*xayvonning nomi (ilmiy va maxalliy);
*zoologik tavsifi(otryad, oila, tur);
*xayvonni tashqi ko`rinishini tavsifi;
*o`lkada tarqalish areali, boshqa
xayvonlar bilan munosabati, xayot sharoiti,
ovqatlanishi, ko`payishi, bolasining parvarishi, ko`chib yurishi;
*amaliy axamiyati
va turdan foydalanish, turlarni muxofaza qilish va sonini
tiklash masalalari.
Amaliy mashg’ulot mavzusi:
O`lka tabiatini muxofaza qilish tadbirlarini o`rganish
O`lka tabiatini muxofaza qilish tadbirlarini o`rganish quyidagi tartibda
olib boriladi:
Topshiriqlar va yo’riqlar (instruktaj)
1. Joydagi xo`jalikning asosiy tarmoqlari o`rganiladi.
Ularga qishloq xo`jalik korxonalari (fermer xo`jaliklari), suv xo`jaligi
inshoatlari (kanallar, suv omborlari va x.k.), sanoat va transport korxonalari kiradi.
Xar birini tabiatga bo`lgan ta`siri baxolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: