O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti «Himoyaga ruhsat etildi»


Bitiruv malakaviy ishning  metodologik asoslari


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana30.06.2020
Hajmi0.49 Mb.
#122373
1   2   3   4   5
Bog'liq
zamonaviy tarbiyachilar kasbiy kompetentligini shakllantirish (1)


Bitiruv malakaviy ishning  metodologik asoslari : 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  ta’lim-tarbiya  samaradorligini oshirishda doir fikrlari, O’zbekiston 

Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, 

O’zbekiston respublikasi Prezidentining nutq va ma’ruzalaridagi maktabgacha 

ta’limni rivojlantirish borasidagi fikrlari, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, psixologik 

va metodik adabiyotlar tadqiqotimiz uchun  metodologik asos bo’ldi. 

   Bitiruv mаlаkаviy ishining tuzilishi: Bitiruv mаlаkаviy ishi kirish, 2 bоb, 5 

pаrаgrаf, хulоsаlаr, аdаbiyotlаr ro’yхаtidаn tаshkil tоpgаn. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

12 

 

I.BОB.  ZAMONAVIY TARBIYACHILAR KASBIY KOMPETENTLIGINI 



SHAKLLANTIRISH MASALASINING ILMIY O’RGANILGANLIGI

 

1.1.  “Kаsbiy  kоmpеtеntlik”  tushunchаsi  vа  uning  pеdаgоgik  fаоliyatni 



rivojlantirishdаgi ahamiyati.

 

Xalqimizning kelajagi, O’zbekistonning istiqboli ko’p jihatdan tarbiyachiga  

uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni barkamol qilib voyaga 

yetkazish  va tarbiyalash ishiga  bo’lgan munosabatiga bog’liq.   



“Kompetentlik” tushunchasining mohiyati. Bozor munosabatlari sharoitida 

mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir 

mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib 

borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik 

negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o‘zida qanday kompetentlik sifatlarini 

yorita olishi zarur. Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh g‘oyalar yuzasidan so‘z 

yuritiladi. 

         Inglizcha   “competence” tushunchasi lug’aviy jihatdan bevosita“qobiliyat” 

ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali 

foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorini namoyon eta 

olish”ni yoritishga xizmat qiladi. 

“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari 

natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noan’anaviy 

vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga 

kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq 

vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil 

rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni 

anglatadi. 

 

 

 



 

 

 



 

Kasbiy


 

kompetentlik



  

– mutaxassis tomonidan  kasbiy faoliyatni   

Amalga oshrish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni ularni 

amalda yuqori darajada qo’llay olinishi.

 


13 

 

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning 



egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va 

harakatlarning  o‘zlashtirilishini  nazarda  tutadi.  Shuningdek,  kompetensiya 

mutaxassislik  bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, 

muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni 

qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi. 

Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi: 

 

 

 



 

 

 



Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis: 

 

 



 

 

 



 

 

 



Kasbiy kompetentlik negizida quyidagi sifatlar aks etadi: 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

- murakkab jarayonlarda; 

- noaniq vazifalarni bajarishda

- bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda; 

- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo’la olishda.

 

-  o’z bilimlarini izchil boyitib boradi; 



-  yangi axborotlarni o’zlashtiradi; 

-  davr talablarini chuqur anglaydi; 

-  yangi bilimlarni izlab topadi; 

ularni qayta ishlaydi va o’z amaliy faoliyatida samarali qo’llaydi.

 

Sifatlar 

Ijtimoiy 

kompetentlik

 

Shaxsiy 



kompetentlik

 

Texnologik 



kompetentlik

 

Maxsus 



kompetentlik

 

компетентлик  



1-rasm. Kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlar.  

 

Ektremal



 

psixologik 

kompetentlik

metodik



kreativ


innovatsion

kommunikativ



 

 


14 

 

Quyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati qisqacha 



yoritiladi. 

1.  Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, 

malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan muloqotga kirisha olish. 



2.  Maxsus  kompetentlik  –  kasbiy-pedagogik  faoliyatni tashkil etishga 

tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini 

real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik 

negizida  psixologik,  metodik,  informatsion,  kreativ,  

innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida 

quyidagi mazmunni ifodalaydi: 



1)  psixologik kompetentlik – pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik 

muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan 

ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida 

anglay olish va bartaraf eta olish; 



2)  metodik kompetentlik – pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona 

tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va 

vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, 

vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;  



3)  informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, 

foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, 

o‘rinli, samarali foydalanish; 

4)   kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy 

yondashish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish; 



5)  innovatsion kompetentlik – pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim 

sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi 

g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish; 

6)  kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, 

jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga 

ijobiy ta’sir ko‘rsata olish. 


15 

 

3.  Shaxsiy kompetentlik  –  izchil  ravishda  kasbiy  o‘sishga  erishish,  

malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini 

namoyon qilish. 



4.  Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or 

texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan 

foydalana olish. 

5.  Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik 

jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul 

qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik. 

Pedagog olimlarning ishlarida kompetentlikni pedagogik nuqtai nazardan 

yanada kengroq va sinchiklab o‘rganish imkonini beradigan turli jihatlari va 

tarkibiy qismlari ajratib olingan va o‘rganib chiqilgan.  

S.E. Shishov tomonidan kompetentlikning quyidagi ta’riflari keltirilgan: 

 -o‘qish o‘rganish tufayli egallangan bilimlar, tajriba, qadriyatlar va 

moyilliklarga asoslangan umumiy layoqatlilik; 

 bilim va vaziyatlar o‘rtasidagi aloqani o‘rnata bilish qobiliyati, muammoga 

mos keladigan hal etish yo‘lini topish (kompetentlik deb aytish uchun birorbir 

vaziyatda namoyon etiladigan taqdirdagina joiz bo‘ladi, namoyon etilmagan 

kompetentlik – kompetentlik emas, yashirin imkoniyatlar bo‘lib qolsa ham katta 

gap). 


L.M. Dolgova, P.V. Simonov va boshqalarning fikricha,  kompetentlik − 

olingan bilimlarga asoslangan holda harakat qila olishlik demakdir. Namunalarga 

o‘xshash harakatlarni ko‘zda tutadigan “bilim, ko‘nikma va malakalardan” farqli 

o‘laroq, kompetentlik universal bilimlarga asoslangan holda mustaqil faoliyat 

tajribasini nazarda tutadi. “Kompetentlik – ijtimoiy amaliyot ko‘rinishidagi bilim 

va ko‘nikmalarning mavjudligi bo‘lib, u ta’lim jarayoni natijalariga ijtimoiy-

madaniy talablar va jamiyat tomonidan talablar qo‘yiladigan hollarda namoyon 

bo‘ladi”, − deb ta’kidlaydi L.M. Dolgova.  

V.V. Bashevning ta’kidlashicha, kompetentliklar – insonning individual 

qobiliyati bo‘lib, ular shartsharoitlar o‘zgargan paytda ushbu qobiliyatning boshqa 



16 

 

shartsharoitlarga ko‘cha olishida namoyon bo‘ladi. Qo‘llash sohalari ularning 



maxsusligi va aniqligini belgilaydi (matematik, tillar bo‘yicha, siyosiy va boshqa 

kompetentliklar). Jamiyatni o‘rganish sohasida samarali faoliyat ko‘rsatuvchi 

odam quyidagilarga qodir bo‘lishi kerak, ya’ni kompetentli odam: 

1) o‘zi tushib qolgan vaziyatni tadqiq eta olishi; 

2) boshqa odamlar bilan muloqot o‘rnata olishi; 

3) qarorlar qabul qila olishi; 

4) qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha individual va jamoaviy 

harakatlarni tashkillashtira olishi; 

5) faoliyatning yangi usullarini egallay olishi. 

Shunday qilib, kompetentlikni layoqatlilik, tayyorlik, imkoniyatga egalik va 

shu bilan birga, ma’lim bir harakatlar natijasi sifatida talqin etish mumkin. 

Boshqacha qilib aytganda, kompetentlik – faoliyatga doir kategoriya bo‘lib, 

sub’ektning qo‘yilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan kasbiy, ijtimoiy va boshqa 

faoliyati jarayonida namoyon bo‘ladi.  

Kompetentlik – individning umuman  jamiyatda va xususan kasbiy sohasida 

muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi uchun zarur bo‘lgan, atrofidagi ob’ektlar va 

sub’ektlar bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha ma’lum bir malakalari va kasbiy 

tajribalari shakllanganligining muayyan darajasi demakdir. 

N.G.  Vigotkovskiyning  ta’riflashicha,  kompetentlik  −  qo‘yilgan 

muammolarni hal etishga qaratilgan insonning ichki (bilim, ko‘nikma va 

malakalari, ma’naviy sifatlari, psixologik xususiyatlari) va tashqi (moddiytexnik, 

ijtimoiy) imkoniyatlarini  safarbar qila olishga qodirligidir.  

Psixologik nuqtainazardan, A.K. Markovaning fikricha, kompetentlik – 

muayyan insonning xarakteristikasi, ya’ni kasbiy talablarga munosibligi darajasi 

bo‘yicha  insonning individual xarakteristikasi demakdir

.  


N.A.Muslimov  o‘zining  tadqiqot  ishlarida  o‘qituvchining  kasbiy 

kompetentligini shakllanganlik asosini oltita sifatlar, ya’ni motivatsion xislatlar 

(insonning butun hayoti davomida shakllanib, rivojlanib boruvchi tanlagan kasbiga 

bo‘lgan ehtiyojlari, motivlari va maqsadlarni  qamrab oladi), intellektual salohiyat 



17 

 

(barcha rasmiy hujjatlar asosida o‘qituvchi axborot va ma’lumotlarni uzatishga, 



bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga intiladi), irodaviy sifatlar 

(maqsadga intiluvchanlik, ichki va tashqi to‘siqlarni, jismoniy va aqliy 

zo‘riqishlarni enga olishlik, o‘zini tuta bilishlik va tashabbuskorlik xislatlari), 

amaliy ko‘nikmalar (psixologik, pedagogik,  metodik va texnik-texnologik 

qobiliyatlar, amallar, individning faoliyat va muloqotning turli sohalaridagi 

ko‘nikmalari), hissiy sifatlar (o‘z hissiyotlarini boshqarishning zaruriy malakalarini 

shakllantirishi, o‘zining aniq hislari (qahr, g‘azab, bezovtalik, arazlash, hasad, 

hamdardlik,  uyalish,  mag‘rurlik,  qo‘rqish,  ko‘ngilchanlik,  muhabbat  va 

boshqalar)ni boshqarishi hamda o‘z hissiy holatlarini va ularni keltirib chiqaruvchi 

sabablarni tushunishi) hamda o‘z–o‘zini boshqara olish (maqsadlarni va ularga 

erishish vositalarini tanlashdagi erkinlik, vijdonlilik, o‘z faoliyatiga tanqidiy 

yondoshuv,  harakatlarning keng qamrovliligi va anglanganligi, o‘z xulqini 

boshqalarniki bilan qiyoslab borishi, kelajakka ishonchi, o‘z jismoniy va 

psixologik holatini talab darajasida tutib turishi va boshqara olishi) sifatlari tashkil 

etishini ta’kidlab o‘tadi. 

Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning 

o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Ana shunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova va 

B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin.  

O‘z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagi 

tarkibiy asoslardan iborat ekanligi aytiladi: 

 

O‘zbekiston sharoitida ham pedagogga xos kasbiy kompetentlik, uning 



o‘ziga xos jihatlari o‘ranilgan bo‘lib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib 

borilgan tadqiqot o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko‘ra 

pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil 

etadi:  


Kasbiy (shu jumladan, pedagogik) kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida 

ishlash  va  o‘z-o‘zini rivojlantirish  muhim  ahamiyatga  ega.  O‘z-o‘zini 

rivojlantirish  vazifalari  o‘zini o‘zi tahlil qilish  va  o‘zini o‘zi baholash orqali 

aniqlanadi. 


18 

 

 



 

 

 

O‘z ustida ishlash quyidagilarda ko‘rinadi: 

- kasbiy BKMni takomillashtirib borish; 

- faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish; 

- kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish; 

- ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish; 

- salbiy odatlarni bartaraf etib borish; 

- ijobiy sifatlarni o‘zlashtirish. 

Pedagogning o‘z ustida ishlashi bir necha bosqichda kechadi. Ular: 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Pedagogning mutaxassis sifatida: 

- aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish; 

- pedagogik jarayon samaradorligini, o‘zining ishchanlik faolligini oshirish;  

- izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish; 

- ilg‘or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo‘lish; 

- faoliyatiga fan-texnikaning so‘nggi yangiliklarini samarali tadbiq etish; 

- kasbiy ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish; 

- salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash 

yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi.  



O‘z ustida ishlash 

-   


Bos

qichlar 





O’z faoliyatini tahlil qilish asosida yutuq va kamchiliklarini aniqlash. 

Yutuqlarini boyitish va kamchiliklarini bartaraf etish. 

юзасидан аниқ қарорга келиш 

Ushbu qaror bo’yicha amaliy  harakatlarni samarali tashkil etish yo’llarini 

izlash.

 

Xato va kamchiliklarni takrorlamaslikka intilish. 



Qabul qilingan qarorning izchil bajarilishini doimiy nazorat qilib boorish.

 

Pedagogning o’z ustida ishlash bosqichlari.

 


19 

 

Tarbiyachilarning o‘z o’stilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga 



loyihali yondasha olishlari qo‘l keladi. Ularning loyihali yondashuv asosida 

quyidagi modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir. Modelda o‘z ustida 

ishlash bosqichlari va har bir bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar qayd etiladi. 

Har bir bosqich uchun belgilangan vazifalarning samarali hal etilishi navbatdagi 

bosqichga o‘tish imkonini beradi. Ma’lum bosqich vazifalari hal etilgach, 

tarbiyachi bu holatni alohida bandda qayd etadi (1-jadval):  



1-jadval. Pedagogning o‘z ustida ishlash modeli 

 

Bosqichlar



 

Ularda amalga oshiriladigan vazifalar

 

Qaydlar


 

1-bosqich

 

 

 



2-bosqich

 

 



 

3-bosqich

 

 

 



4-bosqich

 

 



 

5-bosqich

 

 

 



 

    Pedagogik faoliyat o’z mohiyatiga ko’ra ijodiy xarakterga ega. Ma`lumki, inson 

oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug’iladi. Tarbiyachilik 

faoliyati ana shunday xususiyatga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati 

pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan bog’liq. Pedagogik faoliyat 

kishi shaxsini, uning dunyoqarashi, e`tiqodi, ongi, xulq- atvorini shakllantirishdek 

umumiy maqsadga bo’ysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni yechish 

jaroyondir. Tarbiyachi faoliyatidagi ijodkorlik ana shu masalalarni echish 

usularida, ularni hal qila olish yo’llarini qidira topa bilishlarida ifodalanadi. 

  

Pеdаgоgik ijоdkоrlikning mаnbаi – bu kоmpеtеntlikdir.  



 

Kоmpеtеntlik tarbiyachining mаvzuni mаzmun jihаtdаn to’lа o’zlаshtirish, 

tarbiyachilаrning  o’rgаnish, mustаhkаmlаsh, qаytаrish hаmdа mustаqil ish uchun 

mаtеriаlni tаnlаshidа, o’zining dunyoqаrаshini kеngаytirish uchun o’zlаshtriаdigаn 

bilimlаr nеgizidа hаm nаmоyon bo’lаdi. 

   


“Kоmpеtеntsiya”    tushunchаsi lоtinchа “competere” so’zidаn оlingаn  

bo’lib, lоyiq, mоs kеlmоq dеgаn mа’nоlаrni аnglаtаdi. Kеng mа’nоdа 

kоmpеtеntsiya mаsаlаning, shuningdеk, muаyyan bilim sоhаsining mоhiyatini 


20 

 

muvаfаqqiyatli hаl etishdа  аmаliy tаjribаgа  аsоslаnib, bilim vа ko’nikmаlаrni 



qo’llаy оlish qоbiliyatidir. 

   


Kаsbiy kоmpеtеntsiya – kаsbiy fаоliyatgа  оid mаsаlаlаrni аmаliy tаjribа, 

bilim vа ko’nikmаgа tаyanib muvаfаqqiyatli hаl etа  оlishgа qаrаtilgаn fаоliyat. 

Sоddа qilib аytgаndа, kоmpеtеntsiya – zаrur (ko’zlаngаn) nаtijаgа erishish uchun 

аmаlgа оshirilаdigаn fаоliyat. 

  

Tushunchа  vа tаsаvvurlаr shаklidаgi  insоnning bilish fаоliyatining 



tuzilmаsidаn fаrqli o’lаrоq, kоmpеtеntsiya fаоliyat jаrаyonidа nаmоyon bo’lаdi vа 

аniqlаnаdi. Аmаldа kоmpеtеntlik – bilim mаhsuli bo’lib, аmаliyotdа qo’llаy bilish 

qоbiliyatidir. Shuningdеk, kоmpеtеntsiya, bilimdаn fаrqli , аmаliy fаоliyatsiz 

nаmоyon bo’lmаydi vа uni bаhоlаy оlish mumkin emаs. 

       Kоmpеtеntlikning аsоsiy mеzоni ( kritеriya ) turli hоlаtlаrdа, shu bilаn birgа 

аsаbiy vаziyatlаrdа hаm, o’zini tutа bilishning nаmоyon bo’lishidir. Uning 

tаsоdifiy muvаfаqqiyatli qo’llаnishi hisоbgа kirmаydi. 

   


 Yanа  bir  bоr  tа’kidlаsh jоizki,  ”kоmpеtеntlik”  vа  “kоmpеtеntsiya” 

o’zgаruvchаn vаziyat vа hоlаtlаrdа bаrqаrоr nаtijаgа erishishdir. Shuningdеk, 

kоmpitеntsiya bilimdаn fаrqli vаziyatgа bоg’liq emаs. 

  

 Kоmpеtеntsiyaning аsоsiy”( “klyuchеv’е” ) аtаmаsi- jаmiyatdаgi insоn 



fаоliyati muvаffаqiyati uchun аsоs, kаlit ekаnligini tа’kidlаydi. Mаshhur dialektik 

оlim  А.I.Хutоrskiy  ” Klyuchеv’yе kоmpеtеntsi kаk kоmpоnеnt lichnоstnо-

оriеntirоvаnnоy pаrаdigm’  оbrаzоvаniya ” («Аsоsiy kоmpеtеntsiyalаr tа’limning 

shахsgа yo’nаltirilgаn kоmpоnеnti sifаtidа») аsаridа quyidаgi kоmpеtеntsiya 

turlаrini tаklif qilаdi: 

-milliy qаdriyatgа yo’nаltirilgаn; 

-umummilliy qаdriyatlаrgа qаrаtilgаn; 

-o’qish-bilim оlishgа qаrаtilgаn; 

-infоrmаtsiоn; 

-mulоqоt ( kоmmunikаtsiya ); 

-ijtimоiy mеhnаtgа qаrаtilgаn; 

     Kоmpеtеntlikning аsоsiy tа’limiy mаjmuаsigа: 



21 

 

·  turli ахbоrоt mаnbаlаrini o’zlаshtirish usullаrigа  аsоslаngаn mustаqil 



bilim оlish sоhаsidаgi kоmpеtеntlik; 

·  ijtimоiy – fuqаrоlik fаоliyatigа  оid kоmpеtеntlik (fuqаrоlik-sаylоvchi, 

istе’mоlchi kаbi burchlаrni bаjаrish); 

·  ijtimоiy mеhnаt fаоliyati bоrаsidаgi kоmpеtеntlik (mеhnаt bоzоridаgi 

vаziyatni tаhlil qilа оlish, o’zining kаsbiy imkоniyatlаrini bаhоlаy оlish, 

ish jаrаyonidаgi o’zаrо munоsаbаtlаrdа mе’yor vа etikаgа riоya qilish, 

o’zini bоshqаrа оlish); 

·  mаishiy sоhаdаgi kоmpеtеntlik ( o’z  sоg’ligi, оilаviy shаrоit аspеktlаri 

hаm kirаdi ); 

·  mаdаniy hоrdiq fаоliyatidаgi kоmpеtеntlik ( bo’sh vаqtlаrini tаshkil qilа 

оlish vа o’tkаzish hаm shungа оid ). 

    Tа’limdа  kоmpеtеntlik bilаn   yondаshuv 

tarbiyalanuvchilarni  turli 

ko’nikmаlаrni egаllаsh, kеlаjаkdа ijtimоiy, kаsbiy vа shахsiy hаyotlаridа 

sаmаrаli hаrаkаt qilishgа yo’nаltirаdi. 

     


Tarbiyachining vаzifаsi –  mustаqil qаrоr qаbul qilish, mаsаlа  еchimining 

yangichа usullаrini tоpish, оlingаn nаtijаgа mustаqil bаhо bеrish kаbi 

vаziyatlаrdа sаmаrаgа erishish qоbiliyatini rivоjlаntirish. 

Bo’lаjаk tarbiyachilаrni tаyyorlаsh jаrаyonidа bаrchа mаshg’ulоtlаrdа 

qo’llаnilаdigаn  аsоsiy  kоmpеtеntsiyalаrni  shаkllаntirish  hаmdа 

rivоjlаntirishning tipik  

( kеng tаrqаlgаn) mеtоdlаri : 

-  bolalаrning аvvаlgi tаjribаlаrigа murоjааt qilish; 

-  muаmmоli tоpshiriqlar asosida  mashg’ulotlarni tashkil etish vа vаziyatlаrni 

muhоkаmа qilish hаmdа qаrоr qаbul qilish

Tаdbirkоrlik vа rоlli o’yinlаr, mаshg’ulоtlаr; 

Lоyihаviy  fаоliyat : hаyotiy vаziyatlаrgа bоg’liq tаdqiqоtchilik, ijоdiy, rоlli 

fаоliyatlаr, аmаliyotgа yo’nаltirilgаn ( kichik) mini-lоyihа vа lоyihаlаr. 

     


Shuni esdа  tutish  lоzimki,  mахsus  qo’shimchаlаr  (  o’z-o’zini  bаhоlаsh, 

guruh  mаqsаdini tаhmin qilish) bilаn tа’minlаnmаgаn bа’zi shаkl vа mеtоdlаr 



22 

 

аsоsiy  kоmpеtеntsiyalаrni  rivоjlаntirishgа  ko’mаklаshmаydi.  Mаsаlаn: 



o’qituvchi mоnоlоgi, оmmаviy – yakkа tаrtibdа (frоntаl-individuаl) so’rоv 

o’tkаzish, аn’аnаviy shаkldаgi nаzоrаt, vidеоfilьm  nаmоyishi, tarbiyachi 

tоmоnidаn  bеrilgаn mustаqil ish. 

      Zаmоnаviy pеdаgоg tarbiyachilаrni mustаqil, rеjаli ishlаshgа, o’zining vа 

o’zgаlаrning vаqtini оqilоnа tаqsimlаshgа,  ахbоrоtnоmа( sprаvоchnik) vа 

qo’shimchа  аdаbiyotlаr bilаn ishlаshgа, tеzis vа rеfеrаtlаr yozishgа o’rgаtishi 

lоzim.  

  Tarbiyachi  umumpеdаgоgik  mаhоrаtni  prоfеssiоnаl  tаrzdа  egаllаgаn 

bo’lishi: 

- rеаl  mаvjud ijtimоiy  psiхоlоgik hоdisаlаr  hоlаtini,  ulаrning pаydо bo’lish vа 

rivоjlаnish sаbаbаlаrini,  shаrt-shаrоitlаri vа  хаrаktеrini tаhlil  qilа  bilishi vа 

bаhоlаy  оlishi; 

-  tarbiyalanuvchilarning  bilimdоnligi vа tаrbiya оlgаnligi  dаrаjаsini  аniqlаy 

bilishi; 

-  shахs  vа jаmоа rivоjlаnishini  rеjаlаshtirа  bilishi; 

- tа’lim vа tаrbiyaning nаtijаlаrini o’quvchilаrning duch kеlishi mumkin bo’lgаn  

qiyinchiliklаr vа yo’l qo’yishi mumkin  bo’lgаn хаtоlаrni  оldindаn ko’rа  bilishi; 

- kоnkrеt  pеdаgоgik  vаzifаni аjrаtib оlа bilishi vа аniq ifоdаlаy оlishi,  uni  hаl  

etish shаrtlаrini bеlgilаy  оlishi; 

- o’quv mаshg’ulоtlаri vа mashg’ulotdan  tаshqаri fаоliyatigа rаhbаrlik qilish 

yuzаsidаn o’z ishini rеjаlаshtirа оlishi; 

- ta’lim va tаrbiya ishi mеtоdlаri, vоsitаlаri, tаshkiliy shаkllаrini аsоsli tаrzdа 

tаnlаy bilishi; 

- rеjаlаshtirilgаn  tа’sir tizimigа nisbаtаn bolalar  tоmоnidаn  jаvоb tаriqаsidаgi  

munоsаbаtning хаrаktеrini  оldindаn  ko’rа  bilishi; 

- ta’lim va tаrbiya  mаtеriаlini  tа’lim vа tаrbiya  mаqsаdlаrigа  muvоfiq tаrzdа, 

bolalarining maktab ta’limiga tayyorgarligini vа tаrbiyalаnuvchi dаrаjаsini hisоbgа 

оlgаn  hоldа  tаnlаb, tаhlil  vа sintеz  qilа bilishi; 



23 

 

-  mashg’ulotlarga puxta tayyorgarlik ko’rishi va  ijodiy yondasha olishi va   



didаktik jihаtdаn  аylаntirа  оlish; 

- mashg’ulotni   tаshkiliy vа pеdаgоgik  mаntiqiy-psiхоlоgik  jihаtdаn  ijоdiy vа  

аsоsli tаrzdа  qo’llаnа  bilish; 

- bolalarni  fаоliyati  hаr хil turlаrini mаvjud pеdаgоgik imkоniyatlаrini  аniqlаb

hаrаkаtgа  kеltirа  оlishi; 

- аlоhidа bola vа jаmоа uchun tоpshiriqlаrni pеdаgоgik jihаtdаn mаqsаdgа 

muvоfiq tаrzdа bеlgilаy оlishi vа ulаr mаntiqini ilgаri surilаyotgаn  tаrbiyaviy  

mаqsаdlаrgа  mоslаngаn  hоldа  o’zgаrtirа  bilishi; 

- bolalarning hаrаkаti strukturаsini vа ulаr  fаоliyatigа pеdаgоglаr rаhbаrligini  

rеjаlаshtirа  оlish; 

- tа’lim vа tаrbiya mеtоdlаrini pеdаgоgik jihаtdаn mаqsаdgа muvоfiq tаrzdа  

qo’llаnа  bilishi; 

- bolalаrni  хulq-аtvоri,  intizоmi vа  fаоlligini idоrа  qilа  bilishi; 

- tаshqi  ko’rinishi vа qilmishlаrigа  qаrаb bоlаlаrning  psiхik hоlаtidаgi 

o’zgаrishlаrni аniqlаy bilishi, ulаr хulq-аtvоrini kоnkrеt hаyotiy vаziyatlаrdаgi  

хususiyatlаrini  tushunib  еtishi vа  izоhlаb  bеrа  оlishi; 

- o’zini  hаyolаn  tаrbiyalаnuvchilаr o’rnigа  qo’yib  ko’rа  bilishi; 

-  bolalаrni    ergаshtirа    оlishi,  ulаrni    ijtimоiy    jihаtdаn    qimmаtgа  egа    bo’lgаn    

yangi istiqbоllаrgа  qiziqtirа  bilishi; 

- bolalаrning  umumiy vаzifаni  bаjаrishi uchun  guruhlаrgа  аjrаtish chоg’idа  

ulаrni o’zаrо munоsаbаtlаrini, shахsiy mаylligi vа  хushlаmаsligini   inоbаtgа  

оlishi; 


- o’quv-tаrbiya ishidа qo’llаnilаyotgаn mеtоdlаr, vоsitаlаr vа tаshkiliy shаkllаrning 

bir-birigа sоlishtirilgаn hоldа sаmаrаdоrligini аniqlаy bilishi; 

- prоfеssiоnаl pеdаgоgik fаоliyatdаgi yutuqlаr vа kаmchiliklаrning tаbiаtini tаhlil 

qilа bilishi; 

- o’z tаjribаsini tаhlil qilib, umumlаshtirа bilishi; 

- o’z tаjribаsini pеdаgоgikа nаzаriyasi bilаn tаqqоslаb ko’rishi, o’z оldigа tаdqiqiy 

vаzifаlаrni qo’ygаn hоldа tеgishli mеtоdikаni qo’llаy bilishi; 


24 

 

- erishilgаn nаtijаlаrni tаhlil qilish nеgizidа nаvbаtdаgi pеdаgоgik vаzifаlаrni ilgаri 



surishi vа аsоslаb bеrishi kеrаk. 

Pedagogik mahoratni tarbiyalashning ilmiy – nazariy asoslari yana bir rus 

pedagogi V.A Slastyonin tomonidan tadqiq qilingan. Kasbiy – pedagogik 

tayyorgarlik jarayonida o‘qituvchining shaxsi va kasbiy shakllanishi yo‘nalishidagi 

ilmiy maqolalarida V.A. Slastyonin pedagogik mahorat to‘g‘risida so‘z yuritib, 

shunday yozadi: - “Pedagog muntazam ravishda pedagogik nazariyalarga 

tayansagina,  pedagoglik  mahoratini egallaydi. Chunki, pedagogik amaliyot 

doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat qilishni taqozo etadi. Birinchidan, 

ilmiy nazariyalar – taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini, tamoyillarini, 

qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilimlardir. Amaliyot bo‘lsa, doimo aniq vaziyatga 

asoslanadi. Ikkinchidan, pedagogik faoliyat – falsafa, pedagogika, psixologiyaga 

oid bilimlar sinteziga asoslanuvchi yaxlit jarayondir. Bu bilimlar sintezisiz 

pedagogik amaliyotni maqsadli qurish juda mushkul”

2

. Demak, pedagogik mahorat 



egasi bo‘lib, pedagogik amaliyotni to‘g‘ri va maqsadli tashkil qilish uchun ilmiy – 

nazariy ma’lumotlarga ega bo‘lish talab qilinar ekan, o‘qituvchi doimo uni qo‘lga 

kiritishga harakat qilmog‘i  darkor.  

Pedagogik mahoratning ilmiy – nazariy asoslarini o‘qituvchilar malakasini 

oshirish tizimida tadqiq qilgan pedagog K. Zaripov, kasbiy pedagogik mahoratning 

mazmunini “Ilg‘or pedagog”, “Ijodkor o‘qituvchi”, “Novator pedagog” kesimida 

ko‘rib chiqadi va ularning mazmun-mohiyatini shunday ta’riflaydi. “Ilg‘or 

pedagog” avvalo boshqa tarbiyachilarga qaraganda o‘z ishiga ma’suliyat bilan 

qaraydi. Shu sohadagi ijobiy tajribalarni o‘rganib, o‘z darslarida, ta’lim 

muassasasidan va guruhdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda qo‘llaydi. Shu orqali u 

o‘qituvchilarning ta’lim va tarbiyasida muayyan yutuqlarni qo‘lga kiritadi.  

“Novator tarbiyachi”, bizningcha, o‘zining yaxlit pedagogik vosita va usullari 

mavjudligi bilan farqlanib turadi. Shu bilan birga novator tarbiyachilarda ilmiy 

tahlil, o‘ziga tanqidiy ko‘z bilan qaray bilish xususiyatlari ham bo‘ladi. Ularning 

                                                

2

 Педагогика: Учеб. пособие для студентов пед. институтов/Под ред. Ю.К. Бабанского. – М: Просвещение, 



1983, 600-бет.  

25 

 

ko‘pchiligida g‘oyat murakkab, boshqalar o‘ziga ishonmaydigan sharoitlarda ham 



o‘z ishlarining to‘g‘ri ekanligiga ishonch bo‘ladi.  

“Ijodkor tarbiyachi”da ham “Ilg‘or tarbiyachi”dagi xususiyatlar bo‘lishi 

mumkin. Ularning jiddiy farqi shundaki, ilg‘or pedagog mavjud manbalarni 

o‘rganib, shular asosida ta’lim - tarbiya bo‘yicha muayyan ishlarni amalga oshirsa, 

ijodkor tarbiyachi bor manbalarga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi. Ko‘p hollarda 

mavjud metodik yo‘l – yo‘riqlarga o‘z munosabatini bildirib, sharoit va vaziyat 

taqozosiga, o‘zining imkoniyatlariga qarab mavjud tartiblardan farqli metodik 

usullardan foydalanadi”.  

Demak, pedagogik mahorat egasi bo‘lish uchun o‘qituvchi o‘zida ham 

ilg‘orlikni, ham novatorlikni (bunyodkorlikni), ham ijodkorlikni (tadqiqotchilikni) 

tarbiyalashi lozim.  

tarbiyachi  pedagogik  mahoratini  “tarbiyachi  axloqiy  shakllanishi” 

yo‘nalishida tadqiq qilgan professor M. Ochilov pedagogik mahoratni egallashning 

muhim asosi axloq deb ta’kidlab, kasb axloqini shunday ta’riflaydi “Faoliyatning 

ma’lum bir sohasi bilan shug‘ullanuvchi kishilarga taalluqli axloqiy normalar, 

talablar ham bor. Bunday axloq kasb (professional) axloqi deyiladi. Har bir 

jamiyatda hukmron bo‘lgan axloq bilan kasb axloqi o‘rtasida ma’lum bir 

munosabat mavjud. Bu umumiylik bilan xususiylik o‘rtasidagi munosabatdir. Kasb 

axloqi umuminsoniy axloq nazariyasining qoidalari va kamchiliklarini o‘zida 

mujassamlashtiradi, oydinlashtiradi va rivojlantiradi”. 

Ma’lumki, pedagogik mahorat tizimida tarbiyachiining pedagogik nazokati 

(odobi) muhim o‘rin tutadi. tarbiyachi nazokatsiz, kasb odobisiz yuksak cho‘qqilar 

sari odimlay olmaydi. Masalaga shu nuqtai – nazardan yondoshilganda, professor 

M. Ochilovning so‘zlari, o‘qituvchi pedagogik mahoratiga qo‘yilgan talablarga 

mos va hamohangdir.  

Pedagogik mahoratning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, uning tarbiyachi 

shaxsi va kasbiy fazilatlarining o‘zaro bog‘liqligidadir. tarbiyachi inson sifatida 

shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lishi bilan birga, kasbiy, ya’ni ixtisoslik fazilatlariga 

ega bo‘lishi lozimligini tajriba ko‘rsatmoqda. Buni yuqorida kasb axloqi to‘g‘risida 


26 

 

bildirilgan fikrlar misolida ham ko‘rdik. SHuningdek, pedagog ixtisosligining 



ko‘pgina xususiyatlari M. Kuronov, B. Muranov va M.Ochilovlar tomonidan 

ishlab chiqilgan  tarbiyachi professiogrammasida o‘z ifodasini topgan. Ayniqsa, 

M.Quronov,  B.  Muranovlarning  o‘qituvchi  professiogrammasi  asosan,  

o‘qituvchini shaxsiy va kasbiy sifatlari, uning  insoniy fazilatlari, bilimi, 

tashkilotchiligi,  konstruktiv,  gnostik,  kommunikativ  malakalari,  amaliy 

ko‘nikmalari tarzida izohlanagan. 

Hususan, shaxsiy sifatlar tizimida: milliy mafkuraviy onglilik, milliy 

odoblilik, farosat,  nozik didlik, o‘z kasbiga sadoqat va vijdoniylik, 

tashabbuskorlik,  bolajonlik,  talabchanlik,  adolatparvarlik,  pedagogik  odob, 

tadbirkorlik, qat’iylik, har qanday vaziyatda o‘zini idora qila olish, millatlararo 

muloqot madaniyati, kuzatuvchanlik, samimiylik, topqirlik, kelajakka ishonch, 

xushmuomalalilik va h.k.lar kabi fazilatlar misolida ifodalangan bo‘lsa, kasbiy 

sifatlar tizimida: pedagogik ziyraklik, O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot 

yo‘lining mohiyatini, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining  besh tamoyilini, ma’naviy 

– axloqiy yangilanishning negizlarini bilishi, milliy tarbiyaning mohiyati  va 

mazmunini chuqur anglashi, mukammal ilmiy-nazariy salohiyat, pedagogik ijod, 

o‘z fanining tarbiyaviy imkoniyatlaridan xabardorlik,  pedagogik bilimlarni 

takomillashtirishga intilish, O‘zbekiston hukumatining   ichki va tashqi siyosatidan 

xabardorlik, o‘zbek xalqining an’analari, qadriyatlari, urf – odatlarini yaxshi 

anglash, siyosat, tarix, madaniyat, ma’naviyat, adabiyot va san’at, axloqshunoslik, 

dinshunoslik, huquqshunoslik, o‘lkashunoslik, texnikaga oid ma’lumotlardan 

xabardorlik, etnopedagogika, etnopsixologiyaga oid bilimlarga ega bo‘lish va h.k. 

tarzida o‘z echimini topgan 

3

.  



Bo‘lajak pedagoglarda qayd qilingan milliy pedagogikaning faoliyatga 

tayyorlovchi yuqoridagi shaxsiy va kasbiy sifatlarga ega qilish, uning pedagogik 

                                                

3

 



(Қаранг: Қуръонов М., Муранов Б  Миллий дастур ўқитувчи профессиограммасида – «Халқ 

таълими», 1998, 1 – сон, 42 – 45 бетлар

 


27 

 

mahoratini tarkib toptirishdir. Bu kadrlar tayyorlashning milliy dasturi talablarini 



bajarishga amaliy  ko‘rsatmadir. 


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling