5-mavzu. Jinsiy xujayralar toʻgʻrisida tushuncha. Tur ichida duragaylashda irsiyat qonunlari. (2 soat)
Tuxum va urugʻ xujayra, ularning yetilishi. Hayvonlarda gametogenez. Oʻsimliklarda mikrosporogenez va mikrogametogenez. Megasporognez va megagametognez. Hayvonlarda otalanish va oʻsimliklarda urugʻlanish. Qoʻsh urugʻlanishning mohiyati, mujassamlashishi. Nomuntazam jinsiy koʻpayish xillari Partenogenez, ginogenez va androgenez. Аmfimiksis va apomiksis. G.Mendel qonunlari va 1900 yilda Gde-Friz, K.Korrens va K.Chermak tomonidan qayta ochilishi. Gibridologik analiz usuli. Chatishtirishni harflar bilan yozish. Birinchi avlod duragaylarining bir xillik qonuni. Dominintlik va retsessivlik. Gomozigota va geterozigota. Аllel genlar. Genotip va fenotip. Monoduragay, diduragay va poliduragay chatishtirishda fenotip va genotip boʻyicha belgilarning ajratish qonuni. Pennet katakchasi. Retsiprok, takroriy va tahliliy chatishtirish.
6-mavzu. Аllelmas genlarning oʻzaro taʼsiri natijasida belgilarning naslga oʻtishi. Uzoq shakllarni duragaylash. (2 soat)
Genlarning oʻzoro taʼsiri natijasida belgilarning naslga oʻtishi. Genlarning oʻzaro ta’sir etish xillari. Аllel va allelmas genlarning oʻzaro taʼsiri. Аllelmas (epistaz, komplementarlik, va polimeriya) oʻzaro ta’siri natijasida yangi tiplarning hosil boʻlishi. Epistatik va gipostatikgen. Komplementar va epistaz ta’sir natijasida hosil boʻlgan belgilarning F2da ajralish qonuniyatlari. Genlarning polimer taʼsiri. Kumulyativ va kumulyativ boʻlmagan polimfiya, Genlarning pleyotrop taʼsiri. Birlamchi va ikkilamchi pleyotrop ta’sir. Turlararo va avlodlararo duragaylash. Turlarning chatishmasligi va uning sabablari. Chatishmaslikni bartaraf qilish usullari. Duragaylash nazariyasi va amaliyotida I.V.Muchurin ishlarining ahamiyati. Chatishmaslikni yengishda poliploidiya va mutagenezdan foydalanish. Uzoq duragaylarning pushtsizlik sabablari va uni bartaraf qilish usullari. Uzoq duragaylashda avlodning ajralish xususiyatlari.Uzoq duragaylashdan selektsiada foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |