O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti ta`lim –tarbiya nazariyasi va metodikasi
Download 42.46 Kb.
|
Kurs ishi HAQIQIY
II. ASOSIY QISM
1.Ko`chirma gaplarning grammatik strukturasi haqida Ko'p hollarda jonli nutqda birovning gapini boshqa kimgadir aytamiz, to'g'rimi? Shunda birovning gapi KO'CHIRMA GAP deyiladi, so'zlovchining nutqi esa MUALLIF GAPI deyiladi. Ko'chirma gap va muallif gapining umumiyligiga KO'CHIRMA GAPLI QO'SHMA GAP deyiladi. . Masalan: "Bugungi topshiriqlarni bajarmadim" , --- dedi Munisa. Ushbu jumlada qo'shtirnoq ichidagi qismi KO'CHIRMA GAP, tiredan keyingi qismi MUALLIF gapidir. Ergashgan qo'shma gaplarning bosh gap qismi va ergash gap qismi turlicha joylashgani kabi ko'chirma gapli qo'shma gapning KO'CHIRMA GAP qismi va MUALLIF GAPI qismi turlicha joylashadi. ya'ni quyidagicha to'rt xil holatda joylashadi: 1.holat. M gap va K gap 2.holat. K gap va M gap 3.holat. M gap K gap M gap 4.holat. K gap M gap K gap Bu to'rt xil ko'rinishning ichida tinish belgilarining qo'llanilishi ham turlicha va buni alohida - alohida o'rganamiz. BIRINCHI HOLAT: Ko'chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan keyin ikki nuqta qo'yiladi va ko'chirma gap qo'shtirnoq ichida bosh harflar bilan yoziladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonsiz darak, yoki buyruq gap bo'lsa, yopilgan qo'shtirnoqdan keyin nuqta qo'yiladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, qo'shtirnoqning ichida undov va so`roq belgilari qo'yiladi. Qolipi quyidagicha: M: "K". M: "K?" M:"K!" Oxirgi ikki qolipdan keyin nuqta qo'yish xato. Endi qoliplarga mos misollarni keltiraman. Yozuvchi dedi: "Xalq yaxshilarni qo'llab-quvvatlaydi". O'rtog'im dedi: "Kim shaharga ketmoqchi?" Yig'layotgan bolakay dedi: "Unutmayman sizni hech qachon!" IKKINCHI HOLAT: Ko'chirma gapdan keyin kelgan muallif gapidan oldin tire qo'yiladi. Ko'chirma gap doimgidek qo'shtirnoq ichida bosh harflar bilan yoziladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, qo'shtirnoqdan keyin vergul qo'yiladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, qo'shtirnoqning ichida so`roq yoki undov tinish belgilari qo'yiladi. Qolipi quyidagicha: 1."K",--- M. 2."K?" --- M. 3."K!" --- M. ikkinchi va uchinchi qoliplarda qo'shtirnoq va tire o'rtasida vergul qo'llash xato. Qoliplarga mos misollar keltiraman. 1."Insonlarga yaxshilik qilishni yoqtiraman", --- dedi Sohiba. 2."Topshiriqlarni qachon bajarasiz?" --- dedi muallim. 3."Haydamang meni uyingizdan!" --- dedi Mustafo. UCHINCHI HOLAT. Ko'chirma gap muallif gaplarining orasida kelganida ko'chirma gapdan oldingi muallif gapidan so'ng ikki nuqta qo'yiladi. Ko'chirma gapdan keyin kelgan muallif gapidan oldin tire qo'yiladi. Ko'chirma gap doimgidek qo'shtirnoq ichida, bosh harfda yozib boshlanadi. Agar ko'chirma gap his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, qo'shtirnoqdan keyin(ya'ni tiredan oldin) vergul qo'yiladi. Agar his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, undov yoki so`roq kabi tinish belgilari qo'shtirnoq ichida qo'yiladi. (bunday holda qo'shtirnoq va tire orasida vergul qo'yilmaydi) 1. M : "K", --- M. 2. M : "K?" --- M. 3. M : "K!" --- M. Masalan: Guruhimiz sardori: "Baholanganlar uylariga ketaversin", --- dedi sekin ovozda. Bosh vrachimiz: "Sizning jiyaningiz qaysi palaga joylashgan?" --- dedi otamga qarab. Kenja singlim: "Sog'inib ketdim uyimizni !" --- dedi jahl bilan. Yuqoridagi qoliplarga misollar keltirdim. TO'RTINCHI HOLAT. K gap M gap K gap. qolipida tinish belgilari quyidagicha qo'llaniladi Muallif gapi ko'chirma gaplar ichida kelganida qo`shtirnoqlar har doim boshida ochilib, gapning oxirida yopiladi. "Kgap Mgap Kgap" Ana, ko'rdingizmi, jumlaning orasida hech qachon qo'shtirnoq lar qo'llanilmaydi. Eslab qoling, muallif gapining har ikkala tomonida, albatta, tire tinish belgisi qo'yiladi. (muallif gapidan keyin tire qo'yilmasidan oldin vergul yoki nuqta qo'yilishi mumkin . Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap so`roq gap, yoki his-hayajonli darak gap va buyruq gap bo'lsa, ulardan so'ng(ya'ni tiredan oldin) So'roq yoki undov belgisi qo'yiladi va bunda muallif gapidan keyingi ko'chirma gaplar, albatta, bosh harf bilan yozib boshlanadi. (Bunday gaplarda muallif gapidan so'ng har doim nuqta va tire qo'yiladi) Masalan: "Meni kim chaqirdi? --- dedi Shoikrom. --- Atrofda hech kim yo'q-ku". "Sog'nmayman sizni hech qachon! --- dedi Mirvali jahl bilan. --- Meni hech esladingizmi?" Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, ulardan keyin(ya'n tiredan oldin) haaar doim vergul qo'yiladi va, eng muhimi, keyingi ko'chirma gap bosh harfda, kichik harfda ham yozilishi mumkin. Muallif gapidan keyin nuqta yoki vergulning qo'llanilishI ikkinchi ko'chirma gapning bosh harfda yoki kichik harfda yozib boshlanilishini belgilaydi. Agar muallif gapidan keyin vergul va tire qo'llanilgan bo'lsa, ikkinchi ko'chirma gap kichik harfda boshlanadi. Agar muallif gapidan keyin nuqta va tire qo'llanilgan bo'lsa, ikkinchi ko'chirma gap bosh harfda davom etadi. Masalan: "Hovlimizdagi daraxtlar kurtak chiqaribdi,--- dedi Hakim bobo, --- boshqalarniki ham gulga kirgan bo'lsa kerak". "Hovlimizdagi daraxtlar kurtak chiqaribdi, --- dedi Hakim bobo. --- Boshqalarniki ham gulga kirgan bo'lsa kerak". Birinchisida muallif gapidan keyin vergul va tire qo'llanilgani uchun ikkinchi ko'chirma gap kichik harfda boshlandi. Keyingi gapda esa muallif gapidan keyin nuqta va tire qo'llanilgani uchun ikkinchi ko'chirma gap bosh harflarda yozib boshlandi. K gap M gap K gap. qolipida tinish belgilari quyidagicha qo'llaniladi Muallif gapi ko'chirma gaplar ichida kelganida qo`shtirnoqlar har doim gapning boshida ochilib, gapning oxirida yopiladi. "Kgap Mgap Kgap" Ana, ko'rdingizmi, jumlaning orasida hech qachon qo'shtirnoq lar qo'llanilmaydi. Eslab qoling, muallif gapining har ikkala tomonida, albatta, tire tinish belgisi qo'yiladi. (muallif gapidan keyin tire qo'yilmasidan oldin vergul yoki nuqta qo'yilishi mumkin va buni quyida to'liq o'rganasizlar) Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap so`roq gap, yoki his-hayajonli darak gap va buyruq gap bo'lsa, ulardan so'ng(ya'ni tiredan oldin) So'roq yoki undov belgisi qo'yiladi va bunda muallif gapidan keyingi ko'chirma gaplar, albatta, bosh harf bilan yozib boshlanadi. (Bunday gaplarda muallif gapidan so'ng har doim nuqta va tire qo'yiladi) Masalan: "Meni kim chaqirdi? --- dedi Shoikrom. --- Atrofda hech kim yo'q-ku". "Sog'inmayman sizni hech qachon! --- dedi Mirvali jahl bilan. --- Meni hech esladingizmi?" Birinchisida muallif gapidan keyin VERGUL va TIRE qo'llanilgani uchun ikkinchi ko'chirma gap kichik harfda boshlandi. Keyingi gapda esa muallif gapidan keyin NUQTA va TIRE qo'llanilgani uchun ikkinchi ko'chirma gap bosh harflarda yozib boshlandi. Endi shunday bir qolip qoldikI, juda oddiy, mana qarang: Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap NOTUGAL bo'lsa, muallif gapidan oldin ham, keyin ham VERGUL va TIRE qo'yiladi va ikkinchi ko'chirma gap kichik harfda yozib boshlanadi. (Atoqli ot bilan boshlansa, bosh harf bilan yozilushi hech kimga muammo bo'lmasa kerak-a?) Masalan: "Bugungi topshiriqlarni, --- dedi ustoz jahl bilan, --- hech biringiz to'g'ri bajarmagansiz!" "Bugungi topshiriqni, --- dedi ustoz jilmayib, --- Anvarjongina to'g'ri bajaribdi". Manaaa, TO'RTINCHI HOLAT va undagi tinish belgilarining qo'llanilishi haqidagi ma'lumotlarni ham bilib oldik. To'rtinchi holatdagi misollaringizning oxirida SO'ROQ, UNDOV yoki NUQTA kabilarning qay biri qo'llanilishi o'zingizga bog'liq, ya'ni misolingizning oxiri his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, qo'shtirnoq ichiga so'roq va undov belgilarini qo'yasiz, aksincha , misolingizning oxiri his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, qo'shtirnoqdan keyin nuqta qo'yasiz, vassalom. ESLAB QOLING: Agar ko'chirma gap alohida abzas ko'rinishida yangi qatordan berilgan bo'lsa, qo'shtirnoqqa olinmaydi va uning boshlanishi oldidan TIRE qo'yiladi. Buni ko'rgan Hakimjon dedi: --- Yurtimizda yoshlar uchun shunaqa imkoniyatlar yaratilgan. KO'CHIRMA GAPLI QO'SHMA GAPLARNING O'ZLASHTIRMA GAPGA AYLANISHI Ikki kundan beri ko'chirma gap nima ekanligini bilib oldik, shunday bo'lsa-da, qoidasini takrorlayman: Hech bir o'zgarishsiz nutqqa olib kirilgan o'zganing gapi KO'CHIRMA GAP deyiladi. Mazmuni saqlanib qolgan, biroq shakli o'zgartirilgan o'zganing gapi esa O'ZLASHTIRMA GAP deyiladi. Mana bu ikkiala gapni solishtiring: "Muzaffar har kuni shaharga borib keladi" , --- dedi Mashhura. Mashhura Muzaffarning har kuni shaharga borib kelishini aytdi. Bu ikkisini o'qigach ko'chirma gap hamda o'zlashtirma gap haqidagi tushunchangiz aniq bo'ldi, menimvha. Endi ko'chirma gapli qo'shma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilayotganda qanday sintaktik o'zgarishlar bo'lishini ko'rib chiqamiz. 1 - QOIDA. Ko'chirma gapli qo'shma gap o'zlashtirma gapga aylantirilayotganida ko'chirma gap tarkibida mavjud bo'lgan kirish so'zlar va undov so'zlar tushirilib qoldiriladi, ya'ni o'zlashtirma gapda ifodalanmaydi. Masalan: "Ohoo, Murodjon yana to'lib-toshib kelyapti" , --- dedi mahallamiz raisi. Mahallamiz raisi Murodjonning yana to'lib-toshib kelayotganini aytdi. Ko'rdingizmi? "Ohoo" undov so'zi tushib qoldi. Muallim kinoya bilan dedi: "Muhtaram o'quvchilarimiz bugun ham kechikishadi, shekilli". Muallim bugun ham muhtaram o'quvchilarimizning kechikishini kinoya bilan aytdi. Ko'rdingizmi? "shekilli" so'zi tushib qolgan. 2 - QOIDA. Ko'chirma gapli qo'shma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilayotganda ko'chirma gap tarkibida UNDALMA mavjud bo'lsa, o'sha undalma o'zlashtirma gapga jo'nalish yoki chiqish kelishigidagi VOSITALI TOLDIRUVCHI ga aylangan holda o'tadi. Masalan: Keksa donishmand dedi: "BOLALAR, Vatanni asrash har bir fuqaroning burchidir!" Keksa donishmand Vatanni asrash har bir fuqaroning burchi ekanligini BOLALARGA aytdi. "DO'STIM, qachon shaharga qaytasiz?"--- dedi Muzaffar. Muzaffar DO'STIDAN qachon shaharga qsytishini so'radi. Ko'rdingizmi? Undalmalar to'ldiruvchilarga aylandi. 3 - QOIDA. Bu qoida muallif gapining egasi va kesimi haqida. Ko'chirma gapli qo'shma gap o'zlashtirma gapga aylantirilayotganda muallif gapining egasi va kesimi O'zlashtirma gapda ham ega va kesim vazifasini bajaraveradi. (faqat muallif gapining kedimi o'zlashtirma gapda "aytdi" , "so'radi" holatida bo'ladi) Misollari yoqurida: dedi Muzaffar. Muzaffar so'radi. Keksa donishmand dedi. Keksa donishmand aytdi. tushundingizmi? To'liq yozishga ehtiyoj yo'q, menimcha. 4 - QOIDA. Bu qoida ko'chirma gapning egasi va kesimiga bag'ishlanadi. Ko'chirma gapli qo'shma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilganida ko'chirma gapning egasi va kesimi o'zlashtirma gapga qaratqich va qaralmish munosabatida o'tadi, ya'ni ko'chirma gapning egasi o'zlashtirma gapga qaratqich aniqlovchi bo'lib o'tadi, kesimi esa unga qaralmish holatida o'tadi va bu QARALMISH, albatta, VOSITASIZ TO'LDIRUVCHI vazifasizni bajaradi. Qisqaroq aytish joiz bo'lsa, ko'chirma gapning egasi qaratqich aniqlovchi vazifasida, kesimi esa vositasiz to'ldiruvchi vazifasida O'ZLASHTIRMA GAPGA o'tadi. Masalan: "Muxtor bu hikoyani opasidan eshitibdi", --- dedi otam. Ushbu jumladagi MUXTOR so'zi --- ega, ESHITIBDI so'zi --- KESIM. Endigi o'zlashtirma gapga e'tibor bering. Otam Muxtorning bu hikoyani opasidan eshitganini aytdi. MUXTORNING --- qaratqich aniqlovchi, ESHITGANINI --- vositasiz to'ldiruvchi. bu ikki so'z avval ega va kesim munosabatida edi, endi-chi, qaratqich - qaralmish munosabatida. Shunga ham e'tiborli bo'linglar, hurmatli abituriyentlar. iltimoooos, Jumladan MUXTORNING OPASI degan so'z birikmasini izlaaaab mening ham o'zingizning ham asablaringizni buzmang, xopmi? So'z birikmasi mavzusida kuyyydirib yuborgansizlar o'zi. Shuni eslab qolingki , ko'chirma gapning kesimi OT KESIM bo'lsa, o'zlashtirma gapga "-lik, ekanlik" holatida o'tadi(oxirida egalik va kelishik qo'shimchadi ham bo'ladi) Shuni bilingki, ko'chirma gapning kesimi FE'L KESIM bo'lsa, O'zlashtirma gapga HARAKAT NOMI va SIFATDOSH holatida o'tadi(bularning ham oxirida egalik va tushum kelishigi mavjud bo'ladi) Guruh rahbari dedi: "Shukurov --- insofli fuqaro". Jumlasida ko'chirma gapning kesimi OT KESIM. E'tibor bering: Guruh rahbari Shukurovning insofli fuqaro EKANLIGINI aytdi. "Sen bu topshiriqlarni ertaga bajarasan", --- dedi Muxlisa. Jumlasining kesimi FE'L KESIM. E'tibor bering. Muxlisa mening bu topshiriqlarni ertaga BAJARISHimni aytdi. Mana bunda FE'L KESIM harakat nomi bo'lib o'tgan edi. Yuqoridagi qoidalarning isbotini tushundingizlarmi? 5 - QOIDA. Ko'chirma gapli qo'shma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilayotganda ko'chirma gap ifoda maqsadiga ko'ra SO'ROQ GAP yoki BUYRUQ GAP bo'lsa ham, o'zlashtirma gap ifoda maqsadiga ko'ra DARAK GAP bo'laveradi. "O'g'lim, ukangni nonushtaga chaqir", --- dedi Qodir. Jumladagi ko'chirma gap --- BUYRUQ GAP. E'tibor bering. Qodir o'g'liga ukasini nonushtaga chaqirishini aytdi. Endi DARAK GAP. "O'g'lingiz qachon keladi?"--- dedi muallim. jumladagi ko'chirma gap --- SO'ROQ GAP. E'tibor bering. Muallim o'g'limning qachon kelishini so'radi? Endi DARAK GAP. O’ZLASHTIRMA GAP — sintaktik hodisalardan biri. O’zgalar gapining mazmuni saqlanib, grammatik shakli yoki gap qurilishi o’zgartirib berilishi O’zlashtirma gap hisoblanadi. Bunda muallif boshqalar gapining grammatik va ayrim leksik xususiyatlarini o’zgartirgan holda o’zlashtirib, hikoya qilib beradi. O’zlashtirma gap ko’chirma gapdan ohangi va ayrim fe’l shakllarining ishlatilmasligi bilan ham ajralib turadi. Ko’chirma gapda juda ko’p qo’llanadigan demoq fe’lining deb, dedi, deydi, degan edi kabi shakllari O’zlashtirma gapda deyarli qo’llanmaydi. O’zlashtirma gapda uning o’rnida ko’proq aytmoq, gapirmoq, ta’kidlamoq fe’llari ishlatiladi: O’qituvchi ona tilini yaxshi bilmasdan, boshqa fanlarni chuqur egallash mumkin emasligini ta’kidladi. Ko’chirma gap O’zlashtirma gapga aylantirilganda, ba’zan uning uslubiy xususiyatlari ham o’zgaradi. Ayniqsa, so’zlovchining nutq jarayoniga turli munosabatini ifodalovchi ayrim kirish so’zlar, undovlar; axir, xo’sh, ha, yo’q, xo’p, mayli kabi gap bilan bog’lanmagan elementlar, so’z-gaplar ko’pincha tushib qoladi: Xo’sh, qanday yangiliklar bor? — so’radi O’ktam. O’ktam qanday yangiliklar borligini so’radi. O’ndov gap, atov gap, ritorik so’roq gap kabilarni O’zlashtirma gapga aylantirib bo’lmaydi: Ana zamon! Ana hikmat! — dedi sak- son ota yayrab kulib. Eh, attang, attang, qanday beg’amlik! — dedi u jahli chiqib. Ko’chirma gap qanchalik murakkab tuzilgan bo’lsa, uni O’zlashtirma gapga aylantirish shunchalik qiyinlashadi. Ko'chirma gapda tinish belgilarining ishlatilishi Ko'chirilgan gap qo'shtirnoq ichiga olinadi, badiiy asarlarda tire bilan ajratib beriladi. Ko'chirma gapda, ko'chirilgan gapning o'rniga qarab, tinish belgilarining ishlatilishi quyidagicha bo'ladi: 1. Ko'chirilgan gap darak gap bo'lib, muallif gapidan oldin kelsa, undan keyin vergul va tire qo'yiladi: "Yuring, men o'sha tomonga boraman", - dedi Komila (badiiy asarlarda tire ishlatiladi). So'roq va undov belgilari qo'shtirnoq yopilmasdan oldin qo'yiladi. 2. Ko'chirilgan gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qo'yiladi: Bir kun Husayn Mirzo shipga qarab yotib, vazirlariga shunday debdi: - Olib keling! (“El desa Navoiyni”) 3. Muallif gapi ko'chirilgan gap ichida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo'yiladi: 1) ko'chirilgan gapning uzilib qolgan qismida hech qanday tinish belgisi bo'lmasa yoki vergul yoxud ikki nuqta bo'lsa, bu belgilar tushirilib, muallif gapi har ikki tomondan vergul va tire bilan ajratiladi: "Hazrat, - debdi Xudoyberdi unga qarab, - tandirni qurolmadim". (“El desa Navoiyni”) 2) ko'chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so'ng nuqta qo'yish lozim bo'lsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, muallif gapidan so'ng esa nuqta qo'yiladi: "Noyib to'raning gaplaridan bilinadi o'zi, dedi Miryoqub. – Siz bo'lgan gaplarni aytib bering" (Ch.Avaz). 3) ko'chirilgan gapning uzilib qolgan qismidan so'ng so'roq yoki undov belgisi qo'yish lozim bo'lsa, muallif gapidan avval o'sha belgi va tire qo'yiladi, muallif gapidan so'ng nuqta va tire qo'yilib, ko'chirma gapning davomi bosh harf bilan boshlanadi: "Xadichaxon ko'zlarini ayyorlik bilan o'ynatib turib, kundoshiga qaradi: - Gapni eshitayotirsizmi? – dedi. – Ertaga biznikiga shaharlik mehmonlar kelishar ekan!" (Ch.Avaz) . 4. Ko'chirilgan gap muallif gapining o'rtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qo'yiladi: 1) muallif gapining uzilib qolgan qismining oxiriga ikki nuqta qo'yilib, ko'chirilgan gap qo'shtirnoq ichiga olinadi; ko'chirilgan gapdan keyin vergul va tire qo'yilib, keyin muallif gapining davomi yoziladi: Saodat: "Biz ham astoydil mehnat qildik", - dedi. 2) ko'chirilgan gap so'roq yoki his-hayajon gap bo'lsa, ularning belgilari qo'shtirnoq ichida bo'ladi: O'qituvchimiz : "Sen qaysi badiiy kitoblarni o'qib chiqqansan?" - deb so'radilar. 5. Ko'chirma gaplar hamsuhbatlarning luqmasi tarzida ifodalanganida yozma nutqda har bir luqmadan avval tire qo'yiladi. Bu luqmalarda muallif gapi bo'lmaydi: - Shaharda qarindoshingiz bormi? - Yo'q. O'zlashtirma gap. O'zgalarning shakli o'zgartirilib, mazmuni ifodalangan gapi o'zlashtirma gap deyiladi. O'zlashtirma gap ko'chirma gapga aylantirilishi mumkin bo'lgan gapdir: Qurbon ota ertaga kelishini aytdi (o'zl. gap) – Qurbon ota dedi: “Men ertaga kelaman”(ko'ch. gap). So'roq, buyruq mazmunini ifodalagan ko'chirma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilganda, darak gap shaklida bayon qilinadi. - Bu qanday bino, nimaga mo'ljallaysiz? - dedi O'ktam(ko'chirma gap).O'ktam bu qanday bino ekanligini, uning nimaga mo'ljallanishini so'radi(o'zlashtirma gap). Undov, kirish so'z qatnashgan ko'chirma gaplar o'zlashtirma gapga aylantirilganda, kirish so'zlar tushib qoladi, undalma vositali to'ldiruvchiga aylantiriladi, 1-, 2-shaxslarni ko'rsatuvchi so'zlar 3-shaxsga aylantiriladi: - Xo'sh, Kanizakxon, qanday yangiliklar bor? - so'radi O'ktam(ko'chirma gap). Download 42.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling