O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti ta`lim –tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 42.46 Kb.
bet2/4
Sana17.02.2023
Hajmi42.46 Kb.
#1208291
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi HAQIQIY

Kurs ishining maqsadi. Kurs ishimizning oldiga qo`yilgan maqsadi ko`chirma gaplar uslubi hamda mavzuga tayangan holda ko`chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishini tahlil qilishni maqsad qilib olganmiz.
Kurs ishining vazifalari.  Ko`chirma gap ustida ishlashda quyidagi masalalarni ko`rib, o`rganib chiqish.

      1. Ko`chirma gaplarni o`rganish

      2. O`zlashtirma gaplar haqida o`rganib chiqish

      3. Ko`chirma gaplarda tinish belgilarini ishlatilishini o`rganish
        Kurs ishining amaliy ahamiyati.Ko`chirma gaplarni kuzatish bilan o`quvchilar o`z fikrlarini aniq ifodalashga o`rganishlarini, ko`chirma gaplarda tinish belgilarining qo`llanilish ibilish ko`nikmasi shakllanish,butun o`quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlar olib borilishini amaliy jihatdan ko`rib chiqish.



KO'CHIRMA GAPLI QO'SHMA GAPLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Ma’lumki, hozirgi o'zbek adabiy tilinig sintaktik qurilishini o'rganish tilshunus olimlarning doimo diqqat markazida bo‘lib kelgan. Sintaktik tadqiqotlar dastlab gap va uning bo‘laklari, qo‘shma gaplar masalalari bo‘yicha olib borilgan edi. O‘zbek tilida gap va uning mohiyati A.G‘ulomovning ‘‘Sodda gap’’(1958) asarida birinchi marta atroflicha yoritilgan edi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti ilmiy xodimlari tomonidan ikki jildlik ‘‘Hozirgi o‘zbek adabiy tili’’(1966) va ikki jildli ‘‘Ozbek tili grammatikasi’’ (1976 ) asarlarining yaratilishi o‘zbek tilshunosligining katta yutuqlaridan sanaladi. 20-asrning ikkinchi yarmiga kelib, o‘zbek tilining sintaktik qurilishida, uning boshqa sohalarida bo‘lganidek, bir qancha o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ko‘rinadiki, o‘zbek tilshunosligida tilimizning sintaktik qurilishini tadqiq etish ufqi yildan yil kengayib rivojlanib bormoqda . Shunday bo‘lsa-da, tilimizning sintaktik qurilishini o‘rganish sohasida galdagi vazifalar ham behisob. Shular qatorida o‘zga gap turlaridan biri bo‘lgan o‘zlashtirma gap shaklining grammatik strukturasini o‘rganish, shu asosda badiy hamda publisistik nutqning sintaktik qurilishini chuqur tadqiq etish vazifasi turadi. Olimlarning aniqlashicha, o‘zga gap ifodasining uch turi bo‘lib bular quyidagilar : -o‘zlashtirma gap -o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap -ko‘chirma gap ‘‘Hozirgi o‘zbek adabiy tili’’ (sintaksis) o‘quv qo‘llanmasida o‘zga gap shakllarini ikki turga –ko‘chirma va o‘zlashtirma gapga ajatib tasnif qilingan2 . Turkiy tillarda qo‘llangan o‘zga gap shakllarini funksional –grammatik nuqtai nazardan tadqiq etish X.Qurbatov Y.M.Vinogradov va O.Isroilovlarning nomzodlik ishlaridan boshlangan edi. Masalan, Olimlarning fikricha, turkiy tillarda o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma shakllari tarkibida fe’lning barcha zamon formalari qo‘llanilishi mumkin. Lekin bu shaklda olmoshlar va 3-shaxs tuslovchi qo‘shimchalarning uchrashi ko‘proq kuzatiladi. Olim o‘zining 1953-yilda shu mavzuga oid tatar tilida yozgan maqolasida oziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap shakllarini ‘‘o‘rtak so‘ylam’’ atamasi bilan nomlagan shundan kiyin bu atama tatar tilshunosligida keng ommalashgan edi. Y.M. Vinogradov talqiniga ko‘ra, o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplar shakllari qo‘llangan bayon tinglovchiga yoki kitobxonga emotsional ta’sir etish xususiyatiga egadir deb keltirib o‘tadi B.Yo‘ldoshev “o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplarning grammatik- uslubiy kategoriyasi sifatida”nomli monografiyasida, O.Isroilov o‘z nomzodlik ishida o‘zga gap shakllarini uch tur (o‘zlashtirma gap, ko‘chirma gap, o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap)ga ajratadi, lekin ulardan faqat ikkitasiga keng to‘xtaladi. Muallifning fikricha, o‘zbek tili sintaktik qurilishida o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap shakllarining o‘rni masalasi haqida tadqiqot obyekti bo‘lishi lozim. Olim o‘zining ‘‘Hozirgi o‘zbek adabiy tilida o‘zga gap’’ nomli ma’ruzalar matnida ham ko‘chirma va o‘zlashtirma gap shakllarini yoritgan edi. Jumladan olimning mulohazalariga ko‘ra, ‘‘o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplarning o‘z ichiga qamrab oluvchi gaplarning qismlari bilan birlashib, qo‘shma gapni hosil qilganda, nutqning fe’l qismi ‘‘o‘yladi’’, ‘‘aytdi’’, “esladi’’ singari so‘zlardan yoki ot, fe’l qism ( shovqin ko‘tardi, ta’ma qila boshladi, o‘yga soldi, o‘ylanib qoldi kabi) lardan iborat bo‘lishi mumkun. Ko‘pincha avtor nutqida shunday gaplar bo‘ladiki, ular o‘zga gaplar bilan yagona bir gap tarzida bog‘lanmaydi. Bular bevosita bayon qilinayotgan o‘zga gaplarning, asar qahramonining ichki yoki tashqi nutqi ekanligini aniqlashga xizmat qiladi”3 . ‘‘O‘zbek tilining amaliy grammatikasi’’ asarida ham o‘zga gap shakllari ikki tur (o‘zlashtirma va ko‘chirma gap)ga ajratiladi 4. G‘.Abdurahmonovning ‘‘o‘zbek tili grammatikasi’’ (sintaksis) nomli darsligida ham o‘zga nutqni berish yo‘llari ko‘chirma va o‘zlashtirma gapdan iborat, deb ko‘rsatiladi5. D.Abdullayeva o‘zbek tilidagi o‘zga gapli qurilmalarning semantik – sintaktik valintlik xususiyatlarini tadqiq etishda o‘zlashtirma, ko‘chirma kabi turlarga ajratmay. Buning sababini muallif quyidagicha izohlaydi: ‘‘…ma’lumki, badiiy asar bir muallifning ijodiy mahsuli, ya’ni bir so‘z bilan aytganda, muallifning o‘z gapidir. Shuning uchun bu asardagi nutqiy parchalarni ‘‘o‘ziniki yoki o‘ziniki emas’’larga ajratish juda ko‘p hollarda su’niy va qat’iy lisoniy asoslarga ega emas. Zeroki, o‘zlashtirma gap voqealangan nutq parchasiga o‘zlashtirma gap muallif tomonidan maxsus ajratilgan alohoda bir bug‘in, kiritma, xolos. O‘zga gapli qurilma tadqiqotchilari to‘g‘ri ta’kidlaganidek, o‘zga gap xilma xil shakllarda berilishi mumkin… ’’ . Bu ishda o‘zga gapli qurilmaga quyidagicha ta’rif beriladi: ‘‘o‘zga gapli qurilma- bu markazida nutq fe’li va bu fe’lning obyekt valentligini ochuvchi aktavant turgan birikma (qurilma). Shuning uchun o‘zga gapli qurilma boshqa sintaktik qurilmalar singari semantik – sintaktik valentlik va uning nutqiy voqealanishi bilan bog‘liq bo‘lgan hodisadir’’. Davrlar o‘tishi bilan o‘zga gapli qurilmalarni matn tarkibida qo‘llashda ayrim o‘zgarishlar yuz beradi. Bu jihatdan A. Ahmedovning o‘zbek adabiiy tili sintaktik strukturasida ko‘chirma gapli qurilmalardan foydalanishda yuz bergan struktur- simantik o‘zgarishlar tahliliga bag‘ishlangan ishi xarakterlidir. H.Mahmudov va A.Nurmonovlar qayd etishicha o‘zga gapli qurilmalar sintaksisiga oid muhim muommmolarni tadqiq etish ularni shakllantiruvchi elimentlar hamda bunday elimentlarning o‘zga gapli qurilmalar tarkibidagi o‘zaro shakl- mazmuniy jihatdan munosabatini hisobga olishni taqazo etadi6 . O‘rni kelganda M. Iminovning ‘‘o‘zbek tili va adabyoti’’ jurnalida e’lon qilingan ‘‘o‘zlashtirma gap bormi?’’ nomli maqolasiga munosabat bildirmoqchiman: maqolada to‘g‘ri ta’kidlagandek, tilshunoslikdagi nazariy nuqsonlar leksikada ham , so‘z yasalishi va morfemikada ham mavjud bo‘lib , ular o‘zining yangicha idrok etishi va talqinini kutmoqda’’7. Muallif o‘zbek tilshunosligida ‘‘ko‘chirma va o‘zlashtirma gap’’ haqidagi qarashlarni real hayotda obyektiv haqiqatdan yiroq yoki ilmiy – nazariy asoslari yetarli bo‘lmagan masalalar qatoriga kiritadi. Shundan kiyin muallif maqola davomida ‘‘Xo‘sh biz ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantiramizmi va qachon?’’ degan savol bilan murojaat qiladi. Bu savolga javob berish uchun ‘‘Menga Salimjon: Bugun men kinoga boraman - dedi’’ gapni tahlil qilishga intildi . Muallifning fikricha, ‘‘ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantiriladigan bo‘lsa, unda mana bunday xol ro‘y beradi: birinchi so‘zlovchining gapi (kinoga boraman)ni tinglovchi muallif gapi sifatida (ikkinchi so‘zlovchi bo‘lib) ikkinchi tinglovchi (uchinchi kishiga) ko‘chirma gap shaklida yetkazadi. Bu ko‘chirma gapni ikkinchi avtor tinglovchiga qaytadan o‘zlashtirma gap shaklida uzatadi. Hayotda , kommunikatsiya jarayonoda bunday bo‘lishi mumkin emas’’.
Maqola muallifi eshitganni, ya’ni informatsiyani uzatish, asosan ikki shaklda axborot ( oddiy gap) va ko‘chirma gap shaklida bo‘lishini isbotlashga intiladi. Maqola so‘ngida M. Iminov quyidagi xulosalarga keladi: 1. O‘zga (ko‘chirma gap) gap deb atalgan forma eshituvchi uchun o‘zga gap ham , ko‘chirma gap ham emas , balki oddiy xabardir. 2. Eshitilgan gap boshqa bir shaxsga o‘tkazilgandagina avtor gapi qo‘shilib ko‘chirma gap tusini olishi mumkin. Agar bu gapda ifodalangan fikr qayta eslab tilga olinmasa, u ‘‘o‘lik’’ axborotligicha qoladi, basharti, mazmun birovga yetkazilsa, o‘zlashtirma (gap) holda emas, axborot haqida axborot sifatida namoyon bo‘ladi. 3. Ko‘chirma gap hech qachon o‘zlashtirma gapga aylantirish va uning variant- usullarini ko‘rsatish mantiqsiz va asossizdir. O‘zbek tilida o‘zlashtirma gap butunlay yo‘q . ‘‘Ozlashtirma gap’’ va uning ifoda formalari ona tili darsliklarida bor, xolos. ‘‘O‘zlashtirma gap’’ yo‘qligi tufayli bu termini ishlatish ham ( yuqoridagi ma’noda) o‘rinsizdir . Shuning uchun bo‘lsa kerak, biz biron joyda (ilmiy badiiy asarlarda) o‘zlashtirma gapni uchratmaymiz. Maqolada dadillik bilan o‘zlashtirma gap haqidagi masalaning ko‘tarib chiqilishini ma’qullash lozim. Lekin maqolada olg‘a surilgan fikrlar yetarlicha dalillanmagandek tuyiladi. O‘zbek tilshunosligida ‘‘o‘zlashtirma gap’’ termini balki noo‘rin qabul qilingandir, chunki ro‘scha ‘‘косвенная реч’’ atamasi o‘zbek tiliga so‘zma so‘z tarjima qilinganda, ‘‘nisbiy nutq’’ deb tushunish mumkin deb yozadi B. Yo‘ldoshev.‘‘O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap grmmatik- uslubiy kategoriya sifatida’’ nomli monografiyasida. Shuning uchun ko‘chirma gapli konstruktsiyalarni o‘zbek tilshunosligida maxsus tadqiq etagan professor A.Abdullayev o‘z ishlarida ‘‘o‘zlashtirma gap’’ terminining o‘rniga ‘‘assimilatsiyalashgan nutq ’’ terminidan foydalangan, o‘z navbatida ko‘chirma gap A. Abdullayev tomonidan ‘‘assimilatsiyalashgan nutq’’ deb yuritilgan edi.



Download 42.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling