O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi
Download 329.72 Kb.
|
MAJMUA (sirtqi 5-kurs,sintaksis) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bog’lovchisiz ochiq qator.
Bog’lovchili ochiq qator. Ayrim bog’lovchi tenglik munosabatiga kirishayotgan har bir so’zshakl uchun qo’llanib, qatorni bemalol davom ettirishi mumkin: Halim ham o’qiydi, ham ishlaydi, ham davolanadi gapidaochiq qatorni tashkil etuvchi bog’lovchi, aytilganidek, asosan, ayiruv bog’lovchilar va ham yuklamasi.
Bog’lovchisiz ochiq qator. Bog’lovchisiz ochiq qatorni tashkil etuvchi a’zolar o’zaro uyushtiruvchi ohang yordamida bog’lanadi: Muhayyo, Surayyo, Dilshoda, Muqaddas, Ko’zimni yashnatib kiyibsiz atlas. 2.1. Bog’lovchisiz ochiq qatorning ikki turi mavjud: a) har xil predmet, belgi va shu kabilar nomi beriladi: Nonsiz, tuzsiz, suvsiz uch kun qiynaldi. b) darajalanuvchi, ko’payuvchi, to’ldiruvchi a’zolar beriladi: Tutab, burqsib, yonib, kuydi bechora. 2.1.1. Yopiq bog’lovchili qator a’zolari orasida: a) uyg’unlik ( Halim qattiqqo’l va jiddiy edi); b) zidlik (Sekin, ammo chiroyli yozadi) ma’nosi mavjud. 2.1.2. Bog’lovchisiz yopiq qatorda tenglanuvchi a’zolar juftlashadi: 1.Erta-indin kelarman (erta yokiindin kelarman). Ba’zan ayrim vosita ham bog’lovchisiz qatorni tashkil qilishda qo’llanadi: Senga emas, qizimga aytaman. Undalma Gap undalma bilan ham kengayishi mumkin. Undalma gap tarkibidagi II shaxs kishilik olmoshi bo’lgan so’zshakl ma’nosini muayyanlashtiruvchi unsur bo’lib, u mantiqan so’z kengaytiruvchisi maqomida bo’ladi. Biroq u kengayayotgan so’z bilan bog’langanda, grammatik aloqaga ega emas. Undalma mazmunan bog’langan so’zshakl nutq yo’naltirilgan shaxs yoki narsa predmetni ifodalaydi. Undalma vazifasida, odatda, bosh kelishikdagi ot, ba’zan otlashgan so’zshakllar keladi. Demak, undalma gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo’lmagan, gap tarkibidagi ifodalangan yoki ifodalanmagan ikkinchi shaxs olmoshining so’z kengaytiruvchisi hisoblanadi. Ajratilgan bo’lak ajralmish bo’lak bilan mazmunangina munosabatga kirishganligi kabi, undalma ham nutq yo’naltirilgan shaxs, predmet bilan mazmuniy bog’lanishga ega bo’ladi. Undalma kengaytirgan olmosh so’zshakl gapning barcha bo’laklari, bo’lakning kengaytiruvchilari, qolaversa, bo’lak bo’laklarining kengaytiruvchilari bo’lishi mumkin: kesim: Do’stim, ishonganim sensan; ega: Oybek, sen maktabga kechikyapsan; hol: Halim, sen tufayli murodimga yetdim; aniqlovchi: Gulbadan, sening muhabbating dilingda pinhon; to’ldiruvchi: Qarchig’ay changalim, senga yo’l bo’lsin. Undalma qo’llanganda u kengaytirgan so’z tushib qolishi ham mumkin. 1.Ey SHarqning bo’stoni, dilimga payvand! 2. Kel, ey Furqat, suxanni muxtasar qil. So’zlovchining nutqi qaratilgan shaxs/predmetni ifodalovchi so’zshakl gap tarkibida yo’q bo’lishi va uni tiklab ham bo’lmasligi mumkin: 1 .Hoy qizlar, mana bo’ldi pora-pora paranji. 2. Yigitcha,mashina jo’nayapti. Ammo baribir, undalma ifodalanmagan ikkinchi shaxs olmoshi mazmunining muayyanlashtiruvchisi ekanligi ma’lum bo’lib turadi. Undalma vazifasida qo’llanadigan so’z: ot: Xola, bemahalda nima qilib yuribsiz? otlashgan so’z: 1. Ko’rganlar, gapiring. 2. Tentagim, nima deysan? 3. Birinchi, men ikkinchi! Undalma kengayishi ham mumkin: 1. Yaxshi yigit, sevganingdan ayrilma. 2. Oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotganing qani? Undalma uyushishi ham mumkin. Bunda nutq turli narsalarga qaratiladi. Daraxtlar, bo’stonlar, sizdan so’rayman. Undalma gapning barcha o’rinlarida kela oladi. Gap boshida kelganda uni ochadi, oxirida esa yopadi: 1. Aziz do’stim, omonmisan? 2. Omonmisan, aziz do’stim. Undalma mustaqil gap maqomini ham olishi mumkin: 1. Opa! Sen ham odam edingmi? 2. Bola qichqirdi: «Dada!» Download 329.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling