54 - mashq. Berilgan misollardagi sifatlovchi aniqlovchilarni
ajrating. Ularning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini tushuntiring.
1. Qizil, ko'k sariq, zangori ninachilar tinimsiz uchib turardi (S.Ahmad). 2. To‘g‘riso‘z, halol odam hammaga yoqa bermas ekan. 3. Nahotki, shunday obro'li, dono odam o‘z bolasiga tarbiya bera olmasa?! 4. Baland bo‘yli, baquvvat matroslar kemadan ruda lushirishar edi (S.Ahmad). 5. Tepamda eski, uniqib ketgan chit ko‘ylakda Minavvar turardi (O‘.Hoshimov). 6. Zunnunning uyi juda chiroyli qilinib yig‘ishtirilgan edi (Cho‘lpon). 7. Yana qor. Oq kafan o‘raldi, yana, Yana ko‘k quydi yerga parlarin (Cho'lpon). 8. Anchagacha jim o‘tirganimizdan keyin sekin xo‘rsindi. (O'.Hoshimov).
55 - mashq. Yozuvchi Said Ahmad asarlaridan olingan matndagi
birikmali sifatlovchi aniqlovchilarni aniqlang. Ularning tuzilishi va qaysi
gap bo‘lagi bilan qanday sintaktik aloqaga kirishganini tushuntiring.
1. Abdulla Qahhor
insonni beburd qiladigan, obro‘sini to‘kadigan, qadr qiymatini yerga uradigan jamiki narsalardan hazar qilardi. 2. O‘zidek sodda, do'Ivor mirishkorlar suhbatida yayrab ketardi. 3. Aslini olganda,
bu mehribon, qayg'ungga qayg‘udosh bo'ladigan odamga Polvonning mehri tushib qolgandi. 4. O‘yga tolasiz: tahqirlangan, quvg‘inga
uchragan, qamoq kameralarida xor-zor bo‘lib, umrini poyoniga yetkazgan, olis yurtlar tuprog‘ida qolib ketgan jigarbandlaringizni eslaysiz. 5.
U yelkalari keng, bilaklaridan mushaklari bo‘rtib chiqib turgan, ochiq kaftiga bitta odam bemalol o‘tirsa, ikkita barmog‘i ortib qoladigan bo'z yigit edi. 6.
Qandoq beozor, bearmon kunlar edi Andijondagi kunlarim!
Do'stlaringiz bilan baham: