O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik


Ta’lim natijalari / Kasbiy kompotensiyalari


Download 127.5 Kb.
bet7/9
Sana01.03.2023
Hajmi127.5 Kb.
#1239774
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ABTIV- Ishchi (Sirtqi)2022

3.

Talaba bilishi kerak:

  • Axborot boshqarish tizimlari elementlari va qurilmalarini tuzilishi, ishlash printsiplari va tafsivlarini tadbiq etish; mikroprotsessorlar va mikrokontrollerlarning xarakteristika va turlari, asosiy elementlari ularning vazifalari, ularni tashqi qurilmalar bilan bog‘lash; axborot boshqarish tizimlarining instrumetal vositalaring asosiy tafsivlar va parametrlar haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • mikrokontrollerlarli qurilmaning strukturasi va printsipial sxemalarni o‘qiy olish, turli usullarda ma’lumotlarini kiritish-chiqarishni amalga oshirish va mikrokontrollerli qurilmani dasturlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • ma’lumotnoma va texnikaviy adabiyotlardan element va qurilmalarini boshqarish ob’ekti tomonidan qo‘yiladigan talablar asosida tanlash; xatoliklarni kamaytirish usullarini; berilgan topshirik asosida boshqarishni va ma’lumotlarni qayta ishlovchi mikrokontrollerlarli qurilmani loyixalashtirishni malakasiga ega bo‘lishi kerak.

4.

  1. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

  • ma’ruzalar;

  • interfaol keys-stadilar;

  • seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);

  • guruhlarda ishlash;

  • taqdimotlarni qilish;

  • individual loyihalar;

  • jamoa bo‘lib ishlash va ximoya qilish uchun loyihalar.

5.

  1. Kreditlarni olish uchun talablar:

Fandan talabalarni baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi NIZOM asosida amalga oshiriladi.
Kredit modul tizimida talabalar fandan jami 100 bal yig‘ishi kerak. Shundan 50 balini oraliq (ON), joriy (JN) hamda mustaqil ta’lim (MT) uchun qo‘yiladi. Ushbu fan doirasida har bir semestrda 2 tadan ON lar uchun 10+10=20 ball, JN uchun 20 ball hamda MT uchun 10 ball, jami 50 ball yig‘iladi. Qolgan 50 bali yakuniy nazoratda (YN) olinadi.
Talaba navbatdagi nazoratga kirishi uchun ushbu tarzdagi nazoratga ajratilgan balning kamida 60%ni olgan bo‘lishi shart, aks holda bir turdagi nazoratning navbatdagisiga qo‘yilmaydi.
Joriy nazorat ballari laboratoriya ishlarini bajarish va topshirish orqali olinadi. Har bir laboratoriya ishiga ajratilgan ballarga ega bo‘lish uchun belgilangan muddatda topshirilishi kerak.
Talaba YN kirishga ruxsat olishi uchun dastlabki 50 ballning (ON, JN, MT) kamida 60% ni, ya’ni 30 balni yig‘gan bo‘lishi kerak. Aks holda talaba YNga qo‘yilmaydi.
YNda talabaga barcha o‘tilgan mavzular doirasida tuzilgan savollar bo‘yicha yozgan yozma ish (yoki test savollari) uchun ball qo‘yiladi. YNga ajratilgan 50 ballning kamida 60%ni (30 ball) olingan taqdirda talaba fanni o‘zlashtirgan xisoblanadi va 9 kreditga ega bo‘ladi.
Yuqoridagi baholash tartibi ushbu fan bo‘yicha faqat 1 ta semest uchun mo‘ljallangan bo‘lib, keyingi semestr uchun ham xuddi shu tartib amal qiladi. Unda faqat o‘tilgan mavzular doirasida imtihon savollari o‘zgaradi.
Fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi.
Talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichaliri OO‘MTV 15.01.2021 yildagi №30-sonli buyrug‘ining 7-ilovasiga muvofiq konvertatsiya qilinadi (“3” – 60-70; “4” – 71-90; “5” – 91-100).
Joriy, oraliq nazorat, mustaqil ish shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni muvoffaqiyatli topshirishi kerak bo‘ladi.


Download 127.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling