O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 446.51 Kb.
bet18/49
Sana09.04.2023
Hajmi446.51 Kb.
#1346807
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
Bog'liq
biologiya 22222

9-Amaliy mashg`ulot
Mavzu: Biologiyani o`qitishda hamkorlikda o`qitish texnologiyasining kichik guruhlarda o`qitish metodidan foydalanish.
Mashg`ulotning maqsadi: Talabalarga biologiyani o’qitishda hamkorlikda oʻqitish texnologiyasining kichik guruhlarda oʻqitish metodidan foydalanishning o`ziga xos xususiyatlarini o’rgatish.
Kerakli jihozlar:Pedagogik texnologiyalar, jadvali, slaydlar, plakatlar.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining kichik guruhlarda ishlash metodiga asoslangan mashg’ulot ishlanmasiga namuna
Mashg’ulot mavzusi:
Mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: mashg’ulotda shakllantiriladigan tushunchalar va ko’nikmalar o’z ifodasini topadi. Bunda mavzuning asosiy tushunchalari, atamalari va tayanch so’zlaridan foydalaniladi.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ularni shaxs sifatida ma’naviy-axloqiy, aqliy, iqtisodiy, ekologik, estetik, jismoniy, baynalminal, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash nazarda tutiladi.
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: mavzu mazmunini avvalgi o’rganilgan mavzulardagi qaysi tushunchalarini rivojlantirish, albatta o’quv, amaliy, mustaqil va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish qayd etiladi va mashg’ulot davomida amalga oshirish yo’llari belgilanadi.
Mashg’ulot jihozlari: mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda o’quv va ko’rgazmali jihozlar, vositalar birma-bir qayd etiladi.
Mashg’ulot turi: ma’ruza;
Mashg’ulotda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining kichik guruhlarda ishlash metodi an’anaviy ta’lim texnologiyasining ma’ruza shakli bilan uyg’unlashtirilgan holda.
Mashg’ulotning borishi:
I.Tashkiliy qism – 3 bosqichdan iborat bo’lib, unda salomlashish, o’quv xonasining sanitariya-gigiyenik holati, talabalarning mashg’ulotga tayyorgarligi, davomat va o’tgan mavzuni aniqlash, talabalarning o’quv motivlarini rivojlantirish va e’tibori, diqqatini jamlash amalga oshiriladi.
II.O’tgan mavzu yuzasidan talabalarning bilimlarini test savollari, o’quv topshiriqlari yordamida nazorat qilish va baholash.
III.O’tgan mavzuni yakunlash va talabalarni mashg’ulot mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish. –mashg’ulotning bu bosqichi muhim o’rin tutadi. Bu bosqichda avvalgi mavzunining asosiy tushunchalarini ta’kidlash, talabalarning o’zlashtirish darajasini qayd etish, ularning bilimidagi kamchiliklarga barham berish, talabalarni rag’batlantirish, ularning oldiga yangi mavzuni o’rganish bo’yicha maqsad va vazifalarning to’g’ri qo’yilishi mashg’ulot samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
IV. Yangi mavzu bo’yicha o’qituvchining axboroti:
Ma’ruzaning rejasi:
1.
2.
3.(Bu yerda reja asosida matn beriladi)
O’qituvchi yangi mavzuni ko’rgazmali vositalar yordamida bayon etganidan so’ng, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etadi.
V. Talabalarni kichik guruhlarga ajratish hamda o’quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarilishiga erishish.
Mashg’ulotning bu bosqichi uchun o’qituvchi avvaldan mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda talabalar tomonidan o’zlashtirishi, mustahkamlanishi va umumlashtirilishi lozim bo’lgan materiallar yuzasidan o’quv topshiriqlari tuzadi. Talabalarning mashg’ulot davomida o’quv motivlarini rivojlantirish maqsadida kichik guruhlarga ajratiladi, topshiriqning maqsadi tushuntiriladi va ularni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar beriladi. Mashg’ulotning shu bosqichida talabalarning bilish faoliyati juda yuqori bo’ladi, chunki o’qitish maqsadlarining ma’lum qismi kichik guruh a’zolari zimmasiga yuklanadi. Talabalar maqsadga erishish uchun faol izlanadilar, ular o’rtasida o’quv bahsi, fikr almashinuv vujudga keladi. SHu asnoda talabalarning o’quv, amaliy va mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishga zamin yaratiladi.
Kichik guruhlar o’rtasida musobaqa va raqobat vujudga keltiriladi. Bu o’quv materialining Talabalar tomonidan ongli o’zlashtirilishiga, o’z fikrini bayon etish, o’rtoqlarining fikrini tahlil qilish va ularni to’ldirish imkonini beradi. Kichik guruhlar uchun tavsiya etiladigan o’quv topshiriqlarining jadvali namuna sifatida berilmoqda.




Download 446.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling