O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 446.51 Kb.
bet22/49
Sana09.04.2023
Hajmi446.51 Kb.
#1346807
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
Bog'liq
biologiya 22222

11-Amaliy mashg`ulot
Mavzu: Biologiyani o`qitishda muammoli ta`lim texnologiyasidan foydalanish.
REJA:

  1. Muammoli ta`lim texnologiyalariga tarif

  2. Biologiyani o`qitishda muammoli ta`lim texnologiyalarining orni



Mashg`ulotning maqsadi:Biologiyani o`qitishda muammoli ta`lim texnologiyasidan foydalanishni o`rganish.
Kerakli jihozlar: Pedagogik texnologiyalar, jadvali, slaydlar, plakatlar.

Muammoli ta’lim deb, o’qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko’rsatishning eng muqobil varianti yordamida, fikr yuritish qonuniyatlariga tayangan holda, o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish jarayonida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va bilish ehtiyojini qondirish maqsadiga yo’naltirilgan, shaxsning umumiy va maxsus rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan jarayonga aytiladi.


Muammoli ta’lim jarayonida o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirishi va aqliy faoliyatini rivojlantirishga imkon beradi.
Muammoli ta’lim texnologiyalari o`quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish darajasini orttirish, ko’nikmalarni malaka darajasiga yetkazish maqsadida qo’llanilib, unda o`quvchi o’quv materialini tahlil qiladi, taqqoslaydi, sintezlaydi, ma’lumotlarni umumlashtirib, yangi axborot oladi. Boshqacha aytganda, avval o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini yangi vaziyatlarda qo’llab, bilimlarni chuqurlashtiradi, kengaytiradi.
Bilimlarni bunday o’zlashtirish usulini hech bir mashg`ulotlik va ustoz o’rgata olmaydi, faqat o’quvchilar muammoli vaziyatlarni hal etish jarayonida izlanadi va muammolar yechimini topadi.
O’quvchilarni ijodiy va mantiqiy fikr yuritishga o’rgatish, aqliy faoliyat usullarini egallashga, ularda ilmiy, tanqidiy-tahliliy, mantiqiy fikr yuritish ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga olib keladi.
Masalan, “Sut emizuvchilarning hayotiy faolligi yuragining hajmiga bog`liq. Hashoratlarda ham shundaymi?” degan savolga javob topishi uchun o’quvchilar avval sut emizuvchi hayvonlar va hashoratlarning qon aylanish sistemasini taqqoslashi, qonning bajaradigan funksiyalarini eslashi, ular o’rasidagi farqni belgilashi, nafas olish organlarining tuzilishi va funksiyasini chog`ishtirishi, to’plangan ma’lumotlar asosida xulosa yasab, fikrini dalillashi lozim. Savolning bu tarzda muammoli qo’yilishi o’quvchilarda tahliliy va mantiqiy fikr yuritish ko’nikmalarini egallashga imkon beradi.


Download 446.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling