O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
Download 446.51 Kb.
|
biologiya 22222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
- Mashg`ulotning tarbiyaviy maqsadi.
- Mashg`ulotda foydalaniladigan texnologiya.
14-Amaliy mashg`ulot
Mavzu: Biologiya mashg`ulotlarida modulli ta`lim texnologiyasining individual guruhda ishlash modul dasturidan foydalanish. Mashg`ulotning maqsadi:Biologiya mashg`ulotlarida modulli ta`lim texnologiyasining individual guruhda ishlash modul dasturidan foydalanishni o`rganish Kerakli jihozlar:Pedagogik texnologiyalar, jadvali, slaydlar, plakatlar. Mashg`ulot mavzusi. Sodda hayvonlar tipi – infuzoriyalar va xivchinlilar sinfi, tuzilishi, yashash tarzi, ko’payishi, rivojlanishi va ahamiyati. Mashg`ulotning ta’limiy maqsadi. O'quvchilarni Sodda hayvonlar tipi – infuzoriyalar va xivchinlilar sinfi, tuzilishi, ko'payishi va ahamiyati bilan tanishtirish. Mashg`ulotning tarbiyaviy maqsadi. O'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, ekologik va estetik, gigiyenik tarbiya berish. Mashg`ulotning rivojlantiruvchi maqsadi. O'quvchilarni tabiiy ob'yektlar bilan ishlash, taqqoslash va mashg`ulotlik ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish. Mashg`ulotni jihozlash. Sodda hayvonlarning tuzilishiga oid rasmlar, proektor, ekran, “Zoologiya” o`quv filmi. Mashg`ulotda foydalaniladigan texnologiya. Modulli ta'lim texnologiyalari (o'quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlari). Asosiy tushunchlar va tayanch bilimlar: Xivchinlilar sinfi-volvoks, yashil yevglena, tripanasoma, leshmaniya, iskabtopar, infuzoriya. Mashg`ulotning borishi. I. Tashkiliy qism. II. O'quvchilar bilimini test topshiriqlari yordamida aniqlash va baholash. 1. Tufelka tanasining qaysi qismida tayoqchasimon tanachalar joylashgan? 3. Nozemma qaysi sinf vakili? 4. Bezgak chivini odamga qaysi kasallikni yuqtiradi? 5. Evglenaning qizil dog’ga o’xshash ko’zchasi qanday vazifani bajaradi? III. O'tgan mavzuni yakunlash va yangi mavzuni o'rganish. IV. O'quvchilar faoliyatini yangi mavzuni o'rganishga qaratish va modulning didaktik maqsadi bilan tanishtirish. V. O'quvchilarning modul dasturi yordamida mustaqil ishlarini tashkil etish. Har bir modul yakunida o'quvchilar jamoasi bilan savol-javob, o'quv munozaralarini o'tkazish. Mazkur mavzu mazmunini quyidagi tugallangan mantiqiy mazmunga ega modul (blok yoki qism)ga ajratish mumkin: 1. Xivchinlilar sinfi, tuzilishi, harakatlanishi. 2. Xivchinlilar sinfining ko’payishi, rivojlanishi. 3. Parazit xivchinlilar. 4. Infuzoriyalar sinfi, ularning tuzilishi, harakatlanishi, ko’payishi. 5. Bezgak paraziti va ularga qarshi kurashish choralari. Shu modul asosida modul dasturi tuziladi. Modul dasturni bajarishdan avval o`quvchilarga “Zoologiya” o`quv filmining tegishli mavzusi namoyish etiladi.Modul dasturining didaktik maqsadi. Siz modul dasturi yordamida mustaqil ishlab achitqi zamburug`ining tuzilishi, ko'payishi, ahamiyati bilan tanishishingiz, mashg`ulotlik va qo'shimcha o'quv adabiyotlari ustida mustaqil ishlash ko'nikmalaringiz, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirishingiz zarur.
Download 446.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling