O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakultetі «fizika va astronomiya o’qitish metodikasi»


Kasb -hunardagi ultra tovushli metodlar. H


Download 0.82 Mb.
bet8/15
Sana02.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#191633
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Намуна - курс иши

Kasb -hunardagi ultra tovushli metodlar. Hozirgi hamma ultratovushli texnologiyali qo’llanmaning eng rivojlangan ulltratovush defoskopiyasi bo’lib hisoblanadi, u buyumning kamchiligi (deffekti) bor joyining xossasi ko’pgina o'zgarishi va sinish hodisasi bo’yicha defektlarni bilishga asoslangan.

Ultratovush defektoskopiyasi o’lchamlari katta (5—10 m-gacha) buyumlarni tekshirishga imkoniyat beradi, u narsalarning ko’pchiligida ultratovush tebranishlarning kamayib o’chishi bilan aniqlanadi. O’quvchilarni ultratovushlik uzatishning asosiy ikki metodi bilan tanishtirish kerak.


Ularning biri — aks sado metodi (7-rasm) kuzatiladigan buyumning сhetidan qaytgan ultratovush to'lqinini qabul qilgichning belgilashiga asoslangan. Aks -sado metodi uzliksiz ham, impulsli ham bo’ladi, shu bilan birga oxirgisining kamchiligi uni qalin shu bilan birga oxirgisining kamchiligi uni qalin buyumni sinash paytida paydo bo’ladigan o'lik zonaning ta’siridan qo’llanishga bo’lmaydi.

7–rasm 8 - rasm

7-rasm. Ultratovushli aks-sado metodining sxemasi:

1 – ultratovush to'lqinlarini chiqargich; 2–ultratovush to’lqinlari qabul qilgich; 3 — kuzatiladigan buyum.
8-rasm. Ultratovushli soya metodining sxemasi:

1 — ultratovush to’lqinlarini chiqargich; 2 — ultratovush to’lqinlari; 3 — kuzatiladigan buyum.
Ikkinchi — defektoskopyaning soya metodida (8-rasm) ultratovush chiqargich kuzatiladigan detalning bir tomoniga va ultratovush qabul qilgich ikkinchi tomoniga joylashtiriladi. Bu metod qalinligi 50mm-gacha yupqa buyumlarni kuzatish uchun ancha keng tarqalgan.

Impulsli rejimdagi ultratovush ko’pchiligida birgina ko'p xillikni (pezodatchik) ultratovush tebranishlarini chiqargich va qabulqilgich sifatida foydalanishga bo'ladi. Impuls yo’lida kamchilik uchragan holatda (havo ko’piklari yoki metall emas qo’shma) kamchiliklarning o’lchamlariga bo’gliq impulsning hamma energiyasi yoki uning bir qismi sachraydi. Bu holatda buyumning qarama-qarshi yuzidan qaytgan impuls kamchiliklaridan chiqarilgan impulsdan qabulqilgichga kechikib keladi. Kamchilikdan qabul qilgichga qancha masofani impulsning yurgan vaqtini bilib turib, kamchilik yotgan teranlikni aniqlashga bo’ladi. U qaytgan impulsning amplitudasi kemtikning chamasini baholashga imkon beradi.

Ultratovushli defektoskopya metodining bosh kamchiligi to’lqin chiqargich bilan qabulqilgichning sinaladigan buyum bilan zich kontakti kerak bo'lishligida. Agar yuzaning g’adir-budirligidan yoki tekis emasligidan kontakt yetarlicha tekis bo’lmaganligidan kontakt yetarlicha tekis bo’lmasa (ayniqsa soya metodida) unda kuzatishda xato ketishi mumkin.

Buyumlarni ultratovushli metodlarning yordami bilan turlicha kuzatishdan o’tkazadigan metallurgyadan boshqa, ultratovush defektoskoplari temir yo’l transportida keng foydalaniladi (relslarni tekshirish uchun). Rels defektoskoplarini foydalanish polotnosining kemtiklarini chuqur ishonchli aniqlashga va avariya ehtimolini ancha kamaytirishga imkon beradi.

Shundayki, o'quvchilarga ultratovush priborlarining meditsina bilan biyolagiyada foydalanadiganligi to’g’risida aytish kerak, bunda tkanlarni ultratovush bilan nurlantirish va ultratovush bilan davolash ishlari olib bo’rilmoqda.

Bu yerdagi asosiy qiyinchilik organizmda qaytalanmaydigan o’zgarishlar kelib chiqishidan saqlanish uchun ultratovush signalining quvvati biyolagiyali ta’sir kuchidan past qilib tanlab olishda.



Meditsinada juda ma’suliyatli problemasi miyada bo’lgan ziyonli shishni diagnoz qilish bo’lib hisoblanadi. Shu maqsadda miyani ultratovushli lokatsiyalash metodi qo’llaniladi (9-rasm).

ul

9-rasm. Miyani ultratovushli lokatsiyalash sxemasi.

To’lqin — chiqargich-qabulqilgich А yuborib va qabul qilingan signal ostsillograf bilan qayta ishlab chiqariladi. Shunga o’xshash ostsillogramma 9-rasmda ko'rsatilgan, unda miya chegarasidan (1 signal) va ziyonli shishlardan (2 va 3-signallar) chiqarilgan signallar ko’rinadi. Bu metod juda tog’ri, uning yordami bilan shishning o’rnini 1-mm gacha bo’lgan moslik bilan aniqlashga bo’ladi.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling