Bitiruv malakaviy ish tarkibining qisqacha tavsifi.
Bitiruv malakaviy
ishining tarkibiy tuzilishi
kirish, uchta bob, xulosa va takliflar
hamda foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Bitiruv malakaviy ish ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi,
tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob’ekti, predmeti, nazariy va uslubiy asoslari,
amaliy ahamiyati va boshqalar bayon etilgan.
Bitiruv malakaviy ish ishning asosiy qismining birinchi bobi “Iqtisodiyotni
modernizatsiya qilish sharoitida sanoat korxonalari barqarorligini oshirishning
nazariy va uslubiy asoslari”da barqarorlik tuShunchasi, mohiyati va iqtisodiyot
barqarorligini ta’minlash shartlari, raqobat kurashlarining shakllari, ularning
asosiy belgilari va tasniflanishi hamda raqobatchilik muhitini shakllantirish
shartlari va uning huquqiy-me’yoriy asoslari yoritilgan.
Ishning ikkinchi bobi “Sanoat korxonalari barqarorligiga ta’sir etuvchi
omillar tahlili” (“Chust paxta tozalash”) AJ misolida tavsifi, ishlab chiqarish
faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari tahlili, korxona barqarorligiga ta’sir etuvchi ishlab
chiqarish omillari tahlili hamda korxonaning moliyaviy barqarorligi ko‘rsatkichlari
tahlili natijalari keng yoritib berilgan.
Ishning uchinchi bobi “Sanoat korxonalari barqarorligini oshirishning
asosiy yo‘nalishlari” deb nomlangan bo‘lib, korxona to‘lov qobiliyati oshirish
7
orqali barqarorligini ta’minlash yo‘llari, sanoat tarmoqlari barqarorligini
oshirishning ustuvor yo‘nalishlari va korxonaning raqobatchilik strategiyasi
tanlash hamda tovar diversifikatsiyasi va innovatsion jarayonlarni takomillashtirish
asosida korxonalar barqarorligini oshirish Yullarini aniqlashga qaratilgan.
Xulosa va takliflar bo‘limida O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya
qilish sharoitida sanoat korxonalari barqarorligini oshirishning yo‘nalishlari
bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |